Tirik organizmlarning ko'payishi

Tirik organizmlarning ko'payishi

O'quvchilarga / Botanika
Tirik organizmlarning ko'payishi - rasmi

Material tavsifi

Tirik organizmlarning kо'payishi Reja: 1. Jinssiz kо'payish va uning turlari. 2. Hujayraning mitoz bо'linishi. 3. Mitozning biologik ahamiyati Barcha tirik mavjudot о'zlariga xos bо'lgan hayotni yashaganidan sо'ng о'limga mahkumdirlar. О'lgan organizmlar о'rniga yangi organizmlar vujudga keladi. Har bir jonzotga о'ziga о'xshagan organizmni yaratish, zurriyot qoldirish xususiyati xosdir. Shu tufayligina mavjudotlar olami saqlanib qoladi. Organizmlarning kо'payishi evolyusion tarzda takomillashib boruvchi jarayondir. Jonzotlar turli usulda kо'payadi, ularning barchasini jinsiz va jinsiy kо'payish xiliga bо'lish mumkin. Jinssiz kо'payish. Jinssiz kо'payish eng sodda, evolyusiya jarayonidagi ilk bor kо'payish usulidir. Bu usul bilan kо'payishda bitta organizm ishtirok etadi. Shu organizm о'z avlodlariga barcha xususiyatlarini deyarli о'zgarmagan holda о'tkazadi. Jinssiz kо'payishning bо'linish, endogoniya, shizogoniya, kurtaklanish, sporogoniya, vegetativ kо'payish xillari farqlanadi. Kо'payishning bо'linish usuli. bir hujayrali jonzotlarga xosdir. Bо'linish usulidagi kо'payish organizmning mitoz yо'li bilan kо'payishdir. Bо'linish natijasida hosil bо'lgan ikki avlod о'rtasida genetik axborot va ichki tuzilmalar tengma-teng taqsimlanadi. Hosila organizm о'sadi va qayta bо'linishga tayyorlanib, sо'ng yana organizmni yaratadi. Endogen-bu organizmning alohida ichki kurtaklanishi bо'lib, ona hujayrada ikkita qiz organizm hosil bо'ladi, Ya'ni bir ona hujayra ichida, uning umumiy hujayra qobig'i ostida ikki qiz hujayra shakllanadi, shunday qilib ona hujayra faqatgina ikki avlod beradi. Shu yо'sinda, masaoan bir hujayrali parazit-toksoplazmaning kо'payishi rо'y beradi. Shizogoniy. Ayrim bir hujayralilarda, masalan, bezgak plazmodiysining jinssiz kо'payishi kо'p marta bо'linish-shizogoniya usuli bilan kechadi. Hujayra shizogoniya bilan kо'payganda, dastaval uning yadrosi birin-ketin kо'p marta bо'linadi, hujayra sitoplazmasi esa bо'linmaydi-sitokenez rо'y bermaydi. Sо'ngra, ona hujayra ichidagi har bir hosila yadro, bо'linib ketgan, mayda sitoplazma bilan о'raladi-bir qancha qiz hujayra hosil bо'ladi. Qiz hujayradagi irsiy informatsiya belgilari ona organizm belgilariga monand ravishda bо'ladi. Odatda, bu xildagi kо'payish jinsli kо'payish bilan almashinib turadi. Sporogoniy. Spora hosil qilish о'yli bilan kо'payish. Bu xil kо'payish ayrim о'simlik va bir hujayrali mavjudotlarning kо'payish usuli hisoblanadi. Masalan, bezgak plazmodiysi va toksoplazma sporogoniya usulida kо'payadi. Spora-bu kо'payish jarayonini ta'minlovchi va tashqi ta'sirdan saqlanish uchun qobiqqa о'ralib olgan hujayralar tо'plamidir. Jinssiz kо'payishning bir xili bо'lgan sporogoniyani ayrim bakteriya yoki bir hujayrali organizm-masalan, ichak balantidiysi, lyambliyalarning spora hosil qilinishdan farqlamoq zarur. Bu xil sporalanish kо'payish uchun emas, noqulay sharoitdan saqlanishgagina hizmat qiladi. Kurtaklanish usuli bilan kо'payishda ona organizmida yadroning bir qismini tutgan sitoplazmatik dо'mboqcha-kurtak paydo bо'ladi. Dо'mboqsa о'sadi va ona qismdan ajraladi. Ayrim bakteriyalar va kipriklilar shu zaylda kо'payadi. Vegetativ kо'payish usulida kо'p hujayrali organizm tanasining bir qismidagi hujayralar tо'plamidan yangi organizm hosil bо'ladi. Masalan, gidralar kо'payishida ona organizmdan hujayralar tо'plamidan iborat kurtak hosil bо'ladi sо'ng u ajralib, alohida organizmni hosil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.04 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.04 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga