Reja: tuproq hosil bo'lishida ishtirok etadigan tirik organizmlar gruppalari. tuproq hosil bo'lishida yashil o'simliklarning roli. Mikroorganizmlar va ularning tuproq paydo bo'lishidagi roli. tuproqdagi sharoitlar va agrotexnika tadbirlarining mikrobiologik jarayonlar jadalligiga ta'siri. Mikroorganizmlarning organik va mineral birikmalarning o'zgarishi hamda biologik aylanishdagi roli. tuproqdagi jonivorlarning ahamiyati. 1. tuproqda yashaydigan ko'p sonli va murakkab mavjudot (jonzot)larsiz tuproqning paydo bo'lishi mumkin emas, tuproq koplamisiz esa Yer biosferasi yagona yaxlit planeta kobigi tarzida rivojlanmaydi. Planetamiz tuproq koplami o'simliklar hayotini ta'minlaydi va ularning nobud bo'lgan koldiklarini qayta ishlovchi (chirituvchi) fabrika bo'lib xizmat qiladi. Ikkinchi tomondan tirik mavjudotlar tuproqni yaratadi. Bizning planetamizdagi hayotni ikkita asosiy jarayon saklab turadi-fotosintez tufayli yangi organik moddalarning yaratilishi va ularning keyinchalik bosqichma-bosqich parchalanishi. Birinchisi asosan yuqori o'simliklar, ikkinchisi esa tuproqdagi mikroorganizmlar tomonidan amalga oshiriladi. tuproqning paydo bo'lishi, unumdorligi va uning hayotida murakkab biotsenozni tashkil etuvchi uch gruppa organizmlarning roli nixoyatda katta. ayniqsa bu organizmlar orasida yashil o'simliklar, xlorofilsiz kuyi organizmlar va son-sanoqsiz jonivorlarning ahamiyati bekiyos. Bu uch gruppa organizmlarning birgalikdagi faoliyati natijasida tog jinslari tuproqka aylanib, unumdorlik xossasi yuzaga keladi. Tirik organizmlarning o'zaro ta'siri hamda hayot faoliyati natijasida organik moddalarning sintezi va parchalanishi, biologik muhim elementlarning tuproqda tanlanib to'planishi, tuproq minerallarining parchalanishi va yangi yaralmalarning hosil bo'lishi, tuproq paydo bo'lishi jarayonida hosil bo'ladigan turli moddalarning harakati va yerda yigila boshlashi kabi tuproq paydo bo'lishining asosiy bosqichlarini belgilaydigan kator jarayonlar ro'y beradi. 2. Yashil o'simliklar tuproqni xar yili ko'plab organik moddalar bilan ta'minlab turadi, ular tarkibida o'simliklar hayoti uchun zarur ozik kul elementlari hamda quyosh energiyasi to'plangan bo'ladi. Yashil o'simliklar atmosferadan SO2, quyosh energiyasi, tuproqdan suv va mineral birikmalarni o'zlashtirib sintezlashi tufayli kuruklikda xar yili 5·3·1010t biomassa hosil bo'ladi. Bu biomassaning bir kismi ildiz va yer usti koldiklari sifatida xar yili tuproqka kaytib tushadi. Organik koldiklar tarkibidagi 1 g uglerod tarkibida energiya miqdori 9,33 kkal.ni tashkil etadi. Agar gektariga 10 t o'simlik kolidiklari to'planadigan bo'lsa, ulardagi quyosh energiyasi miqdori 9,33·107kkal.ga barobar. Bu katta energiya rezervi tuproq paydo bo'lish jarayonlariga sarflanadi. Shunday qilib yashil o'simliklar tuproqdagi organik moddalarning yagona birlamchi manbai hisoblanadi. Ularning tuproq paydo qiluvchilar sifatidagi asosiy funksiyasi - moddalarning biologik aylanishi deb hisoblash mumkin, yani tuproqdan ozika elementlari va suvning o'simliklarga o'tishi, organik moddalar sintezi va vegetatsiya davri tugagach ularning yana tuproqka kaytishi. Biologik aylanish tufayli - tuproqning ustki kismida potentsial energiya va o'simliklar uchun ozika azot va kul elementlarining to'planishi va shu tufayli tuproq profili shakllanishi hamda tuproqning asosiy xossasi - unumdorlikning rivojlanishi sodir bo'ladi. Yashil o'simliklar tuproqdagi minerallarning parchalanishi, o'zgarishi ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.99 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.99 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:28 ]
Arxiv ichida: doc