Reja: 1.Saqlanadigan moyli urug'larning tavsifi 2.Urug' va uning tarkibidagi moyning sifatli saqlanishiga ta'sir etuvchi faktorlar. 2 Moyli xom ashyoni saqlashda ro'y beradigan jarayonlar. 2.1.Namlikning ta'siri. 2.2.Nafas olish jarayoni. 2.3.Mikroorganizmlar ta'siri. 2.4.Haroratning ta'siri. 2.5.Atmosfera ta'siri. 3.O'z-o'zidan qizish jarayoni. 4.Urug'larning yetilishi. 1.Saqlanadigan moyli urug'larning tavsifi Yog'-moy sanoati korxonalarida xom ashyo sifatida ishlatiladigan moyli xom ashyolar mavsumiy bo'lib, ular dalalarda yig'ishtirilgandan so'ng, 2-3 oy ichida korxonada keltiriladi. Korxonada bir yilda ishlatiladigan xom ashyoning 30-90 foizini 2-3 oy ichida qabul qilinadi. Bu xom ashyoni korxona yil davomida qayta ishlaydi. Moyli urug' tirik organizm bo'lganligi sababli yig'ishtirilib olingandan so'ng ham uning tarkibidagi zaxira moddalar hisobidan nafas olish, yetilish va boshqa tabiiy jarayonlar sodir bo'ladi. Moyni qayta ishlovchi va moyli xom ashyolar tayyorlovchi korxonalarga -sifati turli-tuman bo'lgan urug'lar; -daladan toza yig'ishtirilgan iflos va nam, turli darajalarda sifati turli tuman bo'lgan urug'lar; -talab qilingan sifatdagi yig'ishtirilgandan keyin yetilishdan utgan, turli ifloslik va namlikdagi urug'lar; -standartga tug'ri kelmaydigan urug'lar; -kamchiligi bor urug'lar olib kelinadi. Yaxshi sifatli toza yig'ishtirilgan va yetishtirilgan urug'lar saqlanadigan va uzoq muddatda saqlashga chidamli bo'ladi. Kamchiligi bor, zararkunandalar bilan zararlangan va boshqa urug'lar yaxshi sifatli urug'lardan alohida saqlanadi va imkoniyat bo'lishi bilan birinchi navbatda qayta ishlanadi. Ko'p miqdordagi urug'ning kam xarajat qilib sifatini buzmasdan saqlashni tashkil etish uchun, urug'ning xususiyatlari va unga ta'sir etadigan faktorlar tug'risidagi tushunchaga ega bo'lishi zarur. Urug' massasi tarkibida turli o'lchamdagi moyli urug', turli o'lchamdagi mineral, organik va begona o'simliklar urug'i; mikrooganizmlar va zararkunandalar; urug'lar orasida havo bo'ladi. Bunday moddalarning urug' tarkibida bo'lishi, bu urug'ni saqlashga tayyorlashda e'tiborga olinishi talab etiladi. 2.Urug' va uning tarkibidagi moyning sifatli saqlanishiga ta'sir etuvchi faktorlar: -urug' massasining va uning alohida qismlarining namligi; -urug' va uning atrofidagi harorat; -urug'lar orasidagi va atrofdagi havo tarkibidagi gazlar tarkibi; -urug' massasining va uning alohida qismlarining pishib yetilganligi; -namlikning tekis taksimlanishi va urug' massasining bir xilligi; -begona va moyli aralashmalar; -mikrofloralar bilan zararlanganligi va ularning hayot faoliyati; -urug' massasi tarkibida zararkunanda xasharotlarning borligi; -urug'ni yig'ishtirish va undan keyingi ishlov berish shart-sharoiti, ob-havo va boshqalar. Urug' massasining va uning alohida qismlarining namligining yuqori bo'lishi,uning saqlanishiga ta'sir etadigan asosiy faktorlardan biridir. O'simlik tanasi tuliq pishib yetilgan urug'ning namligi past va uning nafas olishi sekin bo'ladi.Bunday urug'lar tarkibidagi boshqa komponentlarning hayot faoliyati ham sekin boradi. Urug'ning tarkibida namlik oshib ketsa uning nafas olishi tezlashadi, urug'da biologik jarayonlar aktivlashadi va urug' tuqimalariga erkin suv hosil bo'lib u kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etib zaxira moddalar ya'ni moylarni sarflanishiga olib keladi. Urug'da erkin suv hosil bo'ladigandagi namlik ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.39 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.39 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:29 ]
Arxiv ichida: doc