Reja: 1. tuproqdagi organik moddalarning manbai, miqdori va tarkibi. 2. Organik va kimyoviy birikmalarning tuproqda parchalanishi. 3. tuproqda gumus (spetsifik organik moddalar) ning hosil bo'lishi va u haqidagi asosiy nazariyalar. 4. tuproq paydo bo'lishi sharoitining gumus hosil bo'lishiga ta'siri. 1. tuproqning organik kismi turli xildagi va tarkibdagi organik moddalardan tashkil topgan. Bu organik moddalar o'simliklar, jonivorlar va mikroorganizmlarning har xil darajada chirigan koldiklaridan hamda tuproqning o'ziga xos moddasi - gumus yig'indisidan iborat. Gumus murakkab kimyoviy tarkibli azot saklovchi yuqori molekulyar modda kompleksi bo'lib, odatda koramtir tusli va tuproqka tekis singib ketgan hamda mineral kismi bilan juda mustahkam birikkan holatdadir. tuproqning organik moddalari tarkibida doim turli organizmlarning tirik hujayralari va tuproq faunasi (jonivorlari) xam ishtirok etadi. tuproqlar organik kismining tarkibi taxminan quyidagi nisbatda: gumus 85 foiz, o'simlik koldiklari 10 foiz, tuproq florasi va faunasi (tirik zamburug'lar, suv o'tlari, bakteriya va aktinomitsetlar, yomgir chuvalchanglari kabilar) 5 foiz chamasida bo'ladi (14-rasm). 1414 - rasm.tuproq organik kismining tarkibi. tuproqning yuzasi va butun profilida to'planadigan barcha o'simlik va hayvon koldiklari organik moddalarning potentsial manbai hisoblanadi hamda tuproq paydo bo'lish jarayonlarida aktiv katnashadi. tuproqdagi biomassa zaxirasi, uning strukturasi, dinamikasi va tarkibi turli tabiiy zonalarda bir xil emas. ayniqsa yashil o'simliklar eng ko'p biomassa to'plash imkoniyatiga ega. Ularning xar yili to'playdigan biomassasi umurtkasiz hayvonlar va mikroorganizmlarga nisbatan o'nlab yuzlab marotaba, umurtkali hayvonlarga nisbatan esa bir necha ming marotaba ko'p. Shuning uchun xam tuproqdagi organik moddalarning asosiy kismi yashil o'simliklarning yer yuzasiga tushadigan koldiklari va ildizlari hisobiga bo'ladi (15-rasm). 15- rasm. O'simliklar koldiklari va ildizlari. Ammo jonivorlar va mikroorganizmlar koldiklarining tarkibida oqsil moddalarning ko'p bo'lishi, tuproqda azotga boy organik moddalarning to'planishida muhim rol o'ynaydi. Turli o'simliklar formatsiyasi koldiradigan, xar yili to'planadigan organik modda (biomassasi) bir xil emas va gektariga o'rtacha 3,4-13,7 tonnani, nam subtropik o'rmonlarida esa xatto 30-35 tonnani tashkil etadi. Turli tabiiy tuproq zonalarida quyidagi o'simliklarning koldiklari to'planishi mumkin. Tundra zonasida fitomassa zaxirasi 150 dan 2500 gm2 gacha, o'rmon-tayga zonasining yuqori bonitetli o'rmonlarida fitomassa miqdori 25-40 ming gm2 gacha ko'payadi. Dasht zonasi o'tsimon o'simliklar o'rmonlarga nisbatan kamrok biomassa (1200-2500 gm2) to'playdi, ammo ildiz massasi 3-6 marta ko'p bo'ladi. Cho'l zonasida fitomassa zaxirasi keskin kamayadi, ammo ildiz massasi ko'payadi va yer yuzasidagi organik moddalar hamda ildiz massasining nisbati 1:8-1:9 ga barobardir. tuproqning biologik aktivligi ancha past bo'lsa-da, nam etarli bo'lgan bahor vaqtlarida kuchayadi. tuproqda to'planadigan organik koldiklarning kimyoviy tarkibi ko'pincha nobud bo'lgan organizmlarning turlariga bog'liq. (12-jadval) . 12- jadval yuqori va tuban organizmlarning kimyoviy tarkibi kuruk moddaga nisbatan ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
147.98 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
147.98 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:28 ]
Arxiv ichida: doc