Tarkibida lipid tutuvchi o'simliklar Reja: Tarkibida lipid saqlovchi o'simliklar Vita'minlar Fermentlarning tuzulishi va spetsifikligi Allosterik fermentlar Tarkibida lipid saqlovchi o'simliklar Simlik moylari o'simliklarning to'qimalarida keng tarqalgan. Lipidlar o'simlik hujayralarining asosiy moddalaridan bo'lib, ayrimlarida ular juda ko'p to'planadi (lokalizatsiyalanadi). Ular asosan o'simliklar urug'larida to'planib, ayrimlarida 50-70% gacha bo'lishi mumkin. Yog'larni juda ko'p miqdorda to'playdigan o'simliklar guruhi moyli o'simliklar deb nom olgan va ular sanoat ahamiyatiga ega bo'ladi. Sanoat ahamiyatiga ega bo'lgan bu guruh o'simliklariga hozirgi kunda 100ga yaqin o'simliklar kiradi. O'zbekistonda asosiy moyli urug' sifatida paxta chigiti ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda paxta dalalari qisqartirilishi natijasida, paxta chigiti o'rnini qoplay oladigan boshqa moyli o'simliklar ekish ishlarini amalga oshirish orqali Respublikamiz uchun noan'anaviy moyli o'simliklardan kungaboqar, maxsar, soya o'simliklarining seleksiyasi va ularning moyini qayta ishlash texnologiyalari o'rganilmoqda. Moyli ekinlar guruhini xilma-xil ekinlar tashkil qilgan. Bu ekinlar har xil botanik oilalarga mansub bo'lib morfologik va biologik xususiyatlari bilan farq qiladi. Moyining chiqishi, sifati, qo'llanishi har xil bo'ladi. Ushbu ekinlarning urug'i va mevasi tarkibida 20-60-% moy bo'lib, oziqovqatda, konserva ishlab chiqarishda, qandolat va non mahsulotlari tayyorlashda qo'llaniladi. Bundan tashqari, o'simlik moyi margarin, sovun, lok, bo'yoq, olif, stearin, linoleum ishlab chiqarishda, tabobatda, parfyumeriyada, teriga ishlov berishda qo'llaniladi. Ammo moyli ekinlarni ulushi har xil. Kungaboqar, soya, raps moyli ekin sifatida keng tarqalgan, boshqa ekinlar kam tarqalgan: ularga moyli zig'ir, kunjut, maxsar, xantal, kanakunjut, moyli ko'knor, yeryong'oq, krambe, perilla, lyallemansiya va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Moyli ekinlarning ahamiyati ularning moyini xalq xo'jaligida foydalanishiga bog'liq. Moy ishlab chiqarilgandan keyin qolgan kunjara va shrot chorva mollariga yuqori to'yimli ozuqa hisoblanadi. Ayrim moyli ekinlar silos tayyorlashda qo'llaniladi. Yer yuzida moyli ekinlar ko'p tarqalgan, ekin maydoni 140 mln ga dan ortiqdir. Eng ko'p tarqalgan ekinlar - soya (73,5 mln ga), kungaboqar (18,33 mln ga) indov (22,25 mln ga), yeryong'oq (21,78mln ga), moyli zig‗ir (7,5 mln ga), kunjut (6,75 mln ga). Moyli ekinlar AQSH, Kanada, Hindiston, Braziliya, Argentina, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Moldova, Ukrainada tarqalgan. O'zbekistonda moyli ekinlardan maxsar, kungaboqar, kunjut, yeryong'oq, moyli zig'ir va soya ekilmoqda, qadimdan kunjut, zig'ir, indov, maxsar urug'i, paxta chigiti, meva danaklaridan o'simlik moyi olingan. Ayrim o'simlik moylari (kastor, zaytun, bodom va boshqalar) tibbiyot va kosmetik preparatlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Moyli urug'lardan olinadigan oqsil moddalari odam va hayvon ozuqasining biologik qiymatini oshiruvchi qo'shimcha sifatida ishlatiladi. Moyli urug'lar urug' va meva po'stlari asosan sellyulozadan tashkil topganligi sababli spirt ishlab chiqaruvchi gidroliz zavodlariga xom ashyo bo'lib xizmat qiladi. Moyli urug'lar va ularni qayta ishlash mahsulotlari moylar va oqsillardan tashqari bir ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.14 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.14 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:27 ]
Arxiv ichida: docx