Reja: 1. tuproqning gumusli holati va tuproq profilida gumusning tarqalishi. 2. tuproqdagi organik moddalar gruppalarining funksiyalari. 3. Gumusning tuproq paydo bo'lishidagi, ekologik va unumdorligidagi roli. 4. tuproqdagi gumus miqdorini ko'paytirish usullari. 1. tuproqning gumusli holati deganda organik moddalarning morfologik belgilari, umumiy zaxirasi, xossalari va uning hosil bo'lishi, o'zgarishi hamda tuproq profili bo'ylab harakati (migratsiyasi) kabi jarayonlarning yig'indisi tushuniladi. tuproqning gumusli holatini belgilovchi asosiy ko'rsatkichlar sistemasi L.A.Grishina va D.S.Orlov (1977) tomonidan tavsiya etilgan. Bu sistemada tuproqning gumusli holatini ko'rsatuvchi kator belgilar jumladan, organik moddalar miqdori va zaxirasi, uning tuproq qatlami bo'ylab tarqalishi, azot bilan boyiganligi, gumus hosil qilish darajasi, gumus kislotalarining tiplari va ularning alohida belgilari etiborga olingan. Turli tuproqlarda gumusli holat bir xil emas, masalan, tundra tuproqlari organik moddalarning kam gumusga aylanishi, gumus zaxirasining o'rtacha bo'lishi va profil bo'ylab keskin kamayib borishi, gumusning gumat-fulvat tipda bo'lishi va azotni kam saqlash i kabi xususiyatlar bilan xarakterlanadi. Podzol tuproqlarning gumusli holati o'ziga xos bo'lib, bunda kalin o'rmon to'shamasining bo'lishi, gumus miqdori va zaxirasining juda kamligi, organik moddalarning o'rtacha darajada gumus hosil bo'lganligi va azot bilan o'rtacha boyiganligi, gumusining fulvat va gumat-fulvat tipdaligi, erkin gumus kislotalarning ko'pligi, kaltsiy bilan birikkan mexanik fraksiyalarning kam bo'lishi kabi ko'rsatkichlar xarakterli. Madaniylashgan podzol va chimli podzol tuproqlarning xaydalma qatlamida gumus miqdori va zaxirasi ko'payadi, azot bilan boyishi ancha oshadi, gumus tuproq profili bo'ylab asta-sekin o'zgarib boradi, gumus tarkibida gumin kislotalari ko'payib, fulvat-gumatli tipga o'tadi. Ќaydalma kora tuproqlarning gumusli holati organik moddalarning ko'pligi va gumus zaxirasining yuqori bo'lishi va profil bo'ylab asta-sekin kamayib borishi, azot bilan o'rtacha boyiganligi, gumus hosil qilish darajasining juda yuqori ekanligi, fulvat-gumatli va gumat tipdagi gumusi, erkin gumin kislotalarning kamligi va kaltsiy bilan birikkan kismining ko'pligi bilan xarakterlanib, tuproq nafas olish darajasining yuqori ekanligi muhim ko'rsatkichlardan hisoblanadi. Gumus gorizontining kalinligi kora tuproqlarda 1-1,5 metrdan kam emas, Ukraina va Kuban kora tuproqlarida 2 m dan oshadi. Kora tuproqlardan Janub va Shimol tomonga karab gumus miqdori kamayib boradi. Bo'z tuproqlarda gumus miqdori juda kam, profil bo'ylab keskin kamayib boradi, gumusli qatlam kalinligi 30-40 sm atrofida bo'ladi. Bu zonadagi tuproqlar tarkibidagi organik moddalari yuqori gumus hosil qilishi, azot bilan juda boyiganligi va fulvat-gumatli tarkibidagi gumusi bilan xarakterlanadi. tuproq gumusli holatining asosiy ko'rsatkichi, uning yuqori gorizontlaridagi organik moddalar miqdori ko'p bo'lganidan, ko'pincha tuproq unumdorligi ana shu belgisi asosida baholanadi. Gumus miqdoriga (tuproqdagi organik moddalarning umumiy miqdori, foiz hisobida) ko'ra barcha tuproqlar shartli ravishda quyidagi gruppalarga bo'linadi: Juda yuqori - 10 yuqori - 6-10 o'rtacha - 4-6 Kam gumusli -2-4 ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.49 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.49 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:28 ]
Arxiv ichida: doc