Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti Fan. BOTANIKA (O'simliklar anatomiya va morfologiyasi, tuban o'simliklar) Mavzu: Vegetativ organlar RYeJA: 1. Ildiz va uning xususiyatlari 2. Ildiz klassifikatsiyasi 3. Ildiz metamorfozi 4. Ildizning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi Vegetativ organlar novda barg Ildiz Vegetativ organlar poya Ildiz.Ildiz sistemasi O'simliklarning bargsiz, kurtaksiz yer osti qismiga ildiz deyiladi. Ildiz sistemasi -barcha ildizlar yig'indisi ildiz sistemasini hosil qiladi. ildiz Funktsii kornya Ildiz quyidagi vazifalarni bajaradi: tuproqdan suv va unda erigan moddalarni o'zlashtiradi; ildiz - yordamida o'simlik tuproqqa mustahkam birikadi; ildizda - turli moddalar hosil bo'ladi; moddalar zapas holda to'planadi; ildiz - vegetativ ko'payish vazifasini bajaradi. Asosiy Yon Ildizning tuzilishi Yon ildizlar keyinroq chiqadi va asosiy ildizlardan atrofga taralib, tarmoqlanib ketadi. Ikki pallali o'simliklarning asosiy ildizi mo'rtak ildizchasidan hosil bo'ladi va vertikal holatda joylashib, o'sib rivojlangan sari asta-sekin yerga chuqur kirib boradi. Yon ildizlar o'z navbatida, o'zidan ikkinchi tartibli ildizlar chiqaradi, ikkinchidan uchinchi tartib ildizlar chiqadi. Qo'shimcha ildizlar - asosiy va yon ildizlardan emas, balki poyadan va hatto barglardan ham chiqadi. Qo'shimcha ildizlar - ko'pincha o'simliklar yer usti organlarining biror qismi nam tuproqqa ko'milib qolganda hosil bo'ladi. Bunday hodisa, cho'lda o'sadigan buta qandimda kuzatiladi. Agar, uning shoxlari qumga ko'milib qolsa, tezda qo'shimcha ildiz chiqaradi. Tok, nastarin, malinada ham kuzatiladi. Ildizlar - o'q ildiz va popuk ildizga bo'linadi. O'q ildizlar baquvvat bo'lib rivojlanadi va yerga vertikal yo'nalishda kiradi. Masalan, g'o'za, beda. Yantoqning ildizi yerga 15 - 20 m gacha chuqurlikka kiradi. Ildizning tuzilishi Popuk ildizlar bir pallali o'simliklarga xos bo'lib, ular asosiy ildiz o'sishdan to'xtagandan keyin, hosil bo'lgan juda ko'p qo'shimcha ildizdan iborat. O'q va popuk ildizlardan tashqari, boshqa shakldagi ildizlar, masalan piyozboshsimon, konussimon va hokazo ildizlar ham bo'ladi. Ildizning tuzilishi Bazan, o'simliklarning ildizi universal tipda: ham gorizontal, ham vertikal yo'nalishda o'sadi. Masalan, O'rta Osiyoning cho'llarida o'sadigan saksovul va sho'rak. Bu o'simliklarning ildizi yerning yuqori qatlamlaridangi yog'in - sochin suvidan, yerning chuqur qatlamlaridagi suvdan, asosan sizot suvlaridan foydalanadi. Ildizning tuzilishi Ildiz qini Yon ildiz O'suvchi qism Bo'linuvchi qism Ildiz tukchalari Shimuvchi qism Yog'ochlik naylari po'st epiblema Ildizning uchki qismini ildiz qini o'rab turadi. Ildiz qini (g'ilofi) himoya vazifasini bajaradi. Uning hujayralari doimo yangilanib turadi. Ildiz qini ostida hosil qiluvchi to'qima joylashadi. Uning hujayralari doimo bo'linish xususiyatiga ega. Hosil qiluvchi to'qima hujayralarning joylashgan qismi bo'linish zonasi deb ataladi. Ildizning bo'linish zonasidagi hujayralar faoliyati natijasida tashqi, o'rta va ichki qavatlar ajraladi. Tashqi qavatdan ildizning qoplovchi to'qimasi kelib chiqadi. Bu to'qima shimish vazifasini bajaradi. O'rta qavatdan asosiy qavat ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
21.03 MB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:29
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
21.03 MB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:29 ]
Arxiv ichida: pptx