Uzoq formalarni duragaylash Reja: Uzoq formalarni duragaylash xillari va ahamiyati Uzoq formalardan olingan duragaylarning pushtsizligini bartaraf etish. Uzoq formalarni duragaylashdan qishloq xо'jalik amaliyotida foydalanish Uzoq formalarni duragaylash xillari va ahamiyati Har xil tur va turkumlarga (avlodlarga) mansub о'simliklarni chatishtirish uzoq formalarni duragaylash deb ataladi. Ulardai qaysi qо'llanilishiga qarab turlararo va avlodlararo duragaylash bо'lishi mumkin. Masalan, yumshoq bug'doy bilan qattiq bug'doyni, о'rta tolali g'о'za bilan ingichka tolali g'о'zani, kungaboqar bilan topinamburni, madaniy kartoshka bilan yovvoyi turlarini chatishtirish turlararo, bug'doy bilan javdarni, kartoshka bilan pomidorni, olma bilan nokni, о'rik bilan olxо'rini chatishtirish esa turkumlararo (avlodlararo)duragaylash deyiladi. Uzoq formalarni duragaylashning ilmiy asoschisi bо'lib I.Kelreyter hisoblanadi. U 1760 yilda nos tamaki (maxorka) bilan tamakini chatishtirib birinchi duragayni olgan. Uzoq formalarni duragaylash katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Kо'pgina madaniy о'simliklarning turkum va turlarini evolyusiyasida buning ahamiyati katta. Bundan tashqari seleksiyada yangi navlarda har xil tur va turkumga mansub о'simliklarning belgi-xususiyatlarini mujassamlashtirish imkoniyati tug'iladi. Chunki tadqiqotlar shuni kо'rsatadiki, tur ichida duragaylashda seleksiyada kо'pgina masalalarni hal etishda imkoniyati chegaralangan. Hozirgi davrda yer yuzida yopik urug'li о'simliklarniig 200 mingdan ortiq turi bо'lib, shundan 250 turi yoki 0,12% madaniy holda kishilar tomonidan foydalanib kelinadi. Yovvoyi turlarda madaniy turlarda bulmagan kо'pgina xususiyatlari mavjud Masalan, bugdoyni bug'doyiq bilan chatishtirish katta qiziqish uyg'otadi. Chunki bug'doyiqda (Aggorugop repenis) kо'pgina xususiyatlar mavjud. Unda qishga chidamlilik (-40, -45 haroratda ham yaxshi qishlaydi), zamburug' kasalliklariga chidamlilik, donda oqsilning kо'pligi (20-22 %), mahsuldor poyalarning kо'iligi, boshoqda donning hosil qilishi (bir о'simlikda 5 mingtagacha don) kabilardir. Bug'doyning bu yovvoyi «qarindoshi» yer sharida keng tarqalganligi uning kо'pgina sharoitlar uchun moslashganligini bildiradi. Kо'pgina kartoshka navlari ( ) kasalliklar (fitoftora, virus kasalliklari, rak) va zararkunandalari (nematodalar) bilan kuchli zararlanishi natijasida xosildorlik keskin pasayib ketgan edi. Tur ichida duragaylash bilan chidamli navlarni yaratish qiyin edi. Shuning uchun ( ) turlarida chidamli formalarini madaniy navlar bilan chatishtirish asosida kо'pgina chidamli navlar yaratilgan. Har xil tur va avlodlarga (turkumlarga) mansub о'simliklarni duragaylashdagi qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish usullari Bir turga mansub о'simliklar oson chatishadi va avlod beradi. Lekin uzoq formalarni duragaylashda ba'zi qiyinchiliklar mavjud. Bular quyidagilar: 1). turlar va turkumlarning о'zaro chatishmasligi; 2). duragay urug'lar unuvchanligining pastligi; 3). olingan duragaylarning pushtsiz bо'lishi. Uzoq turlararo va turkumlararo formalarning chatishmasligi yoki qiyin chatishishining sababi genetik jihatdan uzoq bо'lgan gametalarning genetik, fiziologik va tarkibiy mos kelmasligi bilan bog'liq.Uzoq formalarni duragaylashda quyidagi hollardan biri kuzatiladi: 1).chang donasi boshqa turning urug'chi tumshuqchasida о'sa olmaydi; 2).chang naychasi juda sekin о'sgani sababli murtak xaltasiga yetib kelolmaydi; 3).chang naychasi yetib kelsa ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.54 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.54 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:29 ]
Arxiv ichida: doc