Tuproqning suv rejimi, uni boshqarish va yaxshilash tadbirlari

Tuproqning suv rejimi, uni boshqarish va yaxshilash tadbirlari

O'quvchilarga / Botanika
Tuproqning suv rejimi, uni boshqarish va yaxshilash tadbirlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. tuproq suv rejimining tiplari. 2. tuproqning suv rejimini boshqarish va yaxshilash tadbirlari. . 1. tuproqda suvning to'planishi, uning harakati va fizik holatining o'zgarishi, tuproq katlamlarida ushlanib turilishi hamda sarfi kabi barcha hodisalar yig'indisiga tuproqning suv rejimi deyiladi. Bu hodisalar (suv rejimi elementlari) ning miqdoriy ko'rsatkichlari (tuproq nami harakatining asosiy yo'nalishi va tuproq namligining o'zgarish chegarasi) ga ko'ra tuproq suv rejimining turli tiplari yuzaga keladi. tuproqning suv rejimi miqdor jihatdan suv balansi orqali ifodalanadi. tuproqdagi muayyan suv rejimining yuzaga kelishi suv balansining kirim va sarfi qismlari bilan bog'liq. Bu esa o'z navbatida joyning iqlim sharoitlari, o'simliklari, tuproq-gruntlarning suv xossalariga, relef sharoitlariga, sizot suvlarining chuqurligiga va tuproqdagi doimiy muzlagan qatlam ta'siriga hamda insonlarning ishlab chiqarish faoliyatiga bog'liq. tuproqning suv rejimi va uning tiplari haqidagi ta'limot asoschisi akademik N.G.Visotskiydir. U suv rejimining yuviladigan (permatsid), davriy yuviladigan, yuvilmaydigan (impermatsid) va terlaydigan (ekssudatsion) kabi tiplarini ajratishni tavsiya etadi. G.N.Visotskiy qarashlarini rivojlantirib A.A.Rode ikki yangi tipdagi - muzlaydigan va irrigatsion suv rejimlarini ko'shimcha qilib kiritdi hamda barcha tiplarni 16 tipchaga ajratdi. Kuyida tuproq suv rejiminining asosiy tiplariga qisqacha xarakteristika beriladi. 1. M u z l a y d i g a n t i p. Abadiy muzlikli o'lka, noxiyalarda tarkalgan. Yoz faslida yer yuza qatlami biroz eriydi, ammo uning pastki kismi deyarli erimaganligi sababli, suvni o'tkazmaydi. Natijada muzlagan suvto'sar qatlam ustida suv to'planadi hamda buglanish kam bo'lganidan, tuproqda o'ta namlik yuzaga keladi. Vegetatsiya davrining asosiy kismida, tuproqning erigan qatlami suv bilan to'yinib turgan bo'ladi. 2. Yu v i l a d i g a n t i p (NK1) - atmosfera yoginlarining o'rtacha miqdori buglanishga nisbatan ko'p bo'ladigan o'rmon-o'tlok zonasi (podzol-botkok va botkok tuproqlar) va sernam subtropik viloyatlari tuprogiga xos. Atmosfera yoginlari bilan tuproq xar yili sizot suvlarigacha namlanadi va kisman ana shu suvlarga ko'shiladi. tuproqning pastki qatlamiga singib o'tayotgan suv tuproqdagi turli birikmalar, jumladan ozik moddalarni o'zi bilan yuvib ketadi. Shuning uchun xam bu xildagi suv rejimi yuviladigan tip deyiladi. (31a-rasm) 1. Atmosfera yoginlari 2. Shox shabbalarda tutib kolingan nam miqdori. 3. Yer yuzasidan oqib ketgan suv. 4 Fizik buglanish . 5 tuproq ichidagi suv oqimi. 6. O'simliklar tomonidan so'rib olingan suv (desuksiya butun davr mobaynida o'simliklar olgan suv). 7. Grunt suv oqimi. 8. Buglanish va desuksiya. 31-rasm. Turli suv rejimi tipidagi suv balansining nam aylanish sxematik tasviri (A.A.Rode bo'yicha). a- yuviladigan tipdagi suv rejimi. b- yuvilmaydigan tipdagi suv rejimi. v-terlaydigan tipdagi suv rejimi. 3. D a v r i y yu v ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 98.45 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 98.45 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga