Vegetativ a'zolar. Ildizning vazifasi va morfologik tuzilishi

Vegetativ a'zolar. Ildizning vazifasi va morfologik tuzilishi

O'quvchilarga / Botanika
Vegetativ a'zolar. Ildizning vazifasi va morfologik tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Ildiz va uning xususiyatlari 2. Ildiz sistemasi va uning klassifikatsiyasi 3. Ildiz metomorfozi 1. Ildiz o'sishi chegaralanmagan asosiy vegetativ organ hisoblanadi. Ildiz rinevidlar, psilofitlar va moxsimonlardan tashqari barcha yuksak o'simliklar uchun xosdir. Bu o'simliklarda ildiz vazifasini rizoidlar bajaradi. Ildiz yuksak o'simliklarning ayrim vakillari: shumg'iya va zarpechakda bo'lmaydi. Ularning parazitlik bilan hayot kechirishi ildizni yo'qolishigi olib kelgan. Ildiz poyadan quyidagi belgilari bilan farq qiladi: 1. Yerning magnit maydonining tortish kuchiga qarab intilib o'sadi. 2. Geotropizm hodisasi yaxshi ifodalangan. 3. O'sish konusi ildiz qini bilan o'ralgan. 4. Ildiz hech qachon barg hosil qilmaydi. O'simlik hayotida ildiz quyidagi fiziologik va mexanik vazifani bajaradi. 1. Tuproqdan suv va unda erigan mineral moddalarni qabul qiladi. Bu vazifani ildizning birlamchi tuzilishga ega bo'lgan yosh qismlari, ildiztukchalari va mikoriza hosil qilgan qismi amalga oshiradi. 2. O'simlikni tuproqqa biriktirib turadi. Natijada o'ziga xos mustahkamlik amalga oshadi. Masalan, 4 oylik makkajo'xorini sug'irib olish uchun 130 kg kuch kerak bo'ladi. 3. Organik moddalarni to'playdi. 4. O'simlikni tuproqdagi mikroorganizmlar bilan munosabati amalga oshadi. 5. Zahira oziq moddalarni to'planishiga xizmat qiladi. Masalan: sabzi, lavlagi, turp, sholg'omda va hokozo. 6. Vegetativ ko'payishga xizmat qiladi. Ildizning tuproqda tarqalishiga qarab yuzada joylashgan, chuqurda joylashgan guruhlarga ajratish mumkin. A. P. Modestov fikricha, makkajoxori, bug'doy, suli kabi o'simlik ildizlari 200-250 sm, kungaboqar va lavlagi 270-280, beda 10-15 m, yantoqda undan ham chuqurda joylashadi. Bir tup kuzgi bug'doy ildizi uzunligi 600 km, yon va ildiz tukchalari bilan birgalikda 100 km uzunlikni 200 m2 yuzani tashkil qiladi. Ildizning chuqurlikda joylashish xususiyatini o'simlikka agrotexnik ishlov berishda nazarda tutish lozim. 2. Ildiz sistemasini klassifikatsiya qilishda uning kelib chiqishi, shoxlanishi va morfologik tuzilishi nazarda tutiladi. Кelib chiqishiga ko'ra ildizlar 3 guruhga bo'linadi. 1. Asosiy ildiz. 2. Yon ildiz. 3.Qo'shimcha ildizlar. Asosiy ildiz urug'ning murtak qismidagi murtak ildizchasining rivojlanishidan hosil bo'ladi. Asosiy ildizdan hosil bo'ladigan ildizlarni birinchi tartibli yon ildizlar, birinchi tartiblidan hosil bo'lganlarni ikkinchi tartibli, uchinchi tartibli va hokazo. Qo'shimcha ildizlar yer osti o'zgargan novdalar, piyozboshlar, tuganaklar va ildizpoyalardan hosil bo'ladi. Asosiy, qo'shimcha va yon ildizlar o'simlikning ildiz sistemasini hosil qiladi. Tuzilishiga ko'ra o'q va popuk ildizlar hosil bo'ladi. O'q ildiz ikki pallali o'simliklar uchun xos bo'lib unda asosiy ildiz yaxshi rivojlangan bo'ladi. Popuk ildizda asosiy ildiz yaxshi rivojlanmaydi, uning o'rniga yon ildizlar taraqqiy etgan bo'ladi. Bunday ildizlar bir pallali o'simliklar uchun xosdir. Ildiz tiplarini aniqlashda uning suv va unda erigan mineral moddalarni qayerdan olishi nazarda tutiladi. Shuning uchun quyidagi tiplar mavjud. 1. Yer osti ildizlar. 2. Suv ildizlari. 3. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.4 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.4 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga