Tukli erva (pol-pola) - Aerva Lanata Juss. A. va Qovoq - Cucurbita Reja: Tukli erva Qovoq Tukli erva (pol-pola) - Aerva lanata juss. A. machindoshlar (tojixo'rozdoshlar) - Amagapthaseae oilasiga kiradi. Ko'p yillik, shoxlangan va bo'yi 55-70 sm ga etadigan o't o'simlik. Barglari lantsetsimon, ovalsimon yoki ellipssimon, tekis qirrali bo'lib, qisqa bandi yordamida poya va shoxlarda qarama-qarshi joylashgan. Gullari mayda, och yashil rangli bo'lib, qisqa boshoqsimon gulto'plamiga o'rnashgan. Urug'i yaltiroq, qora rangli. O'simlikning hamma qismi sertukli, kulrangda. Geografik tarqalishi. Hindiston, Filippin, Yangi Gvineya va boshqa Osiyo va Afrikaning tropik tumanlaridagi qumli erlarda, cho'llarda va butalar orasida o'sadi. O'zbekistonda tukli erva bir yillik o't o'simlik sifatida o'stiriladi. Mahsulot tayyorlash. O'simlik gullagan davrida yer ustki qismi o'rib olinadi va 3-4 sm qalinlikda soya yerda biror narsa (faner taxta, brezent, mato va boshqalar) ustiga yoyib quritiladi. Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Mahsulot poya, barglar va gul to'plamlaridan tashkil topgan. Barglari tuxumsimon yoki ellipssimon, tekis qirrali, o'tkir yoki to'mtoq uchli, uzunligi 2-3 sm gacha, eni 0,5-1,5 sm, sertukli. Gul to'plami sertukli, boshoqsimon. Gullari mayda, och yashil, gultevaragi 2-5 bo'lakli bo'lib, uchta guloldi bargchalari bilan o'ralgan. Barglari, poyasi va gulto'plamlari sertukli, kulrang-yashil, hidi - kuchsiz, yoqimli, achchiq mazali. Mahsulot namligi 7% dan, umumiy kuli 13% dan, xlorid kislotaning 10% li eritmasida erimaydigan kuli 8% dan, qoraygan qismlari 7% dan, organik aralashmalar 1,5% dan va mineral aralashmalar 1% dan ko'p hamda mahsulot tarkibidagi flavonoidlar yig'indisining miqdori rutin bo'yicha 0,5% dan kam bo'lmasligi lozim. Maydalangan mahsulot uchun 7 mm dan yirik bo'lgan bo'lakchalar 10% dan va teshigining diametri 1 mm li elakdan o'tadigan mayda qismlar 10% dan oshiq bo'lmasligi lozim. Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida flavonoidlar (asosan rutin), efir moyi va boshqa birikmalar bo'ladi. Ishlatilishi. Mahsulot siydik haydash va spazmolitik ta'sirga ega. Shuning uchun O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tukli erva damlamasini Respublika hududida tibbiyot amaliyotida spazmolitik va peshob haydovchi vosita sifatida ishlatishga ruxsat bergan. Dorivor preparatlari. Tukli erva yer ustki qismining damlamasi. Tukli Erva o'simligini o'stirish texnologiyasi Tukli Erva Afrika, Osiyo, Filippin va Yangi Gvineyaning tropik va subropik mamlakatlarida tabiiy sharoitda o'sadigan ko'p yillik begona o't. O'zbekistonda esa bir yillik o't o'simligi hisoblanadi. Undan xomashyo olish uchun barcha tuproqlarda ekish mumkin. Agar tukli ervadan urug' olinadigan bo'lsa bosh o'simliklarni albatta teplitsalarda sabzavotlarga o'xshatib issiqxonalarda o'stirib ko'chat qilib ham o'tkaziladi. O'simlikdan ko'chat etishtirish uchun mart oylarining boshlarida issiqxonalarda taxtaqutilarda 20-25 daraja haroratda urug' ekiladi. Urug' 1 m2 yerga 0,5 g sarflanib, 1-2 mm chuqurlikda qadaladi. Urug'lar unib chiqquncha tuproqning yuzasini nam ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.58 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.58 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:28 ]
Arxiv ichida: doc