Urug'. Urug'ning tuzilishi. Meva xillari

Urug'. Urug'ning tuzilishi. Meva xillari

O'quvchilarga / Botanika
Urug'. Urug'ning tuzilishi. Meva xillari - rasmi

Material tavsifi

Urug'. Urug'ning tuzilishi. Meva xillari Reja: Urug'ning tuzilishi. Ikki va bir urug'pallali o'simliklarning urug'lari Mo'rtak. Urug'ning unishi Meva tuzilishi va tasnifi Meva va urug'larning tarqalishi Asosiy tushunchalar: perikarp (meva yonligi), ekzokarp (tashqi qavat), apokarp, senokarp, sinkarp. Avtoxorlar, avtoxoriya, zooxoriya, antropoxoriya, anemoxoriya, gidroxoriya, mezokarp (o'rta qavat), endokarp (ichki qavat), mo'rtak, endosperm, urug'palla barglari, gipoqotil, epiqotil. Gulli o'simliklar urug'i, odatda mo'rtak, endosperm va urug' po'stidan tashkil topadi. Mo'rtak zigotaning mahsuli sifatida qaralib, u ikki hissa xromosomalarga ega bo'lgan hujayralardan iborat. Endosperm mo'rtak qopchasidagi markaziy hujayraning qushilishi, ya'ni qush urug'lanish natijasida kelib chiqadi. Uning hujayralari uch hissa xromosomalar naboriga ega. Mo'rtak yangi o'simlikning embrionidir. U butunlay yoki asosiy meristemadan tashkil topgan bo'ladi. Endosperm va mo'rtakni dastlabki o'sish vaqtida ozuqa bilan ta'minlaydi. Gulli o'simliklarning turli vakillarida urug'dagi mo'rtak bilan endosperm bir-biriga nisbatan turli o'chlamdadir. Mo'rtak urug'ning ko'pchilik qismini egallagan hollarda, uning o'zi yoki ko'pincha urug'pallalari oziq moddalar to'plovchi vazifani bajaradi yoki oziq moddalar to'plovchi vazifani bajaradi yoki oziq moddalar perispermda to'planishi mumkin. Urug' po'sti bir necha qavatdan iborat bo'lib, mo'rtakni qurib qolishidan, erta unib ketishidan saqlasa, urug'larning unish vaqtida uning hujayralari shilimshiqlanib tuproqqa urug'ni birikib olishiga yordam beradi hamda urug'ni tarqalishida ishtirok etadi. Urug' po'stida suvni shimib bo'qishi uchun mayda teshik bo'ladi, uni odatda urug' yo'li deyiladi. Bundan tashqari, nok ham bo'lib, u urug'bandiga birikish joyi hisoblanadi. Endosperm asosan g'amlovchi to'qimadan iborat. Unda kraxmal, oqsil va moy tomchilaridan tashqari zapas oziq sifatida boshqa moddalar ham to'planishi mumkin. Mo'rtak. Mo'rtak embrion holdagi o'simlik, unda mo'rtak holda o'simlikning barcha vegetativ organlari (ildiz va novdalar) bo'ladi. Ildizdan kurtakka o'tish zonasi mo'rtak poyachasidir, bu qism poyaning birinchi bo'g'im oralig'idir. Uni gipoqotil deb ataladi. Mo'rtak holdagi kurtak o'sish konusi va mo'rtak holdagi bargchalardan iborat. Turli o'simliklarda kurtakdagi barglar soni va ularning ajranishi bir xil emas. Mo'rtakdagi dastlabki barglar o'ziga xos tuzilishga ega va ular urug'palla barglar deyiladi. Gulli o'simliklar va ikki pallali deb atalgan ikkita sinfga ajraladi. Ikki pallali o'simliklarning endospermiz urug'lari. Yetilgan chigit po'sti to'q jigarrang bo'ladi. Uning qobig'i ancha murakkab, ya'ni yarmi yoki uchdan ikki qismi juda qalim, mustahkam devorchalari uzun silindr shaklidagi hujayralardan tashkil topgan. Ichki pardasimon qobiq juda yupqa va nozik bo'lib, mo'rtak xaltachasining qoldig'idir. Bu po'st mo'rtakni zich o'rab oladi. Chigid mo'rtagi ikkita urug'palla, mo'rtak ildizchasi, urug'palla osti tirsagi va uchki o'sish ko'rtagidan iborat.Mo'rtak ildizchasidan asosiy ildiz o'sib chiqadi, urug'palla ostki tirsagi urug'pallani tuproq yuzasiga olib chiqish uchun xizmat qiladi. Uchki o'sish ko'rtagidan poyaning urug'palla ustki qismi o'sib chiqadi, Bir pallali o'simliklarning endospermli urug'lari. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 371.59 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 371.59 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga