Yadro - rasmi

Material tavsifi

Yadro Reja: Yadro, uning tuzilishi va vazifasi Yadro, uning tuzilishi va vazifasi Yadro (lot. nukleus. yunon - karion) hujayraning deyarli o'rtasida, tsitoplazma ichida joylashgan asosiy organoid hisoblanadi. Uni birinchi marta ingliz botanigi R. Braun (1831) aniqlagan. Yadro o'simlik hujayrasi pro-toplastining eng yirik organoidi hisoblanib hamma eukariot olamiga kiruvchi organizmlar hujayrasining asosiy tarkibiy qismidir. O'simlik turi va yoshiga qarab, yadroning katta-kichikligi har xil: chunonchi ko'pchilik o'simliklar hujayrasida 10-25 mkm; jinsiy hujayralarda uning kattaligi 500 mkm gacha bo'ladi. Tsitoplazmada yadro asosan dumaloq, ko'p qirrali, urchuqsimon va boshqa shakllarda katgaligi esa 500 mkm gacha bo'ladi. O'simlik tsitoplazmasida bitta yadro bo'ladi; bazi tuban o'simliklar (suvo'tlari va zamburug''lar)da ikkita yoki , juda ham ko'p bo'lishi mumkin. Bakteriyalar (uvoqlilar) va ko'k yashil suvo'tlarida takomillashgan yadro bo'lmaydi. Hujayra yadrosinint holati va shakli hujayra yoshi va tuzilishiga bog'liq. Yosh hujayralarda u o'rtada, qarigak hujayralarda esa tsitoplazma po'stiga yaqin joylashgan bo'ladi. Yadro hujayrada juda muhim va murakkab vazifani ba-jaradi. U hujayraning zaruriy qismi bo'lib, undagi hayotiy jarayonlarni boshqaradi. Chunonchi, u modda alma-shinuvi, irsiy belgilarni saqlovchi va tashuvchi markaz-dir. Yadrosiz hujayra tez orada nobud bo'ladi. Bu bir qan-cha tajribalar vositasi bilan isbot etilgan. Masalan, bir hujayrali tabulyariya suvo'tining tashqi ko'rinishi so-yabonga o'xshab ketadi, uning yadrosi o'sha soyabon dasta-sining uchida joylashgan. Agar u ko'ndalangiga kesilsa, ikki: biri yadrosiz, ikkinchisi - yadroli bo'lakka bo'li-nadi. Ustki yadrosiz bo'lak bir necha vaqgdan keyin halok bo'ladi, pastkisi, yani yadroli bo'lagi etishmay turgan qismini yangitdan regeneratsiya (lot. regeneratsio - tik-lanish) qilib tanani qaytadan tiklaydi. Rus olimi I. I. Gerasimov spirogira suvo'ti hujay-rasiga sovuq ta'sir ettirib, uning odatdagi holatini o'zgartirishga erishgan, yani sovuq ta'sirida bo'lingak yadro o'rtasida to'siq hosil bo'lmasdan, bo'lingan yadro bit-ta hujayrada qolib, natijada ikki yadroli hujayra hosil bo'lgan. Hujayralar juda tez o'sib yirik hujayraga ay-langan. Yadrosiz hujayra esa, tiriklik belgisi, assimi-lyatsiya (lot. assimilyatsio - o'xshatish, o'zlashtirish) saqlab, yani tashqi muhitdagi moddalarni o'zlashtirish-ni davom ettirgan, lekin bo'linish xususiyatini butunlay yo'qotgan. Bu tajriba bilan I. I. Gerasimov hujayra hayotida yadroning ahamiyatini isbotlagan. Yadroning kimyoviy tarkibi. Kimyoviy tuzilishi jiha-tidan yadro tarkibida 99% DNK bo'lishligi bilan boshqa organellalardan farqqiladi. DNK tsitoplazmaning markaziy qismida joylashib, yadro tarkibidagi dezoksiri-bonukleoproteidlar bilan oqsil yig'indisini hosil qila-di. Yadroda RNK (ayniqsa i-RNK va r-RNK) va juda ko'p miqtsorda oqsillar bo'ladi. Yadro xromatin va yadrocha bo'lib, nukleoplazmada botgan holda uchraydi. Yadro tsitoplazma-dan po'st bilan ajralib turadi. Xromatin (yunon. xrom a - rang, bo'yoq) hujayra yadro-sidagi DNK murakkab oqsil donachalaridan iborat. Yorug'-lik mikroskopida ular ingichka iplar shaklida ko'rina-di. Elektron mikroskopda bu ipchalar uzunligi 20-30 nm ga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.4 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.4 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga