Reja : 1. Tuban o'simliklarga tavsif, tuzilishi, kupayishi. 2. Tuban o'simliklar tasnifoti, bo'limlarga bo'linish i. 3. Bakteriyalar va kuk-yashil suvutlari bo'limlariga tavsif. Tuban o'simliklar odatda bir hujayrali va ko'p hujayrali orga-nizmlar bo'lib, ularning tanasi tallom deb yuritiladi. Tuban o'simliklar sodda tuzilishga ega bulibgina kolmasdan, o'zi-ga xos usullar bilan kupayish xususiyatiga xam ega bo'lib, bu aso-san kuydagicha namoen bo'ladi, asosan 3 xil: vegetativ, jinssiz va jinsiy usulda kupayadi. Vegetativ usul bilan kupayganda ona organizm bir necha bo'lak (kism)larga ajraladi. Shu bo'lakning xar biri esh individ sifatida mustaqil yashay boshlaydi. Jinssiz yul bilan kupayganda ona organizm hujayrasidagi mahsulot shu hujayra ichida 2, 4, 8 eki undan ortik sondagi kichik hujayralar hosil qiladi, barcha suvutlar, bakteriyalar va zamburug'lar jinssiz kupayish natijasida zoosporalar va avtosporalar yoki to'g'ridan-to'g'ri sporalar hosil bo'ladi. Jinssiz kupayish doimo sharoit kulay bo'lgan davrda sodir bo'ladi. Jinsiy kupayish deganda ona hujayra ichida jinssiz kupayiganda sodir bo'lganidek, ko'p sonli kichik hujayralar hosil bo'ladi. Shu hujayralar ona hujayra pusti parchalangach, tashqariga chikadi va o'zaro juft-juft bo'lib kushiladi. Jinsiy kupayish uchun albatta ikkita kichik hujayraning, yani gametaning kushilishi shart. Bu o'zaro kushilish natijasida hosil bo'lgan hujayra zigota deb ataladi. Jinsiy kupayish suvutlarining ayrim vakillarida, bakteriyalar va zamburug'larning bazilaridan boshqa barcha o'simliklar uchun xosdir. Suvutlarda va eamburuglarda jinsiy kupayish doimo yashash sharoiti nokulay bo'lganda (temperaturaning pasayishi, ozika muhitining etarli bulmasligi va xokazo) sodir bo'ladi. Jinsiy kupayish xam jinssiz kupayish singari turli xil ko'rinishlarda namoen bo'ladi. Jinsiy kupayishning izogamiya, geterogamiya, oogamiya, zigogamiya, kariogamiya kabi, shuningdek, konyugatsiya (matashuv), xaltaspora, bapidiospora, auksospora xo-sil qilish kabi ko'rinishlari malum. Tuban o'simliklar kuydagi bo'limlarga bo'lib urganiladi. 1. Kuk-yashil suvutlar - Cyanophyta 2. Diatom suvutlar - Diatomeae 3. Yashil suvutlar - Chlorophyta 4. Xara suvutlar - Charophyta 5. Sarik-yashil suvutlar - Hanthophyta 6. Kungir suvutlar - Phaeophyta 7. Kizil suvutlar - Rhodophyta 8. Bakteriyalar - Bacteria 9. Shilimshiklar - Myxophyta 10. zamburug'lar - Mycophyta ( Fungi ) 11. Lishayniklar - Lichenophyta BAKTYeRIYaLAR YeKI UVOKLILAR - Bacteria (Schizgohyta) Bakteriyalar bo'limiga mikroskopik jonivorlar, aksariyat ko'p-chiligi bir hujayrali, bazilari ipsimon shoxlangan koloniyali rangsiz organizmlar kiradi. Ular havoning 10km. gacha bo'lgan kavatida, tuproqda, chuchuk va dengiz suvlarida, ozik-ovqat maxsu-lotlarida, o'simlik, hayvon, odam tanasining sirtida va ichagida, ularning chirindi koldikdarida, tog va muzliklarda, xullas bio-sferada juda ko'p miqdorda uchraydi. Bakteriyalarning shakli-sharsimon, taekchasimon, vergul-simon, paketsimon va xokazo ko'rinishda bo'ladi. Bakteriyalar juda oddiy tuzilishga ega bo'lib, ularning tanasi hujayra pusti bilan uralgan. hujayra ichida esa 20-80 % gacha nukloprotein deb ataluvchi modda va shuningdek, boshqa protoplaz-ma mahsulotlari joylashgan. Shunday qilib, ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.71 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.71 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:28 ]
Arxiv ichida: doc