Tutdoshlar oilasi va ularning dorivorlik xususiyatlari

Tutdoshlar oilasi va ularning dorivorlik xususiyatlari

O'quvchilarga / Botanika
Tutdoshlar oilasi va ularning dorivorlik xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Tutdoshlar oilasi va ularning dorivorlik xususiyatlari Bu oilaga doim yashil yoki bargini to'quvchi, sut shirali daraxt, buta va o't o'simliklar kiradi. Ularning barglari ketma-ket yoki qarama-qarshi joylashadi. Barglari butun, bir jinsli, bir uyli yoki ikki uyli. Gulkoroni kosachasimon, to'rt bo'lakchali, changchisi to'rtta, urug'chisi 1 yoki 2 ta mevachi bargdan iborat. Mevasi yong'oqcha yoki soxta donakcha. Bu oilaga 53 ta turkumga mansub 1400 tur kiradi. O'zbekistonda 3 ta turkumga mansub 6 ta turi bor. Tutdoshlar- Maraceae Tut (Morus) - tutdoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi; mevali daraxt; O'zbekistonda 5 turi o'stiriladi. Oq T. (M. Alba) va qora T. (M. Nigra) mevasi iste'mol qilinadi. Sershox T. (M. Multicaulis), kagayama T. (M. Kagayamae) va ipak qurti T.i (M. Bombycis) turlaridan, asosan, ipak qurti boqishda foydalaniladi. T. Tez o'sadi, qurg'oqchilik va sovuqqa chidamli. Shoxshabbasi zich, keng yumaloq, oval va piramida shaklida. Bo'yi 15- 18, ba'zilariniki 20-25 m, yo'g'onligi 1,5 m gacha. Katta yoshdagi baland tanali T. Daraxtlaridan 20-40 kg gacha barg, 50-60 kg meva hosili olinadi. Tut (Morus) Tutning egribugri (ilono't) va pastga qarab o'sadigan (majnun T.) xillari ham bor. Daraxti 300, ayrimlari 500 yil yashaydi. Oq T. (qarang Balxi tut) va shotut mevasi shirin shifobahsh, har xil vita'minlarga boy. O'zbekistonda T. qadimdan ekib ko'paytiriladi. Yangiligida iste'mol qilinadi, shinni, murabbo, mayiz, spirtli ichimlik tayyorlanadi. Bargi tut ipak qurti boqishda ishlatiladi. T. ikki uyli o'simlik. Gullari bir jinsli. T. urug'idan, qalamchasidan, payvand va parxish qilib ko'paytiriladi. Tut (Morus) Tut qadimdan yuqori nafas yo'llari hastaliklari, yo'tal va shamollashga qarshi davo o'rnida ishlatilgan. Mashhur tabib Husayn Sheroziy Tut odam tanasida toza qon paydo qiladi, miyaga quvvat beradi, a'zolardagi tiqinlarni ochadi, jigar va taloqning ish faoliyatini yaxshilaydi, shuningdek u peshob haydovchi hamdir, deya ta'rif bergan. Abu Ali ibn Sino oqtut bargini angina, quritilmagan barg shirasini esa tish og'rig'ida tavsiya qilgan. Meva shirasi bilan og'iz va tomoqdagi shishlarni, dizenteriya kasalligini davolagan hamda siydik haydovchi dori sifatida ishlatgan. Tut (Morus) Xalq tabobatida oqtut isitma chiqqanda, ichak kasalliklarida, qonni tozalashda ishlatiladi. An'anaviy tibbiyotda oq tut mevasidan kamqonlik, oshqozon-ichak hastaliklari, gastrit kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Bargi va yangi ochilgan ko'rtagi organizmda moddalar almashinuvi buzilganida yaxshi yordam beradi. Oq tut mevasidan olingan shinni dorishunoslik sohasida xapdori tayyorlashda foydalaniladi. Tut (Morus) Oq tut mevasi kaliyga juda boy. Shunga ko'ra, uni ateroskleroz, taxikardiya, yurak porogi kasalliklarida tavsiya etishadi. Atigi uch haftalik tutli parhez yordamida bemor nafas qisishi, ko'krak qafasidagi siquvchi og'riqdan xalos bo'lib, yurakning ish qobiliyati tiklanadi. Tut (Morus) Tut po'stlog'i (qaynatmasi va kunjut yog'ida tayyorlangan surtma ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.26 MB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:29 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.26 MB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga