Tur ichida duragaylash Reja: G.Mendelning ishlarining о'ziga xos xususyatlari. Monoduragaylash chatishtirish. Diduragay va poliduragay chatishtirish Chala dominantlik 5. Genlarning о'zaro ta'siri etish xillari. Irsiyat va о'zgaruvchanlikni о'rganishning asosiy gibrodologik (genetik) analiz usulini chex olimi Gregor Mendel ishlab chiqqan.U о'z tajribalarining natijasini 1865 yil fevral-mart oylarida Brno shahridagi tabiatshunoslar jamiyatiga ma'lum qilib, 1866 yilda «О'simlik durgaylari ustida tajribalar» nomi bilan nashr qildirdi. G.Mendelning bu ishlaridan 1900 yilgacha aniq ma'lum bо'lmadi. 1900 yilga kelib bir yо'la uch olim uchta mamlakatda (De-friz Gollandiyada, K.Korrens Germaniyada va E.Chermak Avstriyada) bir-biridan xabarsiz holatda tur ichida duragaylash sohasida tajribalar о'tkazib, Medelning 1865 yilgi xulosalariga keladilar. G.Mendel qonunlarning 35 yildan sо'ng qayta ochilishi, ularga bо'lgan qiziqishni oshirdi. Mendel ishlarining о'ziga xos xususyatlaridan biri chatishtirish uchun ota va ona formalarini tо'g'ri tanlashdir. U irsiyat qonunyatlarini о'rganish uchun gorox (Pizum zativum L.) о'simligi ustuda tajribalar о'tkazadi. Bu о'simlik bir yillik, faqatgina о'zidan changlanuvchi, uning navlari bir-biridan bir, ikki yoki uch juft qarama-qarshi (alternativ) belgilari bilan keskin farq qiladi. Goroxning har xil navlarini suniy chatishtirish oson, ulardan qarama-qarshi belgilarning irsiylanishini о'rganish qulay. Genetik analiz uchur erkak va urg'ochi jinsdagi organizmlar chatishtirish kerak. Chatishtirish uchun olingan ota va ona organizmlar R harifi, urg'ochi (Zuhro kо'zgusi), erkak jins (Mars nayzasi va qalqoni) belgisi, chatishtirish esa X bilan belgilanadi. Irsiyati har xil bо'lgan ikki yoki undan ortiq organizmlardan chatishtirib olingan avlod durgay deyiladi. Durgay F harifi bilan ifodalanib, uning yonidagi raqam nechanchi bо'g'in ekanini kо'rsatadi. Masalan; F1-birinchi bо'g'in, F2-ikkinchi bо'g'in. Bir turga kiradigan, lekin ba'zi belgilari bilan bir-biridan farq qiladigan organizmlarini chatishtirish tur ichida duragaylash deb ataladi. Monoduragaylash chatishtirish. Bir-biridan bir juft qarama-qarshi (alternativ) belgisi bilan keskin farq qiladigan ikki organizmni durgaylash monoduragay chatishtirish deyiladi. Masalan, sariq donli goroxni yashil donli gorox bilan, uzun buyli о'simlikni pakana bо'yli о'simlik bilan, tezpishar о'simlikni kechpishar о'simlik bilan chatishtirish. Durgaylarning birinchi bо'g'inida yuzaga kelgan, ustun chiqqan belgi-dominant, durgaylarning birinchi avlodida rivojlanmagan (yashirinib qolgan) belgi esa kuchsiz-retsessiv belgi deb ataladi. Mendel dominantlik hodisasi ona yoki ota sifatida olingan о'simliklarning qaysi biriga bog'liqligini tekshirdi. Buning uchun birinchi marta sariq donli goroxni ona о'simligi sifatida,yashil donlisini esa ota о'simligi sifatida, ikkinchi marta aksincha, ona о'simligi sifatida yashil donli goroxni, ota о'simligisifatida sariq donli goroxni olib chatishtirdi. Ikkala chatishtirishda ham natija bir xil bо'lib, durgaylarning birinchi bо'g'ini (F1) faqatgina sariq donli goroxdan iborat bо'ldi va dominatlik hodisasi qaysi о'simlik ona yoki ota sifatida olinishga bog'liq emasligi aniqlandi. Mendel aniqlagan bu dominatlik qonun durgaylar birinchi bо'g'inining bir xillilik qonuni deb ham ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.64 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.64 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:29 ]
Arxiv ichida: doc