Reja: 1. tuproqdagi suvning manbaalari. 2. tuproqdagi namning sarfi. 3. tuproqning suv balansi va uni hisoblash. 1. Suv balansi tuproqka kelib tushayotgan va undan chikayotgan suv sarfi miqdori bilan belgilanadi. Suv balansi muayyan territoriyalarda tuproqning malum qatlami uchun hisoblab chikariladi. Agronomik nuqtai nazardan o'simliklarning ildizi tarkalgan tuproq qatlami (0,5-1 m) uchun suv balansini o'rganish eng makbul hisoblanadi. tuproqda to'planadigan suvning muhim va asosiy manbai atmosfera yoginlaridir. Bu yoginlarning xammasi xam yer yuzasiga tushib, tuproqka singmaydi. Yaxshi bo'lik bo'lib o'sadigan o'simlik koplami yuzasida 2-3 mm ga kadarli yomgir suvlari ushlanib kolinishi mumkin. Odatda bir kecha kunduzda 5 mm dan kam yogadigan yomgir suvi tuproq yuzasini juda oz miqdorda namlaydi. Ana shunday namni o'simlik kam o'zlashtira oladi va tuproq tez buglatib yuboradi. Yillik miqdoriga nisbatan kam samarali yoginlar miqdori ko'pincha 30-40 foizni tashkil etadi. Aksariyat maydonlarda yerga tushayotgan atmosfera yoginlari kor shaklida bo'ladi. Kator rayonlarda yerdagi suvning bu manbai muhim ahamiyatga ega. Chunki kish davomida tushadigan yoginlar barcha mavsumdagiga nisbatan ko'p. Shimoliy rayonlarda barqaror saqlanadigan kor koplami o'rtacha 60 sm ga etadi. Sizot suvlari yaqin joylashgan sharoitda kapillyar yo'llar orqali ko'tarilayotgan suv xam tuproqdagi ko'shimcha nam manbai hisoblanadi. tuproqning yuqori qatlamlari, shuningdek suv buglarining kondensatsiyasi (kuyuklashuvi) hisobidan to'planadigan nam bilan xam boyib boradi. Suv buglarining kondensatsiyasi odatda havo va tuproq harorati yuqori bo'lgan sharoitda yuzaga keladi. Kondensatsiya suvlari, ayniqsa cho'l zonasining kumli va shagalli toshlok erlarida ko'p to'planib tuproqdagi nam zaxirasining muhim kismidir. B.P.Orlov ma'lumoticha, qarshi cho'lidagi kumli tuproqlarda kondensatsiya suvlari miqdori yiliga o'rtacha 60 mm ni tashkil etadi. Tog yonbagirlarining pastki qismlarida to'planadigan suv xam, ko'shimcha nam hisoblanadi. Nam to'planishida tuproqning ichki oqimi, yani suv to'sar qatlam yuzasidan nishablik bo'ylab harakat etayotgan suv xam suv zaxirasini hosil qiladi. Sugorib dehqonchilik kilinadigan rayonlarda tabiiy sharoitlardan tashqari, sugorish natijasida tuproqda nam ko'p to'planadi. Bu nam tuproqdagi namning sun'iy to'planadigan manbaidir. 2. tuproqdagi namning sarfi. tuproq yuzasiga tushadigan va singib to'planadigan nam asosan quyidagi omillar: 1) suvning yuza oqimi va tushgan korning uchirib olib ketilishi; 2) tuproqning ichki suv oqimi; 3) tuproqdan namning buglanishi; 4) o'simliklardan namning buglanishi, (transpiratsiyasi) natijasida sarf bo'ladi. Atmosferadan tushadigan suv nishab joylarda singib ketishga ulgurmagan vaqtda, yuza oqim yuzaga keladi. Yuza oqim natijasida suvning tuproqdagi sarfi joyning kiyaligiga, tushayotgan yogin intensivligiga, tuproqning suv o'tkazuvchanligiga va o'simliklar koplamiga bog'liq. Korning ochiq joylardan shamol ta'sirida uchirilib ketilishi natijasida ko'p nam yo'koladi. ayniqsa o'rmonlari kam bo'lgan va relefi notekis rayonlarda bu hodisa jadallashadi. Ixota daraxtzorlari bo'lmagan dalalardan, bazan 50 foizdan ko'p kor ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.78 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.78 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:29 ]
Arxiv ichida: doc