Reja: 1. tuproq havosi va uning holatlari. 2. tuproq havosining tarkibi. 3. O2 va SO2 ning tuproq jarayonlari va o'simliklar hayotidagi roli. 4. tuproqning nafas olishi. 1.tuproqning nam bo'lmagan bo'shliklarini egallab turuvchi turli gazlar va uchuvchi organik birikmalar aralashmasiga tuproq havosi deyiladi. tuproq havosi yoki gaz fazasi tuproqning muhim tarkibiy kismi bo'lib, uning qattiq, suyuk va tirik organizmlardan iborat qismlari bilan bevosita bog'liq hamda o'simliklarning hayotiy omillaridan biridir. tuproq havosi va uning tarkibi tuproqda kechadigan turli jarayonlarda aktiv ishtirok etadi. tuproq havosidagi kislorod oksidlanish reaksiyasi va organik moddalarning parchalanishida faol katnashadi. Kislorod ta'sirida ayrim kimyoviy elementlar (Fe, Mn) oksidlanib, qiyin eriydigan shaklga, ayrimlari esa (oltingugurt, vanadiy, xrom) tez eriydigan xolga o'tadi. Demak, kislorod bazi elementlarning harakati (migratsiyasi) ni tezlashtirib, boshqalarni sekinlashtiradi. Organik moddalarning oksidlanishi natijasida tuproqdagi uglerod, azot, fosfor, oltingugurt kabi biologik muhim kimyoviy elementlarning aylanishi yuzaga keladi. tuproq havosi fotosintez jarayonida o'simliklar foydalanadigan karbonat angidrid gazining manbai xam hisoblanadi. Ќosil yaratish uchun sarflanadigan jami SO2 miqdorining 38-72 foizini o'simlik tuproqdan oladi. tuproqdagi havo shuningdek, tuganak va azot to'plovchi bakteriyalarni azot bilan ta'minlaydi. Ќavo tarkibidagi suv bugi tuproqning yillik va sutkalik suv balansida katta ahamiyatga molik. tuproq havosi tuproqda erkin, adsorbirlangan va erigan holatda bo'ladi. Erkin tuproq havosi tuproqning nokapillyar va kapillyar bo'shliklarida saqlangan bo'lib, erkin harakatlanadi hamda atmosfera havosi bilan almashib turadi. Amalda ko'pincha suv bilan to'lmagan nokapillyar govakliklardagi havo, tuproq aeratsiyasida alohida ahamiyatga ega. Kumok va soz tuproqlar namlanganda, undagi suv erkin havoning tuproq bo'shliklaridagi yaxlitligini buzadi. Bunday havo sikilgan havo deyiladi va bu havoning aeratsiya uchun ahamiyati juda kam. A d s o r b i r l a n g a n t u p r o k x a v o s i - tuproq qattiq kismi yuzasida yutilgan gazlardan iborat. Ogir mexanik tarkibli va gumusga boy tuproqlarda gazlar adsorbtsiyasi yuqori bo'ladi. Gazlar, molekulalarining tuzilishiga ko'ra tuproqda quyidagi tartibda adsorbirlanadi: N2 O2 CO2 NH3 E r i g a n sh a k l d a g i t u p r o k x a v o s i - tuproq suvida erigan gazlar hisoblanadi. Ammiak, vodorod sulfidi va karbonat angidridi suvda yaxshi eriydi. Kislorodning eruvchanligi uncha yuqori emas. Suvda erigan gazlar yuqori aktivlikka ega. tuproq eritmasi SO2 bilan to'yinganda karbonatlar, gips va boshqa mineral birikmalarning eruvchanligi oshadi. Erigan kislorod hisobiga tuproq eritmasining oksidlash xususiyati saqlanib turadi. tuproqning harorati va undagi kimyoviy jarayonlarning faolligiga ko'ra tuproq eritmasidagi kislorod miqdori O dan ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.67 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.67 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:28 ]
Arxiv ichida: doc