Tuproq paydo bo'lish jarayonining umumiy sxemasi

Tuproq paydo bo'lish jarayonining umumiy sxemasi

O'quvchilarga / Botanika
Tuproq paydo bo'lish jarayonining umumiy sxemasi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. tuproq paydo bo'lish jarayonining umumiy sxemasi. 2. Tabiatda moddalarning katta geologik va kichik biologik aylanishi. 3. Biogen moddalar (C, N, Ca, P, K) ning tuproqda hosil bo'lishi, o'zgarishi va aylanishi. 4. tuproq paydo bo'lish energetikasi. 1. tuproq tog jinslaridan paydo bo'lgan. Ammo tuproq o'zining bir kancha xususiyatlari, ayniqsa unumdorligi, yani o'simliklarni suv, havo va ozik moddalari hamda boshqa hayot omillari bilan tamin etish xususiyati bilan tog jinslaridan keskin farq qiladi. O'ziga xos ana shu xususiyatlarga ega bo'lgan tabiiy jins hisoblangan tuproqning paydo bo'lishida nurash va tuproq paydo bo'lish jarayonlari o'zaro munosabati natijasida kechadigan jarayonlar katta ahamiyat kasb etadi. tuproq paydo bo'lish jarayonlari haqidagi umumiy nazariy tushunchalar - V.V.Dokuchaev, P.A.Kostichev, N.M.Sibertsev, V.R.Vilyams, P.S.Kossovich, K.D.Glinka, G.Ienni, F.Dyushofur va boshqa mashxur olimlar ilmiy faoliyati tufayli shakllangan. tuproq paydo bo'lish jarayoni haqidagi ta'limotning hozirgi zamon da rivojlanishida I.P.Gerasimov, V.A.Kovda, B.P.Polinov, I.V.Tyurin, A.A.Rode, S.P.Yarkov va boshqa tadqiqotchilarning xizmatlari nixoyatda katta rol o'ynaydi. tuproq paydo bo'lishi nixoyatda murakkab biofizik-kimyoviy jarayondir. A.A.Rodening ko'rsatishicha, tuproq paydo bo'lish jarayoni deb moddalar va energiyaning tuproq qatlamida o'zgarishi va harakati singari hodisalar yig'indisiga aytiladi. tuproq paydo bo'lish jarayon yoki tuproq paydo bo'lishi- bu yer yuzasini tashkil etuvchi tog jinslaridan tuproq paydo bo'lishi, tuproq paydo bo'lish omillari kompleksi ta'sirida Yerning tabiiy yoki antropogen ekosistemalarida rivojlanishi, funksiyasini bajarishi va olyutsiyasidagi murakkab tabiiy jarayonlardir. tuproq paydo bo'lishi yaxlit koya tog jinslarida yoki ularning suv, muz, shamol, gravitatsion (bir-birini tortish xususiyati) ta'sirida nurashi va qayta yotkizilishidan hosil bo'lgan mahsulotlari ustida tirik organizmlarning paydo bo'lishi paytidan boshlanadi. Birlamchi tuproq paydo bo'lish jarayoni jarayonning birinchi davrlarida koya tog jinslari, magmatik yoki cho'kindi tog jinslarida, aslini olganda nurash jarayoni bilan birgalikda sodir bo'ladi va zich koya jinsda shakllanayotgan tuproq moddiy jihatdan nurash po'sti bilan birgalikda vujudga keladi. Keyinchalik yer yuzasi rivojlanishining ko'prok etilgan bosqichlarida nurash va tuproq paydo bo'lish jarayonlari makon va vaqt ichida bir-biridan ajraladi, tuproq esa fakatgina tog jinslari nurash po'stining eng ustki zonasida, ko'pincha u hosil bo'lganidan va qayta yotkizilganidan keyingina shakllanadi. Bunda, shuni takidlash lozimki, Yerning uzoq geologik o'tmishidagi yer yuzasi rivojlanishining abiotik davrida nurash jarayoni tuproq paydo bo'lish jarayonisiz sodir bo'lgan va yer yuzasida fakat nurash po'sti mavjud bo'lgan, tuproq esa bo'lmagan. Nurash va tuproq paydo bo'lish jarayonlarini va shunga binoan nurash po'sti va tuproqni turli xildagi tabiiy jism sifatida bir-biridan ajratish jiddiy ahamiyatga ega. Binobarin nurash va tuproq paydo bo'lish omillari (agentlari va sharoitlari) bir-biriga o'xshash va ushbu jarayonlar bir xildagi yer yuzasidagi termodinamik sharoitlarida sodir bo'lishi, ularning mos ravishda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 133.99 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 133.99 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga