Reja: 1. tuproqdagi issiqlikning roli va uning manbalari. 2. tuproqning issiqlik xossalari. 3. tuproqning issiqlik rejimi. 4. tuproqning radiatsiya va issiqlik balansi. 5. tuproq issiqlik rejimining ahamiyati va uni yaxshilash tadbirlari. 1. tuproq harorati o'simliklar o'sib rivojlanishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. tuproqning issiqlik rejimi, bu yerda kechadigan biologik va kimyoviy jarayonlarga xam bevosita ta'sir etadi. tuproqda malum harorat bo'lgandagina o'simliklar yaxshi rivojlanib, mikroorganizmlar faoliyati aktivlashadi. tuproq yuzasiga tushadigan quyosh radiatsiyasining bir kismi, tuproqni kizdirish uchun sarflanib, boshqa kismi yana nurlanib atmosferaga qaytadi. Turli tuproqlar har xil darajada isib, sovish xususiyatiga yani issiqlik rejimiga ega. tuproqning issiqlik holati uning genetik katlamlaridagi haroratning ko'rsatkichlari bilan xarakterlanadi. Ќarorat tuproqda kechadigan kimyoviy, fizik-kimyoviy, biokimyoviy va biologik jarayonlarning borishi hamda intensivligining muhim omili hisoblanadi. tuproqdagi turli birikmalarning erishi va cho'kmaga tushishi, shuningdek mikroorganizmlar va tuproq faunasining hayot faoliyati tuproqdagi issiqlikka bog'liq. qishloq xo'jalik ekinlari urugining unib chiqishi, ildizlarining rivojlanishi, ulardagi alohida stadiyalarning o'tishi, fotosintez jadalligi singarilarga bevosita bog'liq bo'lgan o'simlik hosildorligi tuproqning issiqlik sharoitlariga bog'liq. tuproqda issiqlik etarli bo'lmaganda, o'simliklar hosili pasayib, xatto ekinlar nobud bo'ladi. Turli tuproqning issiqlik rejimlari A.P.Vaykov, A.F.Chudnovskiy, M.I.Budiko, A.M.Shulgin, A.N.Dimo, O'zbekistonda I.Turapov, Sh.Xolikulov va boshqalar tomonidan ancha batafsil o'rganilgan. tuproqdagi issiqlikning asosiy manbai - quyosh nuri energiyasi (quyosh radiatsiyasi) hisoblanadi. Shuningdek tuproqdagi issiqlikning uncha ko'p bo'lmagan kismi, yerning ichki energiyasi va litosferaning yuqori qismlarida kechadigan kimyoviy, biologik va radioaktiv jarayonlar natijasida yuzaga keladigan issiqlik hisobiga to'planadi. Organik moddalar (go'ng, o'simlik koldiklari, har xil chirindi kabilar) ning chirishi natijasida hosil bo'ladigan issiqlik yopiq grunt (parnik xo'jaligi) sharoitida sabzavotchilikda keng ishlatiladi. quyosh nurlari tuproq yuzasiga singdirilib, issiqlik energiyasiga o'tadi va tuproqning pastki katlamlariga berib o'tkaziladi. Atmosferaning yerga yaqin kismi harorati pastrok bo'lsa, tuproqdagi to'plangan issiqlik atmosferaga karab o'tadi. Yer yuzasiga tushayotgan va qaytayotgan quyosh nurlarining energiyasiga ko'ra tuproq isib-soviydi. tuproq yuzasiga singdiriladigan va undan qaytadigan issiqlik miqdori tuproqning rangi, struktura agregatlarining holatiga, tuproqning o'simliklar bilan soyalanishiga, namlanishiga va boshqa omillarga bog'liq. tuproq yuzasiga tushayotgan quyosh radiatsiyasi miqdori joyning geografik joylashuviga va relef sharoitlariga, shuningdek, yil, kecha-kunduz davomida o'zgarishi va atmosfera holati (ochiq yoki bulutli bo'lishi) singarilarga bog'liq. Shimoliy yarim sharda quyosh radiatsiyasining umumiy oqimi shimoldan janubga kelgan sayin oshib boradi. Yer yuzasining mo'tadil kenglik zonasida quyosh radiatsiyasi kunning o'rtalarida, yer tekis yuzasida minutiga 0,8-1,5 kalsm2 ni tashkil etadi. 2. tuproqning issiqlik xossalariga: tuproqning issiqlik singdirishi, issiqlik sigimi va issiqlik o'tkazuvchanligi kabilar kiradi. tuproqning issiqlik singdirishi - tuproqning quyosh energiyasini kabul qilib, singdirish xossasidir. tuproqning bu xossasi odatda Albedo (A) ko'rsatkichi bilan ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
65.72 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
65.72 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:28 ]
Arxiv ichida: doc