Urug'lanish. Urug' va mevaning tuzilishi Reja: o'simliklarda sodir buladigan kush urug'lanish jarayoni. Kush urug'lanishning biologik ahamiyati. 3. Urug'larning tuzilishi. Gulli o'simliklar urug'larining tuzilishi va tiplari. Quruq va xul mevalarning tiplari. Changlanish bilan uruglanish, yani gametdsharning kushilishi orasida malum bir vaqt utadi. Bu vaqt kauchukli kuksagizda atigi 15-30 minut, guzada 18-20 soatni, bazi o'simliklarda bir necha kun, xafta, oy va xatto ayrim o'simliklarda bir yilni tashkil qiladi. Ogizchaga tushgan chang usa boshlaydi, changning intinaga uralgan moddasi ekzinadagi teshiklardan burtib chikadi va chang naychasini hosil qiladi, bu naycha asta-sekin chuziladi va ustuncha kanali buylab usib, tugunchaga karab yunaladi. Chang naychasining oziqlanishi va o'sishi uchun zarur bo'lgan moddalarni changdagi zaxira oziklardan emas, balki ustuncha to'qimalaridan oladi. Chang naychasining malum tomonga karab o'sishi xam ustuncha bilan urugkurtaklar to'qimasidagi moddalarning ta'siriga bog'liq. Chang qismlari, yani vegetativ va generativ hujayra chang naychasining usuvchi uchiga utadi. Generativ hujayra bazan changning uzidayok kupincha esa chang naychasida ikkiga bulinadi va 2 ta spermiy hosil bo'ladi. Chang naychasi tugunchaga etar ekan, undagi alohida o'tkazuvchi tuzilma buylab usadi va urugkurtakka borib, chang yo'li orqali unga kiradi. Bu yerda u yo to'g'ri embrion xaltasiga duch keladi yokn shu xaltani koplab turgan yumshoq hujayralar orqali xaltaga utadi. Embrion xaltasining chang naychasi uchiga takalib turgan pardasi erib ketadi. Chang naychasi embrion xaltasiga kirar ekan, sinergidalar orasida yoki bir sinergida bilan embrion xaltasining devori orasidagi tuxum hujayra tomoniga karab usadi. Chang naychasining uchidagi parda yirtilib, undan ikkita spermiya chikadi, bu spermiyalarning biri tuxum hujayra yadrosiga, ikkinchisi embrion xaltasining markaziy hujayrasidagi ikkilamchi yadroga karab yunaladi va u bilan kushiladi. Shunday qilib, yopiq uro'g'lilarning ochiq uro'g'lilarda kuzatilmaydigan xususiyati, yani kush uruglanish degan hodisa ruy beradi. Uruglangan tuxum hujayradan embrion, embrion xaltasining markaziy hujayrasidan embrionga ozik buladigan endosperm hosil bo'ladi. Sinergidalar bilan antipodalar esa xalok bo'ladi. Aksariyat yopiq uro'g'lilarning tuguncha devorlaridan esa meva hosil bo'ladi. Kush uruglanish jarayonini birinchi bo'lib 1898 yilda S. G. Navashin kokidoshlar va piyozdoshlar oilalari vakillarida kashf kilgan. Kush uruglanish barcha gulli o'simliklarga xos xususiyat hisoblansada, bazi bir arxideyadoshlar, zarpechakdoshlar oilalariga mansub o'simliklarda bir marta uruglanish hodisalari uchraydi. Bunda kupincha bitta spermiy tuxum hujayra bilan birlashadi. Odatda bu uruglanish jarayonidan sung puch uruglar hosil bo'ladi, bu uruglarda endosperm bulmaydi urug mo'rtak kupincha uladi. Bu jarayon xam birinchi bo'lib 1900 yilda S.G. Navashin tomonidan kashf qilingan edi. Mo'rtak xaltasiga bitta emas, balki bir nechta chang naychalari kirishi xam mumkin. Mo'rtak xaltasidagi dispermiya jarayonini 1884 yilda Strasburger Monotropa hypopitis, 1912 yilda Nemets Suadea Lutea, Gerasimova Navashina ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
167.54 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
167.54 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:29 ]
Arxiv ichida: doc