Tuproq gumusi, uning tarkibi va xossalari

Tuproq gumusi, uning tarkibi va xossalari

O'quvchilarga / Botanika
Tuproq gumusi, uning tarkibi va xossalari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. tuproq gumusining tarkibi va xossalari. 2. Turli tuproqlarda gumus miqdori, sifat tarkibi va unga ta'sir qiluvchi omillar. 1. tuproq gumusini o'rganish va tekshirish ishlari bundan 150 yildan ortik davrdan buyon olib borilib, ko'plab ilmiy asarlar yaratilishiga qaramasdan gumusning tabiati, ayrim tarkibiy qismlarining struktura formulasi, tuzilishi hamda tuproq chirindisining paydo bo'lish mexanizmi, tuproq xossalariga va o'simliklarga ta'siri haqida aniq tasavvurga ega emasmiz. Buning asosiy sababi gumus juda murakkab tarkibli organik modda bo'lib, uni toza holda ajratib olish qiyin. Chunki tuproqning mineral kismi organik moddalar bilan mustahkam birikkan bo'lib, gumus moddalarini ajratib olish usullari hozirgacha mukammal emas. Gumusning kimyoviy tarkibini o'rganishga doir dastlabki tadqiqotlar shved olimi Ya.Bertselius tomonidan olib borildi. U 1836 yilda tuproq chirindi moddalarini tekshirib kator o'ziga xos organik birikmalarini kren, apokren, gumin, ulmin kabi to'rtta gumus kislotalarini ajratdi. Bu kislotalarning tarkibi keyinchalik V.R.Vilyams va boshqa kator olimlar tomonidan batafsil o'rganildi. Rus olimlari I.V.Tyurin, M.M.Kononova, S.S.Dragunov, V.V.Ponomareva, L.N.Aleksandrova va boshqalarning ko'rsatishicha, gumusning tarkibi asosan quyidagi uch gruppa organik moddalardan iborat. 1. Ќali chirimagan o'simlik va hayvon koldiklari tarkibidagi dastlabki moddalar (oqsillar, uglevodlar, ligninlar, yoglar va boshqalar). 2. Gumusga aylanayotgan oralik mahsulotlar (aminokislota-oksikislota, fenol, monosaxarid kabilar). 3. Gumus moddalari, chirindining o'ziga xos asosiy spetsifik kismi bo'lib, barcha gumus tarkibining 85-90 foizini tashkil etadi. Gumusning o'ziga xos bo'lmagan kismi hisoblangan birinchi va ikkinchi gruppa organik moddalar gumusning 10-15 foizini tashkil etadi. Gumusning kimyoviy tarkibi qanday elementlardan iborat ekanligi aniklanib, chirindi hosil bo'ladigan o'simliklar koldiklari tarkibidan farq qiladi(13-jadval). Demak, gumus tarkibida o'simliklarga nisbatan uglerod va azot miqdori ko'payib, kislorod va vodorod aksincha kamayadi. Olingan ma'lumotlarga ko'ra hozirgi vaqtda gumus moddalari tarkibi: gumin kislotalari, fulvokislotalar va gumin (gidrolizlanmaydigan) moddalardan iborat. Bazan alohida gimatomelan kislotasi xam ajratiladi. Gumin kislotalari siklik tuzilishga ega bo'lgan azot saklaydigan yuqori molekulyar organik kislota bo'lib, suvda kam eriydi, mineral kislotalarda esa erimaydi. Gumin kislotalari ishkorlarda eriydi, ular eritmasi koramtir rangda bo'lib, to'k jigarrangdan koragacha o'zgarib turadi. Mineral kislotalarning vodorodi hamda ikki, uch valentli kationlar ta'sirida eritmadan cho'kmaga tushadi. Gumin kislotalarning element tarkibi uglerod (50-62), vodorod (2,8-6,6), kislorod (31-40) va azot (3-6) foizdan iborat. 13-jadval O'simlik va gumus tarkibidagi kimyoviy elementlar miqdori (foiz hisobida) Gumin kislotalarning elementlar tarkibi turli tuproqlarda bir xil emas (14-jadval). Kora tuproqlardagi gumin kislotada uglerod eng ko'p bo'lib, chimli podzol tuproqlarda vodorod ko'payadi. Bo'z tuproqlarda bu nisbatan azotning ko'pligi bilan farqlanadi (o'rtacha 4,7 foiz) va uglerod xam bu tuproqda ancha ko'p (61,9 foiz). Gumin kislotalari tarkibida kul elementlari 1-10 foiz atrofida o'zgarib, ular molekulalarining doimiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.01 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.01 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga