Urug'ning unib chiqishi va o'simtaning rivojlanishi

Urug'ning unib chiqishi va o'simtaning rivojlanishi

O'quvchilarga / Botanika
Urug'ning unib chiqishi va o'simtaning rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Urug'ning unib chiqishi va o'simtaning rivojlanishi Reja : Nish. Poya. Novda sistemasi. Urug' pishib etilishi uchun malum jarayonlarni o'tashi kerak, yani vaqt talab etiladi. Bu, juda ko'p tashqi va ichki omillarga bog'liqtsir. Tashqi (ekologik) omillar ichida eng muhimi: suv, havo (kislorod) va haroratdir. Bundan tashqari, mayda urug'larning unishi (ayniqsa be-gona va yovvoyi o'tlar) uchun yorug'lik ham kerak bo'ladi. Yetilgan urug'lar, odatda, juda ham quruq bo'ladi. Ular-ning nisbiy namligi 5-20%ni tashkil etadi. Shuning uchun ham urug'lar zarur bo'lgan suvni o'zlashtirib olmaguncha una olmaydi. Suvning shimilishi natijasida urug' bo'rtadi. Uning tarkibida mavjud bo'lgan fermentlarning faoli-yati oshadi, nafas olishi tezlashadi va oziq moddalar par-chalanadi. Poliribosomalarning faoliyatida oqsil va boshqa moddalar sintez qilinadi. Mo'rtak qaytadan bo'li-nadi, hujayralar cho'ziladi. Buning uchun suv va oziq mod-dalar to'xtovsiz talab etiladi. Urug' unishining dastlabki davrlarida anaerob sha-roitda, keyinchalik urug' po'sti yorilganda, so'ng aerob sha-roitda nafas oladi. Agar shu vaqtda tuproqda nam mo'l bo'lsa, urug'ning nafas olishi qiyinlashadi, chunki kis-lorod miqtsori yetishmasligi sababli urug' unmasdan qo-ladi. Ko'pchilik urug'lar unib chiqishi uchun har xil daraja-dagi haroratni talab etadi. Lekin har bir tur o'simlik-ning o'z minimum (eng oz,), optimum (eng yaxshi, qulay) va maksimum (eng baland, yuqori) darajadagi harorat chegara-si bo'ladi. Ko'p o'simliklar uchun haroratning eng past (minimum) chegarasi 0+5°S, eng baland (maksimum) +45, +48°S, o'rtacha (optimum) +25, +30°S atrofida bo'ladi. Bazi urug'lar tashqi barcha shart-sharoitlar qulay bo'lgan taqdirda ham unmaydi. Bunday urug'lar tinim dav-ridagi yoki uyqudagi urug'lar deb ataladi. Tinim davridagi yoki uyqudagi urug'lar ekzogen, yoki endogen va murakkab, yani ham ekzogen ham endogen bo'li-shi mumkin. Ekzogen tinimdagi urug' po'sti juda ham qat-tiq bo'lib, o'zidan suv va havoni o'tkazmaydi (masalan, danakli mevalarning urug'lari, qashqarbeda, akatsiya va boshqa o'simlik urug'lari). Endogen urug'larning mo'rtagi sekin rivojlanadi (jenshen). Bu xildagi urug'larning mo'rta-gi bir yoki ikki, uch yil davomida etilishi mumkin. Bu-ning sababi ko'p, ammo, eng muhimi shundaki, ko'pincha mo'rtak fiziologik jihatdan hali to'liq etilmagan bo'lib, urug' po'sti esa suvni, bazan hatto kislorodni ham o'tkaz-maydi. Ana shunday fiziologik jihatdan etilmagan urug'-lar unishi uchun bir qator murakkab fermentativ va bio-kimyoviy jarayonlarni o'tashi shart. Shunda urug' keyinroq pishib etiladi. Iqlimi mo'tadil mintaqalarda uncha so-vuq bo'lmagan qish davri mana shu jarayonlarning o'tishi uchun imkon yaratadi. Natijada etilish uchun talab qili-nadigan qo'shimcha vaqt, urug'ning qish payti (noqulay sharoit)da unishining oldini oladi. Aynyqsa, sovuq iqlimda o'suvchi o'simliklarning hayoti uchun tinim davri katta ahamiyatga ega, chunki bu urug'larni har qanday sharo-itda unishdan saqlaydi va ularni keyingi hayotchanligini ta'minlaydi. Bazi urug'lar tinim davrini qushlarning yoki sutemizuvchilarning ovqat hazm qilish organlarida o'taydi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 176.37 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 176.37 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga