Tasmasimon chuvalchanglar (Cestoda) sinfi

Tasmasimon chuvalchanglar (Cestoda) sinfi

O'quvchilarga / Botanika
Tasmasimon chuvalchanglar (Cestoda) sinfi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Tasmasimon chuvalchanglar (Cestoda) sinfi REJA: 1.Tasmasimon chuvalchanglar sinfi vakillarining tuzilishi. 2.Tarqalishi, biologik xususiyatlari. 3.Qo'zg'atadigan kasalliklari hamda ularni oldini olish choralari. Tasmasimon chuvalchanglar sinfi vakillarining morfologiyasi va biologiyasini o'rganishda shveytsariyalik zoolog O. Furman o'z ishlari bilan fanga (XX-asrda) katta hissa qo'shgan. Rossiyada parazit chuvalchanglar, shu jumladan, tasmasimon chuvalchanglar faunasi rus olimlari N.A. Xolodkovskiy va V.A. Kler tomonidan o'rganilgan. Akademik K.I. Skryabin rahbarligida yozilgan Sestodologiya asoslari ko'p tomlik asarlari MDH mamlakatlarida Sestodologiya fanini rivojlantirishda asosiy rol o'ynaydi. Tasmasimon chuvalchanglar endoparazitlar bo'lib, jinsiy voyaga yetganlari ko'plab umurtqali hayvonlarda, shu jumladan, odamlar ichagida, kamdan-kam turlari esa boshqa organlarda parazitlik qilib yashaydi Tasmasimon chuvalchanglar biogelmintlar bo'lib, rivojlanish siklida asosiy xo'jayindan tashqari, bir yoki ikkita oraliq xo'jayin ishtirok etadi. Xo'jayin ichagidagi tasmasimon chuvalchanglarning soniga qarab, ular turlicha urug'lanadi. Tasmasimon chuvalchanglar sinfi 9 turkumga ega. Ulardan eng muhimlari Tasmasimonlar (Pseudophyllidea) va Zanjirsimonlar (Cyclophyllidea) turkumlarining vakillari bo'lib, ular odam va chorva mollarining xavfli parazitlari hisoblanadi. Tasmasimonlar (Pseudophyllidea) turkumi . vakillari birmuncha tuban darajada tuzilgan, ayrimlarida gavdasi bo'g'imlashmagan yoki chala bo'g'imlashgan, bachadoni ochiq, tuxumda rivojlangan lichinkasi kiprikli. Ushbu turkumga odamlar, it, mushuk va tulkilarning ingichka ichagida parazitlik qiluvchi serbar tasmasimon chuvalchang (Diphyllobothrium latum)ni misol keltirish mumkin. Serbar tasmasimon chuvalchang tasmasimon chuvalchanglar sinfining eng uzun va yirik vakili hisoblanib, odam hamda turli yirtqich sutemizuvchilarning (it, mushuk, tulki, ayiq, bo'ri) ichagida parazitlik qiladi. Tanasining uzunligi 10-15 m, ba'zan esa 20 m gacha boradi, eni esa 3-4,5 sm gacha yetadi. Bo'g'imlar, ya'ni proglottidalar soni har bir voyaga yetgan keng tasmasimon chuvalchangda 400 tagacha boradi. Bo'g'imlarning eni bo'yiga nisbatan uzun bo'ladi. Skoleksi, ya'ni boshchasi, boshqa tasmasimon chuvalchanglardan farq qiladi. Ularning boshchasida so'rg'ich o'rnida 2 ta chuqur egatchalar-botriylari mavjud, shu organi yordamida ular asosiy xo'jayini ichak devoriga yopishadi. Asosiy xo'jayini-odam, mushuk, it, tulki, ayiq va boshqalar. Birinchi oraliq xo'jayini suvda yashovchi mayda qisqichbaqasimonlar (siklop va diaptomuslar) ikkinchi oraliq xo'jayini (qo'shimcha xo'jayini ham deb ataladi) baliqlar (cho'rtan, okun, losos) hisoblanadi. Bunda asosiy xo'jayinda yetilgan keng tasmasimon chuvalchangning tuxumlari axlat bilan birga tashqi muhitga chiqariladi. Bu tuxumlar faqat suvda rivojlanadi. Oradan 3-5 hafta o'tgach, tuxumdan usti kiprikchalar bilan qoplangan koratsidiy chiqadi. Koratsidiy sharsimon bo'lib, suvda kipriklari yordamida so'zib yuradi. Koratsidiylarning kiprikli epiteliysi ostida 6 ilmoqli bo'ladi. Koratsidiylarni suvdagi qisqichbaqasimonlardan-sikloplar ozuqa sifatida yutib yuboradi. Sikloplar ichida koratsidiylar kipriklarini yo'qotadi va onkosferalar ichak devorini teshib tana bo'shlig'iga o'tadi. Bu joyda onkosfera keyingi lichinkalik stadiyasi proserkoidga aylanadi. Keyinchalik bunday lichinkalar bilan zararlangan sikloplarni cho'rtan, nalim va ba'zi losossimon baliqlar yutib yuboradi. Proserkoidlar baliq oshqozonidan muskullar, jigar va boshqa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 863.72 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:27 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 863.72 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga