Reja: 1. tuproq reaksiyasi va uning turlari. 2. tuproq kislotaliligi va uning turlari. 3. tuproq ishkoriyligi va uning turlari. 4. Nordon va ishkoriy reaksiyaga ega bo'lgan tuproqlar xossalarini yaxshilash. 5. tuproq buferligi va uning ahamiyati. 1. tuproq reaksiyasi tuproq eritmasidagi vodorod (N+) va gidroqsil (ON-) ionlarining mavjudligi hamda ular kontsentratsiyasining nisbatiga bog'liq bo'lib rN bilan ifodalanadi. tuproq eritmasidagi erigan moddalar bilan tuproq qattiq kismi orasidagi o'zaro ta'sirlashuv natijasida yuzaga keladigan vodorod va gidroqsil ionlari kontsentratsiyasining nisbatiga ko'ra tuproq neytral (rN-7), kislotali (rN7) reaksiyaga ega bo'ladi. tuproq reaksiyasi ko'plab omillarning o'zaro ta'siri natijasida yuzaga keladi. Jumladan, reaksiya tuproq mineral kismining kimyoviy va mineralogik tarkibiga, erkin xolidagi tuzlarning mavjudligiga, organik moddalar miqdori va sifat tarkibiga, tuproqning namligiga hamda turli organizmlarning hayot faoliyatiga bog'liq. Reaksiyani belgilovchi eng muhim omillardan biri tuproqdagi tuzlarning tarkibidir. tuproqda nam ko'p bo'lganda uning qattiq kismidagi neytral, kislotali va ishkorli tuzlar eritmaga o'tadi. tuproq kuriganda aksincha xol ro'y beradi. Shunday qilib, tuproq eritmasining reaksiyasi yuzaga keladi va tuproq unumdorligiga ta'sir etadi. tuproqda ko'prok tarkalgan mineral kislotalardan biri ko'mir kislotasidir. Termodinamik sharoitlar va tuproqning biologik aktivligiga ko'ra karbonat angidridi ta'sirida tuproqdagi rN ko'rsatkichi 3,9-4,4-5,7 atrofida bo'lishi mumkin. tuproqdagi karbonat angidridining rejimi ob-havoning kecha-kunduzgi o'zgarishi va mikroorganizmlarning aktivligiga bog'liq. Turli o'simliklar uchun makbul rN ko'rsatkichi turlicha(20- rasm). tuproq va jinslardagi sulfidlar (oltingugurtli metallar) ning oksidlanishi natijasida sulfat kislotasi hosil bo'lib, tuproqning kislotaliligini oshiradi. Shuningdek islotalilikning vujudga kelishida kationlar bilan to'yinmagan gumin kislotasi va fulvokislotalarning roli xam katta bo'lib, rN 3,0-3,5 gacha o'zgaradi. Nitrifikatsiya bakteriyalari ta'sirida tuproqda vaqtincha azot va azotli kislotalar hosil bo'lib, rN 0,5-2,0 gacha pasayishi mumkin. Singdirish kompleksida asosan kaltsiy, magniy kationlari bo'lgan kora tuproqlarning reaksiyasi neytral va unga yaqindir. 20-rasm. tuproq reaksiyasi (rN) ko'rsatkichlari. tuproq va eritmadagi neytral tuzlar orasidagi o'zaro ta'sirdan eritmadagi vodorod ionlarining kontsentratsiyasi deyarli o'zgarmaydi. 2. Kislotali reaksiya, ilgari aytilgandek, singdirish kompleksida N+ va A13+ ionlari bo'lgan (asoslar bilan to'yinmagan) podzol, chimli podzol, botkok tuproq va kizil tuproqlar uchun xosdir. tuproq kislotaliligi aktual va potentsial gruppalarga ajratiladi. tuproqning a k t u a l k i s l o t a l i l i g i eritmada erkin xoldagi vodorod ionlarining ko'p miqdorda to'planishidan yuzaga keladi. tuproqning p o t e n ts i a l(yashirin) k i s l o t a l i l i g i singdirish kompleksidagi almashinuvchi N+ va A13+ ionlarining ta'sirida hosil bo'ladi. Potentsial kislotalik xam almashinuvchi va gidrolitik shakllarga bo'linadi. tuproq bilan eritmadagi tuzlar ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.25 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.25 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:28 ]
Arxiv ichida: doc