Urug'. Meva tuzilishi va tiplari

Urug'. Meva tuzilishi va tiplari

O'quvchilarga / Botanika
Urug'. Meva tuzilishi va tiplari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Urug' haqida tushuncha. 2. Urug'ning tuzilishi. 3. Urug'lardan foydalanish. 4. Meva haqida tushuncha. 5. Mevalarning klassifikatsiyasi. 1. Urug' deb o'simliklarning tarqalishiga, ko'payishiga xizmat qiluvchi generativ organga aytiladi. Urug' urug' kurtakda ro'y bergan qo'sh urug'lanish jarayonidan keyin rivojlanib hosil bo'ladi. U o'zida bo'lg'uvchi o'simlikning barcha qismlarini ildiz, poya va bargini saqlagan bo'ladi. Bu qismlar qo'sh urug'lanish jarayonidagi tuxum hujayraning otalanishidan hosil bo'lsa, zahira oziq moddalar to'planadigan epdosperm markaziy hujayraning otalanishidan hosil bo'ladi. Urug' po'sti urug'kurtakdagi integumentning rivojlanishidan hosil bo'ladi. Tabiatda urug'lar turli - tumandir. Ularning og'irligi milligramdan 15 kg gacha bo'ladi (palma). 2. Urug'ning shakli, o'lchami, rangi turlichadir. Har qanday urug' quyidagi qismlardan tashkil topgan bo'ladi. Urug' po'sti, mo'rtak va zahira oziq moddalar saqlanuvchi qism. Zahira oziq moddalarning saqlanishiga qarab urug'larni uchta guruhga ajratish mumkin. 1. Endospermli urug'lar. 2. Endospermsiz urug'lar. 3. Perisperimli urug'lar. Endospermsiz urug'larning tuzilishi. Endospermsiz urug'lar ikki pallali o'simliklar uchun xos bo'lib (dukkakdoshlar, murakkabguldoshlar, krestguldoshlar, gulxayridoshlar, atirguldoshlar) quyidagi qismlardan tashkil topgan bo'ladi. 1. Urug' po'sti. 2. Mo'rtak. 3. Urug'palla Urug' po'sti, urug' kurtakdagi integumentning rivojlanishidan hosil bo'ladi. Ikki pallalilarning urug' po'sti ayrimlarida tericha, ayrimlarida parda, ayrimlarida yog'ochlangan bo'ladi (uzum). Urug' po'stining rangi oq, qo'ng'ir,, qizil va qora ranglarda bo'lishi mumkin. Urug' po'stining yuzasi silliq yoki g'adir - budir (no'xat) tukchali (g'o'za, terak, qoqio't) bo'ladi. Bu o'zgarishlar urug'larning tarqalishiga va tuproqqa joylashib olishga xizmat qiladi. Mo'rtak urug'nig asosiy qismi hisoblanadi. U otalangan tuxum hujayraning rivojlanishidan hosil bo'ladi. Mo'rtakda, mo'rtak kurtakchasi, mo'rtak ildizchasi joylashgan bo'lib, uning rivojlanishi-dan bargli poya va o'q ildiz hosil bo'ladi. Urug'larda zahira oziq moddalar to'planib u o'simlikning birinchi bargi hisoblanadi. Endospermli urug'larning tuzilishi. Endospermli urug'lar g'allaguldoshlar, lolaguldoshlar va qiyoqdoshlar oilasi vakillari uchun xosdir. Endosmpermli urug'lar quyidagi qismlardan tuzilgan bo'ladi. 1. Urug' po'sti. 2. Endosperm. 3. Mo'rtak. Qalqoncha bir pallali urug'lar uchun xarakterli organ hisoblanadi. Uning asosiy funksiyasi endospermadagi zahira oziq moddalarni diostaza fermenti ta'sirida parchalab mo'rtak qismiga o'tkazib berishga xizmat qilishdir. Ayrim o'simliklar endosperm o'rniga zahira oziq moddalarni peresperm qismida to'plash xususiyatiga ega bo'ladi. Perisperm urug'kurtakning nutsellus qismidan hosil bo'ladi. Perisperimning farqi uning tarkibida oqsil va yog miqdori kamroq bo'lib, asosiy qismini kraxmal tashkil qiladi. Perisperm hosil qilish chinnigul, lavlagi, shura, olabuta uchun xosdir. Urug'ning otalanmasdan rivojlanishi. O'simliklar dunyosida urug'ning hosil bo'lishi va rivojlanishi har doim yuqoirdagi qonuniyatga amal qilavermaydi. Ayrim o'simliklarda urug' va meva otalanmasdan rivojlanishi mumkin. Bunga apomiksis deyilsa. Urug' va mevani otalanib hosil bo'lishi amfimiksis deyladi. Apomiksis jarayonida urug' va mevalar urug' kurtaklarning nutsellusidan urug'kurtak po'stidan, sinergiddan hosil bo'ladi. Urug' mo'rtak ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.66 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.66 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga