Reja: 1. Urug'li o'simliklarni sporali o'simliklardan farq qiluvchi belgilari. 2. Urug'li o'simliklarni bo'limlari. 3. Ochiq urug'li o'simliklarning anatomo-morfologik tavsifi. 4. Ochiq urug'li o'simliklarning kelib chiqishi va tarqalishi. 5. Ahamiyati. 1. Urug' bilan ko'payadigan barcha o'simliklarga urug'li o'simliklar deb ataladi. Urug' ko'p hujayrali mo'rtak va enospermdan tashkil topgan. Mo'rtak boshlang'ich ildiz, poya va bargdan iborat. Urug'li o'simliklar spora hosil qilib ko'payuvchi o'simliklardan quyidagi belgilari bilan farq qiladi. 1. Spora bilan ko'payuvchi o'simldiklarda gametofit bo'g'ini mustaqil hayot kechiradi. Urug'li o'simliklarda esa gametofit sporofit hisobiga yashaydi. 2. Sporali o'simliklarning hammasida erkaklik gametasi ya'ni spermatozoidlari serharakatchan bo'ladi, urug'li o'simliklarda esa spermasi serharakatchan emas. 3. Sporali o'simliklarda urug'lanish faqat suv yordamida amalga oshadi. Urug'li o'simliklarda esa urg'lanish ko'pchiligida quruqlikda boradi. 4. Sporali o'simliklarda onalik (megaspora) megasporangiylarda etilsa, urug'li o'simliklarda onalik a'zosi urug'kurtakda etiladi. Urug'kurtakning hosil bo'lishi evolyutsiya natijasida megasporangiyning shakl o'zgarishidan hosil bo'lgan deb qaraladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, urug'ni hosil bo'lishiga sporalarning megasporangiylardan ajralmasdan gametofitga aylanishidir, ya'ni sporani o'rab turuvchi megasporangiylar urug'ni qoplab turuvchi qavat bo'lib hisoblanadi. Ochiq urug'lilarda urug' qubbalarda, yopiq urug'lilarda esa mevaning ichida etiladi. 2. Urug'li o'simliklar 2-ta bo'limga bo'linadi: 1. Qarag'aytoifalar (ochiq urug'liklar) bo'limi-Pinophyta (Gimnospermae) 2. Magnoliyatoifalar (yopiq urug'li yoki gulli o'simliklar) bo'limi - Magnoliophyta ,Angiospermae ,Anthophyta. 3. Qarag'aytoifalar bo'limining anatomo-morfologik tavsifi. Qaragaytoifalar bo'limiga mansub o'simliklarning urug'i «ochiq» holda, meva ichida emasligi bilan xarakterlanadi. Bular daraxt va butalar bo'lib, o't o'simliklari uchramaydi. Poyasi (tanasi) murakkab tuzilishga ega. Kambiy taraqqiy etgan. O'tkazuvchi nay bog'lamlari - ksilema, floema, traxeidlar, ba'zan traxeyalar ham mavjud. Barglari xar-xil: patsimon, qirqilgan, yirik, ba'zilarida esa mayda, ninasimon tuzilishiga ega. Ko'pchilik ninabarglilar poyasi tarkibida smola (elim) va boshqa organik moddalar saqlovchi naychalar bo'ladi. Bularda ham asosiy o'simlik sporofit nasl, qonuniy ravishda gometofit bilan gallanib turadi. Ko'payish a'zolari, mega va mikrosporofil bargchalarining yig'ilishidan hosil bo'lgan qubbalar hisoblanadi. Qubbalar ayrim jinsli ba'zilarida ikki jinsli (Bennettitlarda). Ayrim jinsli qubbalardagi mikrosporofil bargchalarda mikrosporalar etilib, u o'sib, changga aylanadi. Mazmun jihatdan erkak gametofit hisloblanuvchi chang tuzilishi bo'yicha ikki qavatdan: ekzina va intinadan iborat. Chang tarkibida protoallial, anteredial hujayralar va havoda uchib yurishga yordam beradigan havo pufakchalari shakllangan. Urg'ochi gametofit, bu urg'ochi qubbalardagi megosporofil bargchalarda joylashgan urug' kurtaklardan iborat. Urug' kurtak endosperm va arxegoniydan tashkil topgan. Uning tashqi tomoni integument va ichki nutsellus qatlamlaridan tuzilgan. Urug' kurtak otalangandan so'ng megosporofillarda ochiq holda urug' hosil bo'ladi. Qubbalar shakli jihatdan tuxumsimon bo'lib, erkak qubbalari kichikroq, urg'ochi qubbalari yirikroq bo'ladi. Bularda jinsiy ko'payish jarayonida changdan chang naychasini o'sib chiqishi, bu muhim evolyutsion rivojlangan belgi hisoblanadi. 4. ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.08 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.08 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:29 ]
Arxiv ichida: doc