Xona gullari va ulardan ko'kalamzorlashtirishda foydalanish Xona gullari va ulardan ko'kalamzorlashtirishda foydalanish RYeJA: Xonalarda, kirish joylarida manzarali gulzorlarni tashkil qilish. Xonalardagi gullarning joylashishi simmetriya. Xonada tashkil etilgan gulzorlarni parvarishlash xususiyatlari Tayanch iboralar: interer, xona gullari, havo harorati, xona harorati, ko'paytirish, ekish . Xonalarda, kirish joylarida manzarali gulzorlarni tashkil qilish Zamonaviy intererlar gullar hozirgi vaqtda ishlab chiqarish korxonalari, bino va inshootlar, ishxonalar, madaniyat uylari va xonalarni bezatish uchun kesilgan jonli gullar va manzarali o'simliklardan tuzilgan kompozitsiyalar ishlatiladi. Gullar va manzarali o'simliklarni xonalarda turli yashiklar, kashpolar, maxsus stolchalar va hoka'zolarda joylashtirish mumkin. Ampel va chirmashuvchi o'simliklar o'simliklar osma va devoriy kashpolarga o'rnatiladi. Agar bezatilayotgan xona katta bo'lsa, u holda gulli va manzarali o'simlik solingan guldon hamda savatlarni yerga (polga) qo'yish mumkin. Yassi guldonlarda rangi, balandligi va shakli bo'yicha bir-biriga mos tushuvchi gulli va manzarali bargli o'simliklar joylashtiriladi. Bunday o'simliklardan tuzilgan klmpozitsiyalar, agar ampel o'simliklari bir tomonidan osilib tursa, juda chiroyli ko'rinadi. Yashiklarni turli materiallardan yasash mumkin. Ular devor tusiga xos yoki yorqin bo'lmagan ranga bo'yab laqlanadi. Yashiklar yoki kashpolarga joylashtirilgan gul tuvaklar yashik chetlaridan bir muncha past bo'lishi kerak. Tuvaklarni yuqorisiga yangi mox, keramzit, vermikulit yoki yuvilgan toshchalar solinadi. Tuvaklar orasidagi bo'sh joylar ham shu materiallarning biri bilan to'ldiriladi. Xona gullari va ulardan ko'kalamzorlashtirishda foydalanish Xonalardagi gullarning joylashishi Xonalardagi gullarning joylashishi simmetrik bo'lmasligi kerak, baland bo'yli o'simliklar shakllari pastak o'simliklar bilan mos tushishi lozim. Gullarni kashpo yashiklarga joylashtirishda ularning balandligi va yorug'likka talabini hisobga olish lozim. Yorug' sevar va past bo'yli o'simliklar yorug'likka yaqinroq, soyaga chidamli, baland bo'ylio'simliklar esa devor oldiga joylashtiriladi. Kashpo yashiklarini manzarali o'simliklar bilan to'ldirishda, yirik o'lchamlarni pastak va ampel o'simliklari bilan moslashtirish yaxshi samara beradi. Zamonaviy intererlarni bezatishda tuvak o'simligi va tabiat materiallaridan tuzilgan kompozitsiyalar ham keng tarqalgan. Ular kesilgan gullardan tuzilgan kompozitsiyalardan farqli ravishda juda uzoq saqlanishi mumkin. Bunday kompozitsiyalar keramik yassi guldonlarda yoki keng tuvaklarda ishlatiladi. Kompozitsiyalar uchun xona o'simliklarini tanlashda ularning ekologyasini hisobga olish kerak va sukkulentlar bilan namsevar o'simliklarni, yorug'sevar bilan soyaga chidamli o'simliklarni birga esmaslik zarur. Odatda bitta yirik o'simlik bunday kompozitsiyaning asosi bo'lib xizmat qiladi. Uning atrofida kichikroq o'simliklar, guldon chetlariga esa ampel o'simliklari ekiladi. Sukkuletlardan tuzilgan kompozitsiyalarga turli o'lchamdagi, lekin bir xil rang va o'ziga xos bir necha toshlarni qo'shish mumkin. Xonalarda gullarning joylashishi Xonalardagi gullarning joylashishi Xizmat xonalarini ko'kalamzorlashtirish uchun beor o'simliklar, yani yorug'lik va namlikka uncha talabchan bo'lmagano'simliklar ishlatiladi. Yashil o'simliklar ola-bula bargli o'simliklardan xlorofitum, marmarli peperomiya, aukuba, ola-bula bargli tradeskansiya va boshqalar ishlatilsa chiroyli ko'rinadi. Tuproqni berkitish uchun ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.78 MB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:30
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.78 MB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:30 ]
Arxiv ichida: pptx