To'garak chuvalchanglar (Nemathelminthes) tipi. Nematodalar (Nematoda) sinfi

To'garak chuvalchanglar (Nemathelminthes) tipi. Nematodalar (Nematoda) sinfi

O'quvchilarga / Botanika
To'garak chuvalchanglar (Nemathelminthes) tipi. Nematodalar (Nematoda) sinfi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: To'garak chuvalchanglar (Nemathelminthes) tipi. Nematodalar (Nematoda) sinfi REJA: 1.To'garak chuvalchanglar tipining umumiy tavsifi va sistematikasi. 2. Odamlarda parazitlik qiluvchi nematodalar sinfi vakillarining tuzilishi, tarqalishi, biologik xususiyatlari, qo'zg'atadigan kasalliklari hamda ularni oldini olish choralari. To'garak chuvalchanglar boshqachasiga birlamchi tana bo'shliqli chuvalchanglar ham deb aytiladi. Haqiqatdan ham, tana bo'shlig'i (sxizotsel) bo'lib, unda ichki organlar joylashgan. Tana bo'shlig'i suyuqlik bilan to'lgan bo'ladi. To'garak chuvalchanglar, ya'ni birlamchi tana bo'shliqli chuvalchanglar yassi chuvalchanglarga nisbatan ancha yuqori darajali tuzilishga ega. Ularning tanasi segmentlarga bo'linmagan, ipsimon uzunchoq, dukka o'xshagan, ko'ndalang kesigi to'garak, doira shaklida. Shuning uchun ham tipning nomi to'garak chuvalchanglar deb ataladi. To'garak chuvalchanglarning yassi chuvalchanglardan farqi yana shundaki, ularning ko'pchilik turlari ayrim jinsli, jinsiy organlari sodda tuzilgan, jinsiy dimorfizm yaxshi ifodalangan. Ularning rivojlanishi bitta, ikkita ba'zan esa uchta xo'jayinda boradi. To'garak chuvalchanglar tipi vakillari yer yuzida nihoyatda keng tarqalgan bo'lib, ko'pchilik turlari dengiz va okeanlarda, chuchuk suv havzalarida, tuproq biotsenozida erkin holda hayot kechiradi. Bir qancha turlari esa odam, umurtqasiz va umurtqali hayvonlar hamda o'simlikiar tanasida parazitlik qiladi. To'garak chuvalchanglarning 18 mingdan ortiq turi fanga ma'lum, ulardan 200 ga yaqin turi MDH mamlakatlarida uchraydi. To'garak chuvalchanglar tipi o'z navbatida: qorinkiprildilar, nematodalar, kinorinxlar, qil chuvalchanglar, og'izaylangichlilar, priapulidlar sinflariga bo'linadi Nematodalar (Nematoda) sinfi. Bu sinf vakillari turli xil muhitda yashashga moslashgan. Ularni Yer yuzining deyarli barcha havzalarida va suv tubidagi balchiqlarda uchratish mumkin. Nematodalar tuproq biotsenozidagi ko'p hujayrali organizmlarning asosiy qismini tashkil etadi. Nematodalar sinfi vakillarining umumiy belgi-xususiyatlar: tanasi duksimon, ya'ni oldingi va keyingi uchi ingichkalashgan, ko'ndalang kesimi to'garak shaklda, Tanasining oldingi uchida og'iz teshigi, keyingi uchiga yaqin joyda esa anal teshigi joylashgan. tanasining anal teshigidan keyingi qismi dumni hosil qiladi, tananing anal teshigi joylashgan tomoni qorin deb ataladi, jinsiy va ayirish sistemasi teshiklari ham ana shu qorin tomondan tashqariga ochiladi. Nematodalar sinfi 2 ta kenja sinfga bo'linadi. Adenoforalar (Adenophorea) kenja sinfi. Setsernentlar (Secernentea) kenja sinfi. Adenoforalar (Secernentea) kenja sinfi vakillari, asosan dengiz, chuchuk suv, ba'zan tuproqda erkin hayot kechiradi. Ko'pchilik turlari faqat kislorod yetarli bo'lgan sharoitda yashaydi. Kutikulasi o'tkazuvchan bo'lganidan nematodani zararli moddalar ta'siridan to'liq himoya qilaolmaydi. Setsernentlar (Secernentea) kenja sinfi vakillari asosan, o'simliklarda, hayvonlarda va odamlarda parazitlik qiladigan turlarni o'z ichiga oladi. Odam askaridasi (Ascaris lumbricoides). Yer yuzida deyarli barcha mamlakatlarda tarqalgan. Ayrim mamlakatlarda, masalan, Yaponiyada aholining deyarli hammasi askarida bilan zararlangan. Chunki Yaponiyada qishloq xo'jaligida odam ekskerementidan organik o'g'it sifatida sabzavot va poliz ekinlari ekiladigan maydonlarda keng miqyosda foydalaniladi Askarida ayrim jinsli, erkagi urg'ochisidan ancha kalta, ya'ni erkagining uzunligi 15-25 sm, urg'ochisiniki esa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 623.73 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:27 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 623.73 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga