Tuban o'simliklar sistematikasi

Tuban o'simliklar sistematikasi

O'quvchilarga / Botanika
Tuban o'simliklar sistematikasi - rasmi

Material tavsifi

Tuban o'simliklar sistematikasi REJA: Tuban o'simliklar haqida tushuncha. Suvo'tlarning tuzilishi va klassifikatsiyasi. Bakteriyalarning tabiatdagi ahamiyati. zamburug''larning tuzilishi va ahamiyati. Lishayniklar haqida tushuncha. Tayanch ibora va atamalar: tallom, mitseliy, avtotrof, geterotrof, parazit, saprofit, auksospora, xivchin, gameta, oogam, bentos, plankton, aerob, anaerob, plazmodiy, sporangiy, gifa, simbioz, anabioz, soridiy, izidiy. Yer sharidagi o'simlik turlari bir-biridan aniq farq qiladi. Bunday farqlar avvalo ularning tashqi qiyofasida ko'rinadi. Bundan tashqari, ular o'rtasida qandaydir umumiy o'xshashlik va farq qiluvchi belgilar bor. Yer yuzidagi barcha o'simliklarning umumiy o'xshashlik belgilari avvalo ularning barchasi tirik organizm ekanligida ko'rinsa, so'ng ularning tanasi bitta yoki bir necha hujayradan tashkil topganligida ko'rinadi. Shunday qilib, barcha tirik organizmlar hozirgi vaqtda o'zining tashqi va ichki tuzilishi, turli sharoitda yashashi, o'sib ulg'ayishi, ko'payishi, tarqalishi va hoka'zolarga ko'ra bir-biridan farq qiladi va shunga ko'ra ular rivojlanishning (evolyutsiya) turli xil pog'onalaridan joy oladi. Hozirgi vaqtda barcha o'simliklarning ichki va tashqi tana tuzilishi, yashash sharoiti, ko'payishi, tarqalishi va boshqa shunra o'xshash belgilari hisobga olinib, ularning 500'00 turi mavjud ekanligi aniqlangan va ro'yxatga olingan. Suvo'tlar, bakteriyalar, shilimshiqlar, zamburug''lar, lishayniklar kabi gruppa o'simliklari juda sodda (ildizsiz, poyasiz, bargsiz) tuzilishga ega bo'lib, ularning tanasi tallom (qattona) yoki mitseliy deb ataladi. Bu xildagi o'simliklarga tuban o'simliklar deyiladi. Moxlar, plaunlar, bo'g'imlilar, paporotniklar, ochiq urug'lilar va yopiq urug'lilar (yoki gulli o'simliklar) - yuksak o'simliklar deb ataladi. Barcha yuksak o'simliklarning tanasi (ba'zi bir boshlang'ich yuksak o'simliklardan mustasno) ildiz, poya, barg kabi organlarga ega. Ular vegetativ (o'sishni ta'minlovchi) organlar hisoblanadi. Vegetativ organlardan tashqari ko'payish vazifasini o'taydigan organlar ham mavjud. Moxlar, paporotniklar, plaunlar, qirqbo'g'imlar kabi o'simliklar sporalar yordamida ko'payadi. Shuning uchun ham ular ba'zan sporali o'simliklar deb ham yuritiladi. Ochiq urug'li va yopiq urug'li o'simliklarda ko'payish vazifasini urug'dan tashqari vegetativ organlar (ildiz, ildizpoya, tuganak, piyoz, barg va h. k.) ham bajaradi. Yer yuzidagi barcha o'simliklar (tuban va yuksak o'simliklar) ovqatlanishga ko'ra uch gruppaga: avtotrof (mustaqil ovqatlanuvchi), geterotrof va simbioz organizmlarga bo'linadi. Avtotrof organizmlarga suvo'tlarining barchasi, moxlar, paporotniklar, plaunlar, bo'g'imlilar, ochiq va yopiq urug'li o'simliklar kiradi. Avtotrof ovqatlanuvchi organizmlar quyosh nuridan foydalangan holda havodagi karbonat angidrid (CO2) gazini qabul qiladi va o'z tanasidagi (yoki tallomidagi) bu gaz suv bilan birikadi. Murakkab ximiyaviy reaksiya sodir bo'lishi natijasida o'simlik tanasida (bargida, tallomida) organik modda hosil bo'ladi. Bu organik modda kraxmal shaklida to'planadi va keyinchalik o'simlik hayoti uchun zarur bo'lgan protsesslarda sarf bo'ladi. Bunday murakkab ximiyaviy protsess fotosintez deb nomlanadi. Fotosintez protsessi tuban o'simliklar hujayrasidagi xromatofor tarkibiga kiruvchi pigmentlar (xlorofill, karotin, fikotsian, fikoeritrin, fukosantin), yuksak o'simliklarda esa ularning barg hujayralaridagi xlorofill - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.08 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.08 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga