Tirik materiyaning asosiy xossalari. Tirik materiyaning tuzilish darajalari

Tirik materiyaning asosiy xossalari. Tirik materiyaning tuzilish darajalari

O'quvchilarga / Botanika
Tirik materiyaning asosiy xossalari. Tirik materiyaning tuzilish darajalari - rasmi

Material tavsifi

Kirish. Fanning predmeti, vazifalari, ilmiy-tekshirish usullari. Tirik materiyaning asosiy xossalari. Tirik materiyaning tuzilish darajalari Reja: 1. Biologiya fani haqida umumiy tushunchalar. 2. Biologik tushunchalar haqidagi dastlabki qarashlar. 3. Tiriklik va tirik organizmlar haqida tushunchalar. BIOLOGIYA- bu tiriklik haqidagi fan bо'lib, materiyaning ma'lum bir shakli sifatidagi tiriklikning yashash va rivojlanish qonuniyatlarini о'rganadi. Biologiya atamasi fransuz olimi J.B.Lamark va nemis olimi G.R.Treviranus 1802 yilda fanga kiritgan. Bios-hayot, logos-fan degan ma'noni beradi. Biologiyaning tekshirish obyekti bо'lib, о'simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar va odamlar hisoblanadi. Biologiya tarixiy rivoji ruhiy olam fanlari, diniy qarashlar va moddiylikka asoslangan fikr-mulohazalar asosida rо'y berdi. Dastaval qadimgi yunon faylasuflari tabiat hodisalarini va dunyoni tabiiy kelib chiqishini izohlashga moddiylik asosida yondoshdilar. Arestotel biologiya sohasida kо'pgina ishlar qildi. Masalan, hayvonlarning 510 turini izohlab, ilk bor ularning tasnifini keltiradi. Undan tashqari Geraklit, Demokrit va boshqalar dastlabki ma'lumotlarni berishgan. О'rta Osiyo mutafakkirlaridan Abu Ali ibn Sino «Tip qonunlari» asarini yozdi. Abu Bakr ar-Roziy, Abduog'ozi Bahodirxon va boshqalar о'z hissalarini qо'shganlar. Shved olimi Karl Linney о'simlik va hayvonot olamining о'zgaruvchanligi tо'g'risida fikr bildirdilar. Biologiyaning shakllanishida keskin davr buyuk ingliz olimi Charliz Darvinning sodda shakldan murakkabroqqa asta-sekin milliard yillar davomida Yer evolyusiyasidan boshlab sodir bо'lgan organik olam evolyusiyasi nazariyasining yaratilishi bilan boshlandi. Bu nazariya о'simlik va hayvonot olamidagi barcha murrakkab jarayonlar haqidagi tushunchalarni tubdan о'zgartirdi va qayta shakllantirdi. Darvin ta'limoti-darvinizm tezda keng tarqalib ketdi va biologiyaning har bir sohasida о'z davomchilariga ega bо'ldi. I.I.Mechnikov, aka-uka Kovalevskiylar, K.A.Temiryazev, Seversov, Vavilov va boshqalarning ishlari darvinizmni boyitdi. TIRIK MATERIYANING ASOSIY XOSSALARI. О'lik materiyadan farqli ravishda quyidagi umumiy xossalarni kо'rib chiqamiz. Bu xossalar barcha tirik organizmlarga xos. 1. Ximiyaviy xossalari-tirik organizmlar tarkibiga anorganik tabiatdagi ximiyaviy elementlpr kiradi. Biroq tirik va о'lik tabiatda ularning nisbati о'zgacha bо'ladi. Tirik organizmlarning 96-98% uglerod, kislorod, azot va vodorod elementlaridan iborat. Tirik organizmlar tarkibidagi boshqa ximiyaviy elementlarning miqdori juda kamni tashkil etadi. 2. Moddalar almashunuvi-barcha tirik organizmlar tashqi muhit bilan moddalar almashinuvi qila oladi. Tashqi muhitdan oziqa uchun kerakli moddalarni qobul qiladi va keraksizini chiqarib tashlaydi. Tirik organizmlarning muhim hossasi oziq va yorug'dan tashqi energiya manbai sifatida foydalanishdir. Organik moddalar orqali bir organizmdan boshqa organizmga energiya beriladi. Yerdagi hayot boshlang'ich energiyani quyosh nuridan oladi. Shuning uchun ham ochiq sistema deb hisoblanadi. Organizmlardagi moddalar almashinuvining assosini bir-biri bilan о'zaro uzviy bog'liq bо'lgan assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari tashkil etadi. Organizmlarning turli qismlarida ximiyaviy tarkibning barqarorligi moddalar almashinuvi orqali ta'minlanadi. 3. О'z-о'zini yaratish-о'z-о'zini yaratish tirik organizmlarning eng muhim hossalaridan biri hisoblanadi. Nasl albatta ota-onasiga о'xshaydi. Masalan, mushukdan-mushuk bola va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.7 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.7 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga