Tillarang, sariq va pirofit suvo'tlari bo'limi

Tillarang, sariq va pirofit suvo'tlari bo'limi

O'quvchilarga / Botanika
Tillarang, sariq va pirofit suvo'tlari bo'limi - rasmi

Material tavsifi

MIRZO ULUG'BYeK NOMIDAGI O'zbekiston MILLIY UNIVYeRSITYeTI Biologiya fakulteti Fan. Botanika Mavzu: Tillarang, sariq va pirofit suvo'tlari bo'limi Reja: 1.Tillarangtoifa (Chrysophyta) suvo'tlar bo'limi - vakillari, ko'payishi, tarqalishi 2. Sariq-yashiltoifa (Xantophyta) suvo'tlar bo'limi - vakillari, ko'payishi, tarqalishi 3.Pirrofittoifa (Pyrrophyta) suvo'tlar bo'limi - vakillari, ko'payishi, tarqalishi 1 - bo'lim. Tillarangtoifa suvo'tlar -Chrysophyta Tillarang suvo'tlar - bir hujayrali, koloniyali, bazan ipsimon ko'p hujayralidir. Hujayrasi 1-2 ta xivchinli, harakatchan, bazan yolg'on oyoqlar hosil qiladi. Harakatsiz formalari ham uchraydi. Bazilari bir birmuncha qumtuproqlashgan po'st hosil bo'ladi. Bu ularning muhim sistematik belgilari hisoblanadi. Tillarang suvo'tlarining hujayrasi ichida disksimon ikkitadan xromatofori bo'ladi. Tillarang suvo'tlarining xromatoforida xlorofilldan tashqari fikoxrizin pigmenti (sarg'ish-lyutein, qo'ng'ir-fikoeritrin) bo'ladi. Tillarang suvo'tlar orasida xromatofori bo'lmagan rangsiz formalari ham uchraydi. Rangsizlari tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi, bazilari esa hayvonlarga o'xshab ovqatlarning qattiq bo'lakchalarini yolg'on oyoqlari yordamida tutib eb, ularni hazm qiladi. Tillarang suvo'tlarining yana xarakterli xususiyatlaridan biri, kech kuzda hujayra ichida qalin po'stli, qumtuproqli endogen tsista hosil qilishidir. Tsista tinchlik davridan so'ng, qaytadan qulay sharoitga tushishi bilan unib, zoosporalarga aylanadi. Ko'payishi. Hujayrasi ikki qismga bo'linib, 1-2 xivchinli zoosporalar hosil qilish yo'li bilan ko'payadi. Kolloniyali xillarida esa hosil bo'lgan yosh hujayralar tarqalib ketmaydi, uyo'lib yangi koloniya hosil qiladi. Ular, asosan chuchuk suvli havzalarda keng tarqalgan. Vakil. Dinobrion - Dinobrion Dinobrion (Dinobrion) koloniyasi bakalchasimon katakchalardan tashkil topgan, shoxlangan butacha. Bakalchalar ichida 1-2 ta qo'ng'ir rangli xromatofori va uzun-kalta ikki xivchini bo'ladi. U bo'linish yo'li bilan ko'payadi. Bokalchadagi hujayra uzunasiga ikkiga bo'linadi. Ulardan biri bakalcha ichida qoladi, ikkinchisi esa so'zib chiqib, bakalchaning chetiga yopishadi va rivojlanib yangi bakalcha hosil qiladi. Shu tarzda dinobrion koloniyasining shoxchalari ko'payib boraveradi. Sholipoyalarda, hovuzlarda uchraydi. Vakil: Sinura-Synura Sinura erkin so'zib yuruvchi, sharsimon, umumiy shilimshiq pardasi bo'lmagan kolonial suvo't. Hujayrasi teskari tuxumsimon, ustki tomonida ikki xuvchini tashqariga yo'nalgan. Tsitoplazmaning markazida bitta yadro joylashgan. Vakuolasi mavjud, ko'zcha bo'lmaydi. 2-bo'lim. Sariq-yashil suvo'tlar-Xanthophyta Sariq-yashil suvo'tlar bo'limi vakillarining ikkita xivchinlari teng emas, zoosporaning uchiga yaqin yonboshidan chiqadi. Xivchini uzun, ko'pincha oldiga qaragan, orqa tomonga qayrilgan. Hujayra po'sti ikki palladan iborat bo'lib, ustini pektin moddasi o'rab turadi. Xromatoforida xlorofilldan tashqari karotinoidli sarg'ish pigment bor, xromatoforining shakli plastinkasimon, ko'pincha pirenoidsiz bo'ladi. Chuchuk suvli havzalarida va dengizlarda tarqalgan. 60 dan ortiq turkum va 200 ga yaqin turi bor. 2-bo'lim. Sariq-yashil suvo'tlar -Xanthophyta Vakil:Xloramyoba - Chloramaeba Botridiopsis -Botridiopsis Botridium -Botridium 1 - vakil: Xloramyoba (Chloramaeba) zax erlarda va chuchuk suvlarda yashaydi. U vegetativ holatda doim harakatda bo'ladi. Uning bitta yadrosi va ikki-oltita sarg'ish-yashil xromatofori bo'lib, old tomonida vakuolasi, ustida ikkita uzun-qisqa xivchini bor. 2-vakil: ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 620.43 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:27 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 620.43 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga