Reja: 1. tuproqning fizik-mexanik xossalarining turlari. 2. tuproqning fizik etilganligi. 3. Sugorish davrida tuproq fizik-mexanik xossalarining o'zgarishi. 4. tuproqning fizikaviy va fizik-mexanik xossalarini boshqarish. 1. tuproqning fizik-mexanik xossalariga plastikligi, yopishkokligi, ko'pchishi va cho'qishi, ilashimligi, qattiqligi, solishtirma qarshiligi va fizikaviy etilishi singarilar kiradi. Fizik-mexanik xossalari tuproqning texnologik xususiyatlarini baholashda, yani erlarni ishlashning turli sharoitlarini aniklashda, ekish va yigib-terib olish agregatlari - mashinalarning ishlash holatlarini o'rganishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, bu xossasi uruglarning unib chiqishi, o'simlik ildizlarining tuproqda tarqalish holatini va o'simliklarning o'sib rivojlanish sharoitlarini aniklashda katta rol o'ynaydi. tuproqning plastikligi. Nam tuproqning xar qanday tashqi kuchlar ta'sirida o'z yaxlitligini buzmagan holda shaklini o'zgartirishi va buni mexanik kuchlardan keyin xam saklab qolish xususiyatiga tuproqning plastikligi deyiladi. Plastiklik odatda nam xoldagi soz, kumok tuproqlar va kisman kumlok tuproqlar uchun xarakterli. Kuruk tuproq plastiklikka ega emas. yuqori namlik bo'lganda xam tuproq okadigan xolga keladi va plastikligini yo'kotadi. tuproq tarkibida gilli minerallar, jumladan, montmorillonitning ko'p saqlanishi, uning plastiklik xossasini oshiradi. tuproq namligiga ko'ra (Atterberg bo'yicha) plastiklikning quyidagi konstantalari ajratiladi: 1. P l a s t i k l i k n i n g yu k o r i ch e g a r a s i - shunday namlik hisoblanadiki, unda standart (76 g) konussimon metall moslama o'z ogirligi bilan tuproq orqali 10 sm chuqurlikkacha kirib boradi. 2. P l a s t i k l i k n i n g k u y i ch e g a r a s i - tuproq namunasini 3 mm ga kadarli ip xolida eshilganda, unda ajralib ketishlar ro'y bermaydigan holatdagi namlikdir. 3. P l a s t i k l i k s o n i (miqdori) - plastiklikning yuqori chegarasi bilan kuyi chegarasi o'rtasidagi farq hisoblanadi. Bu farq kanchalik yuqori bo'lsa, tuproq va gruntning plastikligi xam shuncha kattadir. Jumladan, soz tuproqlarning eng yuqori plastiklik soni (17) ga ega, bu ko'rsatkich kumoklarda 7-17; kumlokda ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
440.33 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
440.33 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:28 ]
Arxiv ichida: doc