Tuproqdagi mikroelementlar va tuproqning radioaktivligi

Tuproqdagi mikroelementlar va tuproqning radioaktivligi

O'quvchilarga / Botanika
Tuproqdagi mikroelementlar va tuproqning radioaktivligi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. tuproqdagi mikroelementlar turlari va ahamiyati. 2. O'simlik va hayvonot organizmlari hayoti uchun zarur bo'lgan mikroelementlar (Cu, Zn, B, Mo, Mn, Co, I), ularning miqdori va ahamiyati. 3. tuproqning radioaktivligi, uning turlari va zararini kamaytirish usullari. 1. tuproqdagi o'simliklar va hayvon organizmi uchun nixoyatda oz miqdorda zarur bo'lgan kator kimyoviy elementlar borki, ular mikroelementlar deyiladi. Mikroelementlar jumlasiga bor (V), marganets (Mn), molibden (Mo), mis (Cu), rux (Zn), kobalt (Co), yod (J), ftor (F) singarilar kiradi. Bulardan ayrimlarinigina biologik roli yaxshi o'rganilgan. Mikroelementlar o'simliklar va hayvonlar hayotida muhim fiziologik hamda biokimyoviy ahamiyatga ega. Ular kator fermentlar, gormonlar va vita'minlar tarkibiga kiradi. Mikroelementlarning tuproqda etarli bo'lmasligi yoki miqdorining oshib ketishi organizmlarda kechadigan biologik jarayonlarga salbiy ta'sir etadi va turli kasalliklarga sabab bo'ladi. O'simliklar hosili pasayib mahsulotlar sifati kamayadi. Ќozirgi vaqtda tuproqda mikroelementlar miqdori, ularning birikish shakllari, tirik organizmlar hayotidagi rolini o'rganish hamda tuproqdagi miqdori va rejimini tartibga solish tadbirlari sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borilmokda. V.V.Kovalskiy tomonidan tuproqlardagi mikroelementlar miqdorini ko'rsatuvchi biogeokimyoviy provinsiyalar karta sxemasi tuzib chiqilgan. O'zbekistonning chorvachilik yaylovlari uchun yaratilgan ana shunday karta-sxemalar katta amaliy ahamiyatga ega bo'lmokda. (M.A.Rish, Sh.N.Nazarov). 2. tuproqdagi mikroelementlar miqdori asosan birlamchi minerallar, kisman gil minerallar va organik moddalar tarkibiga bog'liq va litosferadagidan farq qiladi. Kuyida o'simlik va hayvonot organizmlari hayoti uchun zarur bo'lgan va yaxshi o'rganilgan ayrim mikroelementlar haqida to'xtab o'tamiz. Mis (Cu). tuproqdagi misning o'rtacha miqdori 0,02 foizni tashkil etib asosan tuproqning gumusli gorizontlarida organik-mineral kompleks shaklida va singdirilgan holatda bo'ladi. Misning bir kismi birlamchi va ikkilamchi minerallar tarkibiga kiradi. tuproq kislotaliligining ko'tarilishi bilan misning harakatchanligi xam oshadi. Neytral va ishkorli tuproqlarda ko'pincha o'simliklar uchun mis etarli bo'lmaydi. tuproqdagi mis ona jins tarkibiga bog'liq. Jumladan, Zarafshon vodiysidagi kuzatishlarga ko'ra slanetslarning govak jinslarida granitga nisbatan mis 2-3 barobar ko'pligi kuzatilgan. (Ye.K.Kruglova, 1981). +Mis muhim biologik ahamiyatga ega bo'lib, turli oksidlovchi fermentlar tarkibiga kiradi, va oqsil moddalarning almashinuviga ijobiy ta'sir etadi. tuproqda mis etishmaganda o'simliklarda oqsillar sintezi pasayadi va hosili ancha kamayadi. O'zbekiston Fanlar akademiyasi tuproqshunoslik va agrokimyo instituti xodimlarining tadqiqotlari Fargona vodiysi va Mirzacho'lning sugoriladigan yerlari tuprogida o'simliklarning o'zlashtirishi uchun kulay bo'lgan mis birikmalari juda kamligini ko'rsatadi. Bunday erlarda misli o'gitlar ko'llanilganda paxta hosili 2,5-4 tsga oshgan. Ќozirgi vaqtda Olmalik kimyo zavodida tarkibida mis bo'lgan ammofos olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Rux (Zn) tuproqning gumusli gorizontida ko'prok to'planadi va organik moddalar bilan murakkab birikmalar hosil qiladi. Shuningdek rux tuproq kolloidlarida singdirilgan holda va turli minerallar tarkibida uchraydi. Rux miqdori tuproqda o'rtacha 0,005 foizni tashkil etadi. Rux ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.15 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.15 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga