Tirik materiyaning tiriklik darajalari Reja Tiriklikning har xil darajalari. 2. Biologiyaning tekshirish usullari Biologiya fanining sо'ngi yutuqlari tufayli hayot har xil darajada tuzilganligi ma'lum bо'ldi. Hozirgi fan hayotni molekula, hujayra, tо'qima, organ, organizm, populyatsiya-tur, biogeotsenoz, biosfera darajasida tadqiq qiladi. Mavjudodlar guruhi orasida о'zaro о'hshashlik va farqlar bо'lishidan qat'i nazar ular, ya'ni barcha tirik mavjudodlar о'z tiriklik darajasiga ega. Har bir organizmning tarkibi ximiyaviy modda birikmalaridan iborat. Shu moddalar organizmning eng sodda tashkiliy darajasi- hujayraning asosini tashkil etadi. Hujayralar о'z navbatida organizm uchun xos bо'lgan a'zo va tо'qimalarni, ularning о'zaro murakkab munosabati bir butun yaxlit organizmni hosil qiladi. Tirik mavjudod tuzilmalarining batartibligi haqidagi tushuncha tiriklikning tashkiliy darajasida о'z aksini topadi. Tiriklikning molekulyar, subhujayraviy, hujayraviy, tо'qima va a'zo, organizm, populyatsiya-tur, biogeotsenotik va biosfera darajalari tafovut etadi. Molekulyar daraja-Barcha jonzotlarda tiriklikning molekulyar darajasi deyarli bir xildir. Hamma tirik mavjudodlar oqsil tarkibi bir xilda bо'lib, u yigirma xil aminokislotadan, nuklein kislotalar esa azotli asoslardan tashkil topgan. Bioximiyaviy jarayonlarning sodir bо'lishini ta'minlovchi omillarning yuzaga kelishi, biologik energiyani о'zida mujassamlashtirish-ATF hosil bо'lishi, undan energiya ajralishi, irsiy axbarotning saqlanishi va avloddan-avlodga о'tishi hayotning molekulyar darajadagi kо'rinishidir. Negizini eukariot hujayralar hosil qilgan organizmlarning subhujayraviy tiriklik darajasini hamma eukariotlar uchun umumiy bо'lgan organoidlar morfofunksional xususiyatida kо'rish mumkin. Xujayraviy daraja-mavjudodlar tuzilishi negizining bir xilligida ifodalanadi. Tiriklik olamini hujayra darajasida о'rganish, hujayralarning tuzilishi, faoliyati, tarkibi umumiylikka ega ekanligini namoyon etadi. Bu esa ularning kelib chiqish negizi bio xilligini kо'rsatadi. Hujvyra darajasida birt hujayra va kо'p hujayralarga xos bо'lgan qonuniyatlar aniqlanadi. Hujayra darajasidagina barcha mavjudodlardagi xilma-xil murakkab, biokimyoviy jarayonlar va irsiy axborotning amalga oshishi rо'y beradi. Tiriklik evolyusiyasi ham bir hujayralilarning shakllanishi va ularning rivojlanishi bilan belgilanadi. Tо'qima darajasi-bir xil tabiatga ega bо'lgan hujayralar majmui tiriklikning tо'qima darajasini, ularning ayrim umumlashgan о'ziga xos faoliyatlarini bajarishga moslashgan, shakllangan tuzilmalari a'zo va a'zolar tuzilishidagi tiriklik darajasini tashkil etadi. Kо'p hujayrali mavjudodlarda tо'qima va a'zolar umumiy о'xshashliklarga ega bо'lib, ontogenez jarayonida rivoj topadi. Hayvonot olami organizmi a'zolarining tarkibi 4 xil tо'qimadan iboratdir. Organiz darajasi-tiriklikning organizm darajasidagi tashkiliy shakli xilma-xil mavjudodlarda kechadigan muhim jarayonlarni bir butun holda, organizm uchun xos bо'lgan tomonlarni nazarda tutib о'rganish imkonini beradi. Har bir organizmda yuzberadigan barcha hayotiy jarayonlar nerv faoliyati, endokrin va immun sistemasiga kо'rv о'z-о'zini boshqaradi, ichki muhitning turg'unligini saqlab qoladi. Populyatsiya-tur darajasi-tirik mavjudodlar populyatsiya va tur darajasida umumiy yashash va hayot faoliyati darajasiga ega bо'ladi. Bu darajada bir turga oid organizmlar guruhiga xos bо'lgan jarayonlar о'rganiladi. Populyatsiya evolyusiya jarayoning elementar struktar birligi hisoblanib, turlarning hosil bо'lish jarayoni populyatsiya ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.32 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.32 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:27 ]
Arxiv ichida: doc