tariqning asosiy morfologik belgilari bilan tanishish reja: 1.Tariqning turlari va tarqalgan hududlari 2.tariqning morfologik xususiyatlari 3.tariqning eqilish tartibi va kasalliklari 4.tariqning foydali xususiyatlari Tariq, qo'noq (Panioum 1.)-boshoqdoshlar (g'allagullilar oilasi)ga mansub bir yillik o'simlik 400 dan ortiq turi bor. Tariq,- qadimgi o'simlik Osiyo, Yevropava Shimoliy Afrikada (mil. av. 3 ming yillikdan) o'stirilgan. Doni uchun bir turi - oddiy tuproq (P. miniaceum L.) eqiladi. Oddiy tuproq ro'vagining shakliga qarab yeyiq, chochoq, siqiq, oval yoki yarim g'uj hamda g'uj kenja turlarga bo'linadi Ildizi popuksimon, 150 sm chuqurlikkacha boradi. Poyasi - poxolpoya (45-150 sm). Barglari nashtarsimon, tukli yoki tuksiz, yashil yoki qizg'ish, uzunligi 18-65 sm, to'pguli- ro'vak (10-60 sm). Guli ikki jinsli. Mezlsi - pardali don, dumaloq, oval yoki cho'ziq, oq, sariq, qizil, jigar rang va hokozo 100 donasi 4-9 g. O'suv davri 60-120 kun, tuproq issiqsevar, qurg'oqchilikka, sho'rga chidamli. Doni 10-12° da ko'karadi, 20-25° da yaxshi o'sib rivojlanadi. Maysalari va voyaga yotgan o'simligi sovuqqa chidamsiz, - 2° da nobud bo'ladi, donida 10-15% oqsil, 59% uglevod va boshqalar bor. Donidan un hamda parranda va cho'chsalarga to'yimli oziq tayyorlanadi. Tariq eqiladigan yer gektariga 20-40 t chirigan go'ng, sof holda 30-40 kg azot, 45-60 kg fosfor, 30-45 kg kaliy hisobidan o'g'itlanadi, 20- 22 sm chuqurlikda haydaladi. Almashlab ekishda tariq urug'i chopiq qilinadigan ekinlar (qand lavlagi, kartoshka)dan so'ng, don seyalkasida keng qatorlab (qator oralari 45 sm), 3-4 sm chuqurlikda eqiladi. Urug' sarfi gektariga 10-30 kg. O'suv davrida 1-2 kultivasiya qilinadi, 2-3 sug'oriladi, o'taladi. O'rtacha hosildorligi gektaridai 7- 15 s. Kasalliklari qorakuya, bakterioz; zararkuiandalari: poya parvonasi, tariq chivini va boshqalar. Xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Tariq eng ko'p tarqalgan yorma beruvchi ekinlardan biri. Tariq yormasi yoki so'ki o'ta to'yimliligi va shirin ta'mi bilan boshqa yormalardan ajralib turadi. Tariq doni barcha parrandalar uchun to'yimli ozuqa hisoblanadi. 100 kg donida 97 ozuqa birligi bor. Somoni va yormadan chiqqan chiqindilar chorva mollar uchun xush ozuqa hisoblaiadi. Tariq yer sharidagi eng qadimgi ekinlardam biri, taxminan yer sharida eramizdan 2700 yil burun ekila boshlagan. Kelib chiqish vatani Xitoy hisoblanadi. Yevropaga Osiyodan, Amerikaga esa Yevropadan o'tib borgan. Yer sharida ekin maydoni 37,7 mlnni tashkil qiladi va o'rtacha hosildorligi 28,1 s. Tariq (panicum miliaceiim) Paniciim turkumiga mansyb o'simlik. Bu turkumga itqunoq (Setaria V) ham kiradi. Tariq eng to'pguli ro'vak itqunoqniki boshoqsimon ro'vaq Itqo'noq - Xitoy tarig'i ham deb ataladi. U Xitoy quiog'i (S. italica) va mogar, ya'ni Vengriya qunog'i (S. Italica mogariim) mi o'z ichiga oladi. Xitoy qo'nog'i, ya'ni chumiza ro'kagining uzunligi (15-30 sm) va bo'g'imlarining ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.5 MB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:27
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.5 MB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:27 ]
Arxiv ichida: pptx