Tuproqning havo xossalari va havo rejimi

Tuproqning havo xossalari va havo rejimi

O'quvchilarga / Botanika
Tuproqning havo xossalari va havo rejimi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. tuproq va atmosfera havosi orasidagi gaz almashinuvi. 2. tuproqning havo xossalari. 3. tuproqning havo rejimi va uni yaxshilash tadbirlari. 1. tuproqning gazsimon kismi bilan atmosfera havosining to'xtovsiz va malum tezlikda almashinib turishiga gaz almashinish yoki aeratsiya jarayoni deyiladi. Gaz almashinuvi yoki aeratsiya bir-biri bilan va atmosfera bilan bog'liq bo'lgan alohida havo saklovchi tuproq govakliklari orqali yuzaga keladi. Gaz almashinuv omillariga: diffuziya, yoginlar yoki sugorish hisobiga namning tuproqka kirishi, tuproq harorati va atmosfera bosimining o'zgarishi, shamolning ta'siri, sizot suvlari satxining o'zgarishi kabilar kiradi. Diffuziya - tuproq katlamlaridagi o'ziga xos partsial bosim ta'sirida gazlarning almashib turishidir. Atmosfera havosiga nisbatan tuproq havosida O2 kam va SO2 ko'p bo'lganidan, diffuziya ta'sirida tuproqka O2ning uzluksiz kirib, SO2 ning esa atmosferaga ajralib chiqishi uchun sharoit yaratiladi. Yoginlar va sugorish natijasida tuproq govakliklariga kiradigan suv tufayli havo sikilib, yuqoriga karab chikadi, kovakliklardagi nam sarflanib ketganidan keyin esa uning o'rniga atmosfera havosi so'rib olinadi. tuproq haroratining va atmosfera bosimining o'zgarishi, shamol ta'siri, sizot suvlari satxining o'zgarishi xam tuproqdagi havo xajmini, jumladan tuproqka kiradigan va chikadigan havo okimini o'zgartiradi. tuproq orqali bo'ladigan gazlar diffuziyasi erkin havodagiga nisbatan sekinrok boradi. tuproqdagi gaz diffuziyasi (D) bilan shu gazlarning atmosferadagi diffuziya koeffitsiyenti (D0) ga bo'lgan nisbati odatda birdan past. D i f f u z i ya k o e f f i ts i e n t i kontsentratsiya gradienti birga yaqin sharoitda, 1 sm2 yuzadan 1 sm tuproq qatlami orqali diffuziyalanadigan moddalar miqdoriga teng bo'ladi. SO2 ning diffuziya koeffitsiyenti 0,009 sm2s bo'lganda aeratsiya normal hisoblanadi. Undan kam bo'lganda gaz almashinuvi qiyin bo'ladi (Lyundegord). SO2 va O2 ning nafaqat havo bilan egallangan govakliklar orqali harakati, balki ildiz atrofidagi suv pardasi bo'ylab o'simliklarning ildiz sistemasiga o'tishi xam muhim ahamiyatga ega. 2. Gaz almashinuvining holati tuproqning havo xossalari bilan belgilanadi. tuproqning havo xossalariga havo o'tkazuvchanligi va havo sigimi singarilar kiradi. T u p r o k n i n g x a v o o' t k a z u v ch a n l i g i. tuproqning o'z qatlamlari orqali havoni o'tkazish qobiliyatiga uning havo o'tkazuvchanlik xossasi deyiladi. Ќavo o'tkazuvchanlik muayyan vaqtda 1 sm kalinlikdagi tuproqning 1 sm2 ko'ndalang kesimi yuzasi maydonidan, malum bosimda, mm hisobida o'tadigan havo miqdori bilan o'lchanadi. Ќavo o'tkazuvchanlik kanchalik to'lik ifodalangan bo'lsa, gaz almashinuvi xam shuncha yaxshi bo'ladi, hamda tuproq havosida SO2 kamayib, O2 ko'payadi. Ќavo o'tkazuvchanlik tuproqning mexanik tarkibi, uning zichligi, namligi va struktura holatiga bog'liq. Ќavo tuproqdagi nam bilan egallanmagan va bir-biridan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.15 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.15 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga