Reja: 1. Asosiy kimyoviy elementlarning tuproq va jinslardagi miqdori va tarqalishi. 2. tuproq granulometrik fraksiyalarining kimyoviy tarkibi. 3. tuproq profili bo'ylab kimyoviy tarkibining o'zgarishi. 4. tuproqdagi asosiy kimyoviy elementlar. (S, O, N, K, P,S,Si, Al, Fe, Ca, Mg), ularning birikmalari, miqdori va ahamiyati. 1. Malumki, tuproq mineral, organik va organik-mineral moddalardan iborat. tuproqning kimyoviy tarkibi ona jinslarga bog'liq bo'lsa-da, undan keskin farq qiladi va asosan turli birikmalar xolidagi elementlardan tashkil topgan. tuproq kimyoviy tarkibining o'ziga xos xususiyati, undagi organik moddalar (jumladan gumus) ning mavjudligi, ayrim element birikmalarining turlicha shakldaligi va vaqt o'tishi bilan tarkibining doimiy bo'lmasligidir. tuproqdagi mineral birikmalarning asosiy manbai yer po'sti qattiq kobigi (litosferada) gi har xil tog jinslari hisoblanadi. Organik moddalar esa turli o'simlik va jonivorlarning hayot-faoliyati natijasida tuproqda to'planadi. Mineral va organik moddalarning o'zaro ta'siri tufayli tuproqdagi organik-mineral kompleksining murakkab birikmalari hosil bo'ladi. Malum bo'lgan kimyoviy elementlarning barchasi tuproq tarkibida mavjudligi aniqlangan. Litosfera va tuproqning kimyoviy tarkibini o'rganish, uning miqdorini hisoblab chiqish sohasida V.I.Vernadskiy, A.Ye.Fersman, A.P.Vinogradov va boshqa olimlarning xizmatlari kattadir. Olingan ma'lumotlarga ko'ra bazi kimyoviy elementlarning miqdori litosfera va tuproqda keskin farq qiladi (7-jadval), ko'rinib turibdiki, litosferaning deyarli yarmi kislorod (47,2 %), to'rtdan bir kismidan ko'progi (27,6 %) kremniydan, so'ngra alyuminiy (8,8 %), temir (5,1), kaltsiy, natriy, kaliy, magniy (xar kaysisi 2-3 foiz atrofida) singarilardan tashkil topgan. Bu 8 element litosfera umumiy massasining 99 foizini tashkil etadi. tuproq mineral kismining kimyoviy tarkibi litosfera tog jinslariga bog'liq bo'lganidan, ayrim elementlarning miqdori jihatidan tuproq va litosfera tarkibi bir-biriga o'xshashdir. Masalan, litosfera va tuproqda kislorod birinchi, kremniy-ikkinchi o'rinda turadi. So'ngra alyuminiy, temir singarilar miqdori xam yaqindir. 7-jadval Litosfera va tuproq tarkibidagi kimyoviy elementlarning o'rtacha nisbiy miqdori, foiz hisobida A.P.Vinogradov, 1950) Ammo tuproqdagi bazi elementlar miqdori litosferadan keskin farq qiladi. Jumladan, tuproqda litosferadagiga nisbatan uglerod 20 marta va azot miqdori 10 barobar ko'pdir. tuproqda bu elementlarning to'planishi turli organizmlarning faoliyati bilan bog'liq bo'lib, organizmlar tarkibida uglerod 18, azot 0,3 foizni tashkil etadi (A.N.Vinogradov). Nurash va tuproq paydo bo'lish jarayonlari natijasida ayrim elementlar miqdori o'zgaradi. tuproqda litosferaga nisbatan kislorod, vodorod va kremniy ko'payib alyuminiy, temir, kaltsiy, magniy, natriy, kaliy va boshqa elementlar kamayadi. Nurash natijasida hosil bo'ladigan govak jinslarda magmatik jinslarga nisbatan kremnezyom (SiO2) ko'prok to'planadi. Kumli jinslarda kremnezyom 90 foizdan ko'p bo'lib, kumok va soz tarkibli jinslarda uning miqdori 50-70 foizgacha kamayadi, ammo Al2O3, Fe2O3 singari oksidlar ko'payadi. S.V. Zonn (1969) SiO2:R2O (R2O3 - loyka zarrachalaridagi alyuminiy va temir oksidining yalpi miqdori) ning molekulyar nisbatiga ko'ra nurash po'stining quyidagi ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.98 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.98 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:28 ]
Arxiv ichida: doc