Viruslar va Bakteriyalarning tuzilishi, tarqalishi va ko'k-yashil suv o'tlar Reja: Viruslar va ularning tuzilishi, tarqalishi, ko'payishi. Bakteriyalarning tuzilishi, shakllari, tarqalishi, ko'payishi. Ko'k-yashil suv o'tlarining tuzilishi, tarqalishi, ko'payishi, ahamiyati Viruslar tirik mavjudotlarning eng sodda tuzilgan shaqliy elementlari hisoblanadi. Virus mayda ultromikroskopik tana bo'lib, uning diametri 450-500 n m dan oshmaydi. Masalan, qora mollarda YASHUR kassaligini qo'zg'atadigan virusning diametri 20 n m keladi. Viruslarda hujayra strukturasi shakllanmagan va ularda membrana hamda energiyani regeneratsiya qiladigan apparat yo'q. Shunga qaramay virus o'zining xususiy geniga ega. Virus 1892 yilda rus olimi D.I.Ivanovskiy tomonidan tomaki mozayka kassaligini o'rganish jarayonida ochilgan. D. I. Ivanovskiy virus bilan kasallangan o'simlik shirasini filtrdan o'tkazilganda ham sog' o'simlikni kasallantirishi mumkinligini aniqlangan. 1956 yilda Amerikalik olim U. Stenli yetilgan virus ikki komponent: Oqsil va nuklein kislotalarining faqat bir turi DNK dan yoki RNKdan iboratligini, viruslarning tabiati esa oqsil komponenti bilan emas, balki nuklein kislotasi bilan aniqlanishini isbotlagan. Keyingi vaqtlarda ko'pchilik viruslar kristall shaklida olingan. Bu kristallar sog' o'simlik tanasiga yuborilganda virus kasalligini quzg'atadi va tez kunda sog' o'simlik tanasida kassalikni aniqlash mumkin. Viruslarning qiziq xususiyatidan yana biri shundaki, sun'iy ravishda hosil qilingan muhitda ular ko'paymaydi. Viruslar tiriklik xususiyatini faqat tirik organizmda, hujayra ichida namoyon qiladi. Ular o'z hayot jarayoni uchun xo'jayin o'simlik hujayrasidagi ferment apparatidan foydalanadi. Aniqlanishicha viruslar o'z genini- (genomini) xo'jayin geni - (genomi) bilan qo'shish kobilyatiga ega. Bu esa viruslarni xo'jayin hujayrasida maxfiy yashashi uchun sharoit tugdiradi. Viruslar bakteriyalar va hujayraning ayrim komponentlari simbioz munosabatda bo'lishi mumkin. Viruslarning yadro bilan simbiozi maxsus mutatsiyalarni vujudga kelishiga sabab bo'ladi. Ko'pchilik bakteriyalar bir xo'jayinga, ya'ni o'simlik yoki hayvonning bir turiga moslashadi. Lekin viruslarning ayrim turlari bir nechta xo'jayinda parazitlik qilishi mumkin. Elektron mikroskopik tekshirishlar va rentgeno struktura analizlari natijasida viruslarning tuzilishi va strukturasi tug'risida ma'lumotlarga ega bo'linadi. Viruslar shakliga ko'ra 3 gruppaga bo'linadi. Silindrik tayoqcha shaklidagi viruslar (tamaki mozaikasi virusi) Egilgan ip shaklidagi viruslar (tamakining chirish mozaikasi virusi) Yumaloq yoki poliedrik viruslar ( polendor kasalligi virusi) Viruslarning kelib chiqishi tarixi tug'risida ham har xil fikrlar bo'lib, bulardan biri viruslar qadimda hujayrasiz tirik mavjudotlardan paydo bo'lgan deb qaralsa, ikkinchisi ular hujayra nukleoproteidlardan hosil bo'lgan deb qaraydi. Viruslarning o'simliklar dunyosi sistemasiga qo'shishini mashxur filogenetik olimlardan F. Berkli, B. Kozo- Polyanskiy, K. Suxov va boshqa taklif etishgan. Viruslar vazni, kimyoviy va biologik xususiyatlarining umumiyligi bilan xarakterlanadi. Mazkur xususiyatlariga asoslangan holda viruslar 19 gruppaga bo'linadi. Viruslarga faglar - parazit mikroorganizmlar ham mansub. Tabiatda faglar keng tarqalgan bo'lib, ularni suvda, tuproqda, havoda va boshqa muhit sharoitlarida uchratish mumkin. ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
5.71 MB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
5.71 MB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:29 ]
Arxiv ichida: doc