Transpirasiy Reja: Transpirasiya va uning o'simliklar hayotidagi ahamiyati. Transpirasiya unumdorligi va koeffisiyenti. Barglarning transpirasiyaga moslashib tuzilishi. O'simliklarning suv muvozanati. Antitranspirantlar, ularning turlari va ahamiyati. Tayanch so'zlar: Transpirasiya, transpirasion organ, harorat, yorug'lik energiyasi, transpirasiya jadalligi, transpirasiya unumdorligi, transpirasiya koeffisiyenti, og'izchalar harakati, kutikulyar transpirasiya, suv muvozanati, suv taqchilligi, so'lish koeffisiyenti, antitranspirantlar va guruhlari. O'simliklar tanasi orqali suvning bug'lanishiga transpirasiya deyiladi. Transpirasiya o'simliklar tanasida sodir bo'ladigan eng muhim fiziologik jarayonlardan biridir. Asosiy transpirasiya organi bargdir. O'simliklar barg yuzasining kattaligi CO2 ning ko'p yutilishi, yorug'lik energiyasidan effektiv foydalanish va suv bug'latuvchi yuzaning keng bo'lishini ta'minlaydi. Suv barg yuzasidan asosan og'izchalar orqali bug'lanadi. Buning natijasida barg hujayralarida suv miqdori kamayadi va so'rish kuchi ortadi. Barglarda so'rish kuchining ortishi o'z navbatida barg tomirlari va naylaridan suvni tortib olish jarayonini faollashtiradi. yuqoridan tortib oluvchi kuchning paydo bo'lishi, o'simlik tanasi boylab suv harakatini yana tezlashtiradi. Shunday qilib, yuqoridan harakatga keltiruvchi (tortuvchi) kuch transpirasiya natijasida vujudga keladi. Transpirasiya faoliyatiga qarab, bu kuch ham shuncha yuqori bo'ladi. Transpirasiya faolligi haroratga, o'simlik turlariga, yashash sharoitlariga va boshqalarga bog'liq. Ularni bir-biri bilan solishtirish va o'rganish uchun transpirasiya jadalligi degan tushuncha mavjud. Transpirasiya jadalligi deb bir metr kvadrat barg yuzasidan bir soat davomida bug'latilgan suv miqdoriga aytiladi. ko'pchilik o'simliklar uchun transpirasiya jadalligi o'rtacha bir soatda kunduzi 15- 250 gm 2, kechasi 1-20 g m 2 ga teng bo'ladi. Ayrim hollarda bu ko'rsatkich yuqori bo'lishi ham mumkin. O'rta Osiyo sharoitida yozning issiq kunlarida g'o'zaning transpirasiya jadalligi 450-1200 gm2 gacha ko'tarilishi mumkin. Transpirasiya unumdorligi deb 100 g. sarflangan suv hisobiga hosil bo'lgan organik modda miqdoriga aytiladi. Bu ko'pchilik o'simliklar uchun 1-8 g ga teng, o'rtacha 3 g atrofida bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, butun o'simlik tanasi orqali bug'langan suvning 99,8 % transpirasiyaga, qolgan 0,2% organik modda hosil qilish uchun sarflanadi. Umuman transpirasiyaning so'rish kuchi o'simlik turlariga ham bog'liq. Daraxtchil o'simliklarda bu kuch ildiz bosimidan bir necha marta yuqori. O'tchil o'simliklarda esa aksincha ildiz bosimi yuqori, lekin shunga qaramay transpirasiyaning so'rish kuchi ham muhim ahamiyatga ega. Transpirasiya o'simliklarni yuqori harorat ta'siridan saqlaydi. Odatda transpirasiya tufayli o'simlik tanasi harorati atmosfera haroratidan bir necha gradus past bo'ladi. Biroq ayrim o'simliklarda yuqoriroq bo'lishi ham mumkin. Masalan, sahrolardagi o'simliklar barglarining harorati quyoshning kuchli issiqlik energiyasini yutishiga qaramasdan, soyadagi barglarga nisbatan 6-7 o C ga ko'p. Bu esa yozning issiq kunlarida o'simlikning butun hayotiy jarayoni uchun katta ahamiyatga egadir. Ayniqsa fotosintez uchun qulay sharoit yaratiladi. Chunki og'izchalarning ochiqligi CO2 ning o'zlashtirilishini faollashtiradi. Protoplazma kolloid misellalarning, xloroplastlar strukturasi va funksiyalari faoliyatiga sababchi bo'ladi. ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.4 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.4 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:28 ]
Arxiv ichida: doc