Tuproqning fizikaviy xossalari

Tuproqning fizikaviy xossalari

O'quvchilarga / Botanika
Tuproqning fizikaviy xossalari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. tuproqning umumiy fizikaviy xossalari. 2. tuproq qattiq fazasining zichligi. 3. tuproqning zichligi. 1. tuproqning mexanik tarkibi va struktura holati bilan bevosita bog'liq bo'lgan fizikaviy xossalari hamda unda kechadigan fizikaviy jarayonlar tuproqning suv, havo va issiqlik rejimlari, shuningdek o'simliklarning o'sib rivojlanishida juda katta ahamiyatga ega. tuproqning fizikaviy xossalariga, uning strukturasi, suv, havo, issiqlik, umumiy fizik-mexanikaviy xossalari kiradi. tuproqning fizikaviy xossalari ko'plab omillarga, jumladan, tuproqning qattiq, suyuk, gazsimon kismi va tirik fazalari tarkibi, ular nisbati va o'zaro ta'siri hamda dinamikasi singarilar bilan bevosita bog'liqdir. tuproqning paydo bo'lish jarayonlarida, unumdorligi va o'simliklar hayotida fizikaviy xossalarning roli, ahamiyati ko'plab olimlar tomonidan o'rganilib, amaliy xulosalar qilingan. tuproq fizik xossalariga doir tadqiqotlar P.A.Kostichev. V.R.Vilyams, A.G.Doyarenko, N.A.Kachinskiy, I.N.Antipov-Karataev, S.V.Astapov, A.V.Lebedev, P.V.Vershinin, A.F.Tyo'lin, A.A.Rode, S.I.Dolgov, I.B.Revut, S.N.Rijov, M.U.Umarov, L. Tursunov, I.Turapov va boshqa olimlar nomi bilan bog'liq. Umumiy fizikaviy xossalariga tuproqning zichligi, qattiq fazasining zichligi va govakligi singarilar kiradi. 2. tuproq qattiq fazasining zichligi (solishtirma massasi) - malum xajmdagi tuproq qattiq kismining 4 0S da, shuncha xajmdagi suvga bo'lgan nisbati hisoblanadi va gsm3 bilan ifodalanadi. qattiq fazasining zichligi tuproq tarkibidagi organik moddalar miqdoriga va mineral kismi komponentlari (tarkibiy qismlari) ning nisbatiga bog'liq. tuproq qattiq fazasidagi organik moddalar (o'simliklarning koldiklari, torf, gumus) ning qattiq fazasi zichligi 0,2-0,5 dan 1,0-1,4 gsm3 gacha, mineral birikmalardan iborat kismida esa 2,1-2,5 dan 4,0-5,18 gsm3 gacha o'zgaradi. Bu ko'rsatkich tuproqdagi birlamchi va ikkilamchi minerallarning tarkibi va solishtirma massasiga bog'liq. Masalan, dolomitning solishtirma massasi 2,8-2,99, limonitniki 3,50-4,0, gematitda 4,9-5,3, montmorillonitniki 2,0-2,20 gsm3 ni tashkil etadi. Ko'pchilik tuproqlarning mineralli gorizontlarida qattiq fazasining zichligi 2,4-2,65 gsm3 oraligida bo'lib, torfli katlamlarda 1,4-1,8 gsm3 ni tashkil etadi. (23-jadval). tuproqning solishtirma massasiga doir ma'lumotlar tuproq qatlamlari tuzilishini o'rganishda va tuproqning umumiy govakligini hisoblab chiqarishda foydalaniladi. 3. Tabiiy holati saqlangan holda olingan, malum xajmdagi tuproq massasiga uning zichligi yoki xajmiy massasi deyiladi. Bu ko'rsatkich xam kuruk tuproqka nisbatan gsm3 bilan ifodalanadi. Zichlik tuproqning mineralogik va mexanik tarkibiga, struktura holatiga va organik moddalar miqdoriga bog'liq (23-jadval). Bundan tashqari, zichlikka tuproqga ishlov berish jarayoni va qishloq xo'jalik texnikasining ta'siri xam katta. Yer bevosita ishlangandan keyin, u eng govak holda bo'lib, keyinchalik asta-sekin zichlashib boradi va malum vaqtdan keyin (kelgusi xaydovga kadarli) zichligi kam o'zgaradigan holatga keladi. Ammo malum chuqurlikka qadar ishlov beriladigan maydonlarda, xaydalma ostki qatlamning yildan-yilga zichlashib borishi kuzatiladi(bunda Plug tovon qatlami yuzaga keladi). Chirindiga boy, strukturali va etilgan holda ishlov berilgan erlarda zichlik kam bo'ladi. Zichlik tuproqning suv-havo xossalari va undagi biologik jarayonlarning borishida hamda o'simliklar uchun zarur ozik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 55.07 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 55.07 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga