Botanika Urug' va meva Asosiy savollar: Meva va urug'ning hosil bo'lishi. Meva tiplari va xillari. Ho'l va quruq mevalar. Bir pallali va ikki pallali o'simliklar urug'i tuzilishi. Disseminatsiya jarayoni. Urug'ning o'nishi. Urug'pallalar funksiyasi. Meva va urug'ning hosil bo'lishi Meva va urug' qo'sh urug'lanishdan so'ng rivojlnadi. Urug' urug'kurtakdan, meva esa urug'chi tugunchasidan shakllanadi. Qo'sh urug'lanishdan keyin zigotadan mo'rtak, markaziy hujayra yadrodan esa endosperm vujudga keladi. Urug'kurtakning integumentlari urug' po'stiga aylanadi. Ko'pchilik o'simliklarda urug' mo'rtak va endospermdan iborat bo'ladi. Meva Meva - yopiq urug'li o'simliklarning eng asosiy organlaridan biri hisoblanadi. Faqat urug'chi (ginetsey) dan hosil bo'lgan meva haqiqiy meva deb ataladi. Meva hosil bo'lishida tugunchadan boshqa bazi gulning qismlari (gulkosa, gul - o'rni va gul bandi) qo'shilgan bo'lsa unday mevalarga soxta meva deb ataladi. Bir necha urug'chidan hosil bo'lgan meva (masalan, malina, maymunjon, ayiqtovondoshlar va boshqalar) to'p meva yoki murakkab meva deb ataladi. Meva po'stining tuzilishi Meva po'sti- perikarpiy (yunon. peri- atrofida; karpos - meva) uch qavatdan iborat. Tashqi qavati ekzokarpiy (yunon. ekzo - tashqi; karpo - meva), ichki qismi endokarpiy (yunon. endo - ichki) va ularning orasida turadigan o'rta qismi mezokarpiy (yunon. mezos - o'rta) deb ataladi. Perikarpiyning qatlamlarini hamma vaqt ham - bir - biridan ajiratib bo'lmaydi. Ularni ko'pincha danak shaklidagi mevalarda ko'rish mumkin. Masalan, danaklilardan tashqi yubqa - ekzokarpiy, mevani eyish mumkin bo'lgan etdor qismi - mezokarpiy va yog'ochsimon qattiq (danak) - endokarpiy qavatlari bo'ladi Mevalar Mevalarning morfologik xususiyatlariga qarab ikkita katta sun'iy guruhga (xo'l va quruq mevalarga) ajratish mumkin. Quruq mevalar o'z navbatida ochiladigan (dukkak, qo'zoq va qo'zoqcha, ko'sak) va ochilmaydigan (yong'oq yoki yong'oqcha, o'rmon yong'og'i, pista, doncha va boshqalar) quruq mevalarga bo'linadi. Ochilmaydigan quruq mevalarda faqat bitta urug' bo'ladi Meva hosil bo'lishida qancha urug'chi ishtirok etishiga qarab apokarp va tsenokarp ( sinkarp,parakarp,lizokarp) mevalarga ajratiladi. Mevalar Bitta urug'chidan hosil bo'lgan meva bargak yoki monokarp meva deb ataladi. Bunday mevalar kelib chiqishi jihatidan juda ham soddadir. Bargakda mevaning ochilishi uning ustki o'ng tomonidan bo'ladi. Bargak ixtisoslashidan dukkak (apokarp meva) kelib chiqqan. Dukkakning ochilishi uchidan tubigacha ikki tomonidan, qorni va orqa chokidan yorilib ochiladi. Bunday meva xili burchoqdoshlarga xos belgidir Quruq ochiladigan mevalar Q o' z o q va q o' z o q ch a - ikki uyli sinkarp meva bo'lib, tushib ketadigan ikki qopqoqchaga o'xshab pastdan tepasigacha yoriladi, qopqoqchalarning orasida urug'lari bo'ladi. Meva bo'yi enidan to'rt barabar ortiq bo'lsa qo'zoq, undan kam bo'lsa, qo'zoqcha deb ataladi .Bu xildagi mevalar butguldoshlar oilasining vakillariga xosdir. Q a n o t ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.42 MB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:29
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.42 MB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:29 ]
Arxiv ichida: pptx