Xaltali zamburug''lar Reja: 1. Askali zamburug'''larning tuzilishi ko'payishi, tarqalishi, ahamiyati? 2.Yalong'och xaltachalilar sinfchasi va ularning vakillari, tuzilishi, ko'payishi, tarqalishi, ahamiyati? 3.Meva xaltachalilar sinfchasi va ularning vakillari, tuzilishi, ko'payishi, tarqalishi, ahamiyati? Xaltali zamburug''lar - (Assomycetes) sinfi. Bu sinf zamburug''larning 30 00 dan ortik yoki hozirda ma'lum bo'lgan zamburug''larning 30% ini O'z ichiga oladi. Ular tuzilishi, hayoti va oziqlanishiga ko'ra, nihoyatda turli-tumandir. Mazkur sinfga bir hujayrali ko'rtaqlanuvchi turush zamburug''i hamda meva tanalari, shakli, tuzilishi va katta-kichikligi jihatidan mikroskopik mayda va ayrim xollarda 10-20 sm kattalikdagi zamburug''lar kiradi. Lekin bu turli-tuman zamburug''lar kelib chiqishining umumiyligi va o'xshash belgilari bo'yicha bir sinfga birlashtirilgan. Askomitsetlarning asosiy sistematik belgisi jinsiy jarayon natijasida spora beruvchi xaltachalar - askolarning hosil bo'lishidir, har bir xaltacha ichida 8 ta askospora bo'ladi. Xaltali zamburug''larda rivojlanish siklining keng tarqalgan shakllari quyidagilardan iborat: Xaltada hosil bo'lgan spora unib ko'p yadroli yoki bir hujayrali mitseliyni hosil qiladi. Bu zamburug''ning aksariyat qismida vegetativ tana substrat yoki xo'jayin o'simlik ichida bo'ladi. Ularning vegetativ tanasi bir yoki ko'p yadroli hujayralardan iborat gaploid mitseliylardan tashkil topgan. Zigomitsetlardan farqli ravishda aksomitsetlarda mitseliylardagi tusiklar ma'lum tartibda, yadroni bo'linishi bilan sixron ravishda hosil bo'ladi. Askomitsetlarning ko'pchiligida jinsiy jarayon gametalarga defferensiyalashmagan erkaklik va va o'rg'ochilik jinsiy organlarining suyo'ligini biridan ikkinchisiga kuyilishi natijasida sodir bo'ladi. Bunday holda ularning faqat plazmalari kushiladi, erkaklik va o'rg'ochilik organlarining yadrolari kushilmaydi, balki bir-biri bilan yaqinlashib, juft yadrolar - dikarionlarni hosil qiladi. Dikarionlar joy olgan o'rg'ochilik jinsiy organlaridan askogen iplari hosil bo'ladi. Dikarionlar askogen gifalariga utib, sinxron ravishda ko'paya boshlaydi. Askogen gifada dikarionlar o'rtasida kundalang tusiklar hosil bo'ladi va har bir hujayra O'zining kush yadrosiga ega bo'ladi. Askogen gifalarining uchida ikki yadroli hujayralardan ancha murakkab yul bilan xalta (asko) hosil bo'ladi. boshlang'ich xaltani aks ettirgan bu hujayrada jinsiy jarayonning ikkinchi bosqichi kariogamiya amalga oshadi, ya'ni yadrolar O'zaro kushiladi. Hosil bo'lgan diploid yadro uch marta bulinib, sakkizta gaploid yadro hosil qiladi. Yadrolar atrofida sitoplazma shakllanadi va shu bilan xaltali sporalar hosil bo'lishi poyoniga yetadi. Askomitsetsimonlar odatda ikkita kenja sinfga bo'lib urganiladi. Yalang'och xaltachasimonlilar kenja sinfi - (Protoascomycetidae). Meva tanasi yo'q, xaltachalar to'g'ridan-to'g'ri mitseliyda hosil bo'ladi. Bu kenja sinf ham O'z navbatida 2 ta tartibga bo'linadi. a) Dastlabki xaltachalilar (Protoscales) yoki endomitsetlar (Endomycetales) Dastlabki xaltachali zamburug''larning ko'pchiligi o'simlik chiqindilari, ayegetativ tanalari, mevalari, gullarining nektar- larida va nam tuproqda saprofid holda oziqlanadi. Dastlabki xaltachali zamburug''lardan keng tarqalgan va xo'jalik ahamiyatiga ega bo'lgan vakillari alohida achituvchi zamburglar oilasiga kiradigan zamburug''lar yoki saxoromitset lardir. Ular yumaloq yeki oval shaklidagi ko'rtaqlanish yoki bo'linish yo'li ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
180 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
180 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:29 ]
Arxiv ichida: doc