Tupgullar va ularning tuzilishi Reja: o'simliklarni morfologik tavsiflash. Tupgullar haqida umumiy tushuncha. Usimlimlarni mormologik tavsiflish. Antekologik tadqiqotlar o'tkazishda kuzatilayotgan o'simlikka ekologo-morfologik tavsif berish takozo etiladi. o'simlikka ekologo-morfologik tavsif berilganda uning hayotiy shakli, areali, yoshi, ekologiyasi, biometrik (o'lchami soni) va morfologik (shakli, ko'rinishi, rangi) belgilari kayd etiladi. Uning qisqa yoki tulik bayon etilishi tadqiqotchi oldiga qo'yilgan vazifalariga karab belgilanadi. Ekologo-morfologik tavsif tuzilishi botanika kursida qo'llaniladigan morfologik tavsiflashga juda o'xshash bo'lib, undan yashash sharoitini keltirishni, ekologik omillarning ta'sirini kayd etishi, o'simlikning amaliy ahamiyati kursatilishi bilan farqlanadi. o'simlikka morfologik tavsif berishdagi malum qoidalar va ketma-ketlikka rioya kilinilishi ekologo-morfologik tavsiflashda xam saqlanadi: -Tavsif aniq va tushunarli bo'lishi kerak -Tavsiflashda maxsus botanik atamalardan foydalanish -Tavsiflashda keraksiz va qaytariladigan so'zlar ishlatilmaydi 2Tupgullar haqida umumiy tushuncha. Kamdan-kam o'simliklarda (namatak, kuknori, lola, peongul, magnoliya va bosh.) gullar yakka-yakka bo'lib joylashadi. Aksariyat o'simliklarda esa, gullar bir-birining yonida bir nechtadan tuplangan bo'ladi. Gul chikargan shoxlarda tipik vegetativ barglar bulmasdan, fakat koplagich barglar bilan gulyonbargchalargina bo'ladi, bunday shoxlar tupgullar deb ataladi. yopiq uro'g'li o'simliklarning tupgullar hosil qilishi evolyutsion jarayon natijasi bo'lib, o'simliklarning changlanish jarayonida bir kancha afzallik tomonlari mavjud: 1. Ozik moddalarni tejash maqsadida kichraygan gullarning bir tuda bo'lib joylashishi changlovchi xasharotlarga yakkol kurinadigan ixcham guruhlarga birlashishiga; Tupgullarda gullarning birin-ketin, navbat bilan, uzoq muddat gullashiga; Tupgullarda gullarning shamol yordamida chetdan changlani-shini osonlashtiradi. Tupgullarning shakli, kattaligi va gullarning soni har xil bo'lishi mumkin. Masalan, kyga (Turha) turkumining tupgulida 300 00 gul borligi aniqlangan. Korifa palmasi (Corypha umbraculifera) tupgulining uzunligi 10 metr, gullarning soni esa 6 mln gacha boradi. Tupgullar tuzilishi jihatidan o'simliklarning vegetativ kismidan bir kancha belgilari bilan farq qiladi. Novdalarning gullash davriga utishi, uning kuchli o'sishi va yangi shaklning paydo bo'lishi bilan birga boradi. Bu vaqtda uchki meristema boshlang'ich gulni hosil qilish bilan birga shaklini uzgartiradi, kuchli usadi va kismlargabulinadi. Tupgullar kurtaklarning harakatga kelib zzila boshlaganidan keyin yanada yaxshirok kurina boshlaydi. Kupchilik novdalar tupgullarining apikal meristemasi gulga aylanadi, bunday novdalar buyiga o'sishdan tuxtaydi. Gullab meva hosil qilib bo'lgandan keyin novdaning shu kismi ko'rib, uzilib tushadi. Tupgullarni hosil kilgan novdalarning kismiga, yani xar yili kurtakdan paydo bo'lib gullab, mevalagandan keyin kuriydigan novdaning kismini birlashgan tupgullar yoki sinflorestsensiya deyiladi. Sinflorestsensiyani hosil kilgan novdalar bir necha zonalarga bulinadi. Birinchi zonaga shunday novdalarning pastki kismi kirib tup barglarini kultigida o'simlikning yer ustki organlarini hosil qiluvchi kurtaklar joylashadi, bu zonani yangidan hosil qiluvchi zona deyiladi. Keyinchalik bu zona ut o'simliklarning ko'p yillik kismining tarkibiga kiradi. Undan yuqorirokdagi kismi kam rivojlangan shoxlanmagan zona deyiladi. Bu zonada barglar ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
451.18 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
451.18 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:28 ]
Arxiv ichida: doc