Urug'lanish va urug'ning rivojlanishi Reja: Urug'lanish jarayoni Mevalar Chang naychasining hosil bo'lishi. Chang urug'chining tum-shuqchasiga tushgandan so'ng malum vaqt (15-45 min., bir necha soat yoki bir necha hafta) o'tgandan keyin bo'rtib o'sa-di va uning sifonogen (vegetativ) hujayrasidan hosil bo'lgan chang naychasi apertur orqali chiqib ustuncha to'qi-masi bo'ylab o'sib tuguncha tomon yo'naladi. Shundan so'ng eng hayotchan va kuchli naycha urug' yo'li (mikropile)ga bi- rinchi bo'lib etib keladi va shu orqali urug'mo'rtaqka o'ta-di. Bu hodisaga parogamiya deb ataladi. Bazan chang nay-chasi xalaza orqali to'g'ridan-to'g'ri urug'mo'rtak yoki Zmbrion xaltasiga o'tadi - bunga xalazagamiya deb ataladi. Xalaza-gamiyani birinchi marta 1894 yili Treybom degan olim Avstraliya qitasida o'sadigan, qadimdan saqlanib qol-gan kauzarin degan o'simlikda, keyinchalik S. N. Nava-shin esa oq qayinda aniqlagan (1-rasm). Chang naychasi urug'mo'rtak xaltasiga etgandan so'ng uning devori eriydi. Chang naychasi embrion xaltasining mar^ kaziy yadrosi tomon harakat etadi va ishqalanish natija-sida uning uchi eriydi. Chang naychasi ichidan ikkita sper-ma hujayralari embrion xaltasiga kiradi. Sperma hujay-ralaridan bittasi tuxumhujayra yadrosiga, ikkinchisi embrion xaltasining ikkilamchi yadrosiga qarab yo'nala-di va u bilan qo'shiladi (1-rasm). Natijada yopiqurug'li o'simliklar uchun eng muhim xususiyatlardan biri qo'shaloq urug'lanish sodir bo'ladi. Qo'shaloq urug'lanishni 1898 yili rus botanigi S. G. Navashin piyozdoshlar oilasiga mansub ЬShshp tayapa va G'gNShapa 1epe11a degan o'simliklarda aniqlagan. Keyincha-lik urug'langan tuxumhujayra yadrosidan mo'rtak, ikkilam-chi triploid yadrodan esa endosperm taraqqiy etadi. Shu-ning uchun ham yopiqurug'li o'simliklarning endospermi ochiqurug'lilar endospermidan farq qiladi. 1-rasm. Parogamiya (1) va xalazogamiya (2, 3)ning tasviri: chiy-chang yo'li; mx - mo'rtak xaltachasi. S. G. Navashin tayoqchasimon yoki chuvalchangsimon shakl-dagi spermalarning harakatini kuzatgan. Embrion (mo'rtak)ning rivojlanishi. Urug'lanish sodir bo'lgandan keyin, tuxumhujayra parda bilan o'ralib tinch-lik davrini o'taydi. Bu davr sharoitga bog'liq bo'lib, bir necha vaqtga cho'zilishi mumkin. Masalan, g'alladoshlar va murakkabguddoshlarda bu eng qisqa vaqt bo'lib, bir necha soat davom etadi. Shundan keyin tuxumhujayra ko'ndalan-giga ketgan to'siq bilan ikkita hujayraga, yani chang yo'li-ga qaragan terminal va unga qarama-qarshi tomonda bazal hujayralarga bo'linadi. Keyinchalik bu hujayralar har xil bo'linadi. Masalan, butguldoshlar oilasining vakil-larida bazal hujayra ko'ndalangiga, terminal hujayra uzunasiga bo'linib, boshlang'ich mo'rtak hosil qiluvchi hujayraga aylanadi. Har qaysi bo'lingan terminal hujayra bir necha bor ko'ndalangiga va uzunasiga bo'linib, hamma tomoni to'rt burchak hujayralar yuzaga keladi. Shu hujay-ralarning har biri bo'linib, oktang (lot. okto -sak-kiz) deb ataladigan hujayralarga aylanadi. Bir vaqtning o'zida bazal hujayra ko'ndalangiga va ba-zan uzunasiga ketgan to'siqlar bilan bo'linib tortma (osilma~sop) hosil qiladi. Tortma embrion paydo qila-digan terminal hujayraning oziq moddalarini embri-onning rivojlanishi uchun sarf bo'ladigan endosperm bi-lan to'luvchi embrion xaltasi bo'shlig'iga surib tushiradi. Endosperm ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
292.87 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
292.87 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:29 ]
Arxiv ichida: doc