Reja: 1. tuproqning nam sigimi va uning turlari. 2. tuproqning suv o'tkazuvchanligi. 3. tuproqning suv ko'tarish qobiliyati. 4. O'simliklar o'zlashtira oladigan tuproq namligi. 1. tuproq qatlamida saqlanadigan suvning holatini belgilovchi uning barcha xossalari yig'indisiga suv (suv-fizik, gidrofizik) xossalari deyiladi. Eng muhim suv xossalariga tuproq ning suvni ushlab, saklab turish qobiliyati, nam sigimi, suv o'tkazuvchanligi va suv ko'taruvchanlik qobiliyati kabilar kiradi. Suvni ushlab turish qobiliyati - tuproqning muhim xossalaridan biri bo'lib, suvni oqib ketishdan saklab, namni ushlab tura olish qobiliyati hisoblanadi. tuproqning suvni ushlab tura olish qobiliyatini miqdor jihatdan xarakterlovchi ko'rsatkich, uning nam sigimi hisoblanadi. tuproqning nam sigimi - turli kuchlar ta'sirida malum miqdordagi suvni singdirishi va ushlab turish qobiliyatidir. tuproqdagi namni ushlab turadigan kuchga karab va turli sharoitlarga ko'ra nam sigimining quyidagi turlari: maksimal adsorbilangan nam sigimi, maksimal molekulyar nam sigimi, kapillyar nam sigimi, eng kam yoki dala nam sigimi va to'lik maksimal nam sigimi kabilar ajratiladi. M a k s i m a l a d s o r b i l a n g a n n a m s i g i m i (MANS) - tuproq zarrachalari yuzasida sorbilanish (yutish) kuchlari ta'sirida eng ko'p miqdorda ushlab turilishi mumkin bo'lgan suv miqdori hisoblanadi. Bu namlik tuproqdagi mustahkam birikkan (adsorbilangan) suv miqdoriga to'gri keladi. M a k s i m a l m o l e k u l ya r n a m s i g i m i (MMNS) (A.F.Lebedev bo'yicha) - molekulyar tortish kuchlari ta'sirida tuproq zarrachalari yuzasida ushlanib turishi mumkin bo'lgan, yani bo'sh birikkan (parda) suvning yuqori chegarasini xarakterlaydi. Maksimal molekulyar nam sigimi asosan tuproqning mexanik tarkibiga bog'liq. MMNS tuproqning muhim tuproq-gidrologik ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. tuproqdagi mavjud (faktik) nam miqdori bilan MMNS ni taqqoslab o'simliklarga o'tadigan foydali suv zaxirasini aniqlash mumkin bo'ladi. Faktik namlik MMNS ga nisbatan ko'p bo'lganda foydali suv zaxirasi ko'p va bu ko'rsatkichlar teng bo'lganda esa ana shunday suv zaxirasi deyarli bo'lmaydi. K a p i l l ya r n a m s i g i m i (KNS) - kapillyar kayma (bevosita suvli qatlam ustida joylashgan tuproq qatlami) chegarasidagi tuproqda ushlanib turishi mumkin bo'lgan eng ko'p miqdordagi kapillyar-tiralgan suv hisoblanadi. Kapillyar nam sigimi miqdori tuproq govakligiga va shuningdek suv bilan to'yingan qatlam, sizot suvi satxidan kanchalik masofada joylashuviga bog'liq. Bu masofa kanchalik ko'p bo'lsa KNS shuncha kam bo'ladi. Sizot suvlari yer yuzasiga yaqin (1,5-2,0 m) bo'lganda kapillyar kayma (tuproq qatlami) yuzasigacha namlanadi va kapillyar nam sigimi eng yuqori (o'rtacha ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.49 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.49 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:29 ]
Arxiv ichida: doc