MAVZU: Temirdaraxtkabilar ajdodchasi (Hamamelididae). Dalachoykabilar ajdodchasi (Dilleniidae). Yalpizdoshlar oilasi vakillari bilan tanishish. Ituzumdoshlar va karamdoshlar oilasi vakillari bilan tanishish. Temirdaraxtkabilar ajdodchasi (Hamamelididae) Bu ajdodcha vakillarining ko'pchiligi daraxtlardir. Gullari shamol (anemofiliya) yordamida changlanib, ayrim jinsli, ba'zan ikki jinsli, bir uyli, ко'rimsiz. Ajdodcha 10 qabilaga bo'linib, ulraning ba'zilari bilan tanishib o'tamiz. Kazuainnomalar (Cazuarinales) qabilasi bitta oila va kazuarina turkumiga ega. Kazuarindoshlar oilasiga 40 dan ortiq tur kiradi. Ushbu oila vakillarining ko'pchiligi asosan Avstraliyada tarqalgan. Emannamolar (Fagales) qabilasi qoraqayindoshlar va qayindoshlar oilasiga bo'linadi. Ushbu oila vakillari keng bargli va aralash o'rmonlarni hosil qiluvchi daraxt va butalar, gullari mayda, ayrim jinsli, kuchala, kallakcha va boshqa to'p gullar, urg'ochi gullari tangachasimon o'simta ichida joylashadi. Unda tangachasimon, tikonsimon va boshqa o'simtalar bo'ladi. Qoraqayindoshlar oilasiga eman (Quercus), qoraqayin (Fagus), kashtan (Castanea) turkumlari kiradi. Eman turkumiga 300 ta tur kirib, Shimoliy yarim sharda, ba'zan subtropik o'lkalarda uchraydi. Emandan qurilish materiali sifatida, bochkalar yasashda, durodgorlikda foydalanadi. Yong'og'idan soxta kofe olinadi. Emanning 7 turi O'zbekistonda madaniy holda uchraydi. Qoraqayin turkumi 10 turga ega. Ular Shimoliy yarim sharda tarqalgan. Sharq qoraqayini. (F.orientalis) Farg'ona, Andijon, Samarqandda madaniy holda uchraydi. Durodgarlikda, kemasozlikda foydalaniladi. Yong'og'idan presslash yo'li bilan toza moy olinadi. G'arbiy Ukraina, G'arbiy Belorusiyada Yevropa qoraqayini (F.silvatika), kavkaz va Qrimda Sharq qoraqayini (F.orientalis) uchraydi. O'rmon yong'og'i (Corylus) turkimiga 8 tur kiradi, bargini to'kuvchi bir uyli daraxt va butalardir. Qayindoshlar oilasi grab ( Carpinus) va qandag'och (Alnus) turkumlari ham kirib o'rmon hosil qiladigan daraxt va butalardir. Bu oila 26 turkumga mansub 100-130 turni o'z ichiga oladi. Chinordoshlarga yaqin turuvchi bu oilaning vakillari Amerika, Madagaskar oroli, Janubi-Sharqiy Osiyo va Avstraliyada tarqalgan. Oila 5 ta oilachiga bo'linadi. Chinordoshlar oilasi (Plantanaceae) Bu oilaga 1 ta turkum, 10 ta tur kiradi. Ular Shimoliy Amerika, (Canada, Meksika, O'rta Yer dengizi bo'ylari. G'arbiy Ximolay, Xindi-Xitoy, Bolqon yarim oroli va O'rta Osiyoda tarqalgan. Bizda bitta Sharq chinori (Platanus orientalis) o'sadi. Chinor serbarg o'simlik, bargida yon bargchalari bo'ladi. Kurtagidan dastlab barg chiqadi, keyin gulga kiradi. Gullari bir jinsli, changchi guli sarg'ish boshchada, urug'chi guli qizil boshchada hosil bo'ladi. Shamol vositasida changlanadi. Changchilari 3-4, ba'zan 7 ta gacha bo'ladi. Chinorlar 200 yilgacha umr ko'radi, tabiatda 500, 100 yil yashagan chinorlar uchraydi. U mustahkamligi jihatdan yong'oq yog'ochidan qolishmaydi. Sharq chinori O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan. Emandoshlar qabilasi (Fagales) Emandoshlar oilasi (Fagaceae) Emandoshlar oilasining 18 turkumga mansub 900 ga yaqin turlari bor. Ular asosan bargini to'kadigan yoki doim yashil daraxt va ayrim butalardan iborat. Emanlar asosan Shimoliy Yarim sharda keng tarqalgan, qisman ular Janubiy ekvatorda ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
530.85 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:27
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
530.85 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:27 ]
Arxiv ichida: pptx