Reja: 1. tuproq kolloidlari, uning paydo bo'lishi va tarkibi. 2. tuproq kolloidlarining tuzilishi. 3. tuproq kolloidlarining holatlari. 1. tuproq paydo bo'lish jarayonlari natijasida turli tog jinslari, minerallar va organik moddalarning to'xtovsiz maydalanishi va parchalanishi yuzaga keladi, hamda tuproq tarkibida zarralar aralashmasi- dispers sistema hosil bo'ladi. Dispers sistemadagi o'lchami 0,2 dan 0,001 μ (mikron) gacha bo'lgan zarrachalarga tuproq kolloidlari deyiladi. Ularning miqdori har xil bo'lib, tuproq massasiga nisbatan 1-2 dan 30-40 foizgacha o'zgarib turadi tuproq kolloidlari xam boshqa barcha kolloidlar singari xossalarga ega bo'lsa-da, ayrim xususiyatlari jumladan, ularni tashkil etuvchi moddalarning sifat tarkibi bilan farq qiladi. Odatda zarrachalar o'lchami 1 mikrondan kichik bo'lganda kolloid xossasi ro'y beradi. Shuning uchun kolloidlarga kadarli fraksiyalar (1-0,2μ) xam ajratiladi. Kolloidlar xossasiga ega bo'lgan barcha zarrachalar yig'indisiga t u p r o k n i n g k o l l o i d k o m p l e k s i yoki K.K.Gedroyts bo'yicha t u p r o k n i n g s i n g d i r i sh k o m p l e k s i (TSK) deyiladi. tuproqning singdirish kompleksi jumladan kolloidlar tuproqda kechadigan moddalarning singdirishi va almashinishi kabi jarayonlarida bevosita ishtirok etadi. tuproqning turli qattiq, suyuk va gazsimon moddalarni o'zida singdirishi yoki kolloidlar yuzasida ular kontsentratsiyasini oshirish xossasiga t u p r o k n i n g s i n g d i r i sh k o b i l i ya t i deyiladi. tuproqning eritmadan bazi moddalarni o'zida singdirib qolish qobiliyati uzoq o'tmishdan malum. Yunon olimi Aristotel (eramizgacha 384-322 y) va XVI asrda Bekon Berberi sho'r suvni tuproq qatlamlari orqali o'tkazib, chuchuk suv olish tajribalarini o'tkazadi. Angliyalik olimlar Tompson va Spens 1845 yilda dastlabki laboratoriya tadqiqotlarida tuproqda almashinish qobiliyatiga ega bo'lgan asoslar borligi ko'rsatib o'tildi. Angliyalik olim D.T.Uey tuproq eritmadagi birikmalarni tuz xolida emas, balki tuzlarning asoslarinigina singdiradi; tuproq bilan eritma orasidagi almashinish reaksiyasi juda tez-darxol va ekvivalent miqdorida bo'ladi. Agar eritmada erkin xoldagi ishkorlar (NaOH, KOH kabi) bo'lsa, ular tuproqda to'lik singdiriladi (adsorbilanadi) degan xulosalarga keldi. V.V.Dokuchaev, P.A.Kostichev, A.N.Sabaninlar o'z tadqiqotlarida tuproqning singdirish qobiliyatini o'rganishga alohida etibor berdilar. ayniqsa tuproq kolloidlari va singdirish qobiliyatini o'rganish borasida jahon mikyosidagi yangiliklar bilan boyitgan olim K.K.Gedroytsning xizmatlari alohida ahamiyatga ega. Ko'p yillik ilmiy-tadqiqod ishlarining natijalari akademik K.K.Gedroytsning «tuproqning singdirish kobilyati haqida ta'limot» (1922) asarida bosilib chikdi. tuproqning singdirish qobiliyati haqidagi ta'limotni keyinchalik yanada rivojlanishida G.Vigner, S.Matson, Ye.N.Gapon (20-30 yillarda) va so'ngra A.N.Sokolovskiy, N.P.Remezev, A.f.Tyo'lin, ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
69.83 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
69.83 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:28 ]
Arxiv ichida: doc