Yalpizkabilar kichik ajdodi Reja: Gazako'tnamolar qabilasi Gazako'tdoshlar oilasi Ro'yannamolar qabilasi. Ro'yandoshlar oilasi Kendirnamolar qabilasi. Kendirdoshlar oilasi Ituzumnamolar qabilasi. Ituzumdoshlar oilasi Pechaknamolar qabilasi Pechakdoshlar oilasi Zarpechakdoshlar oilasi Gavzabonnamolar qabilasi Gavzabondoshlar (Kampirchopondoshlar) oilasi Zaytunnamolar qabilasi. Zaytundoshlar oilasi Sigirquyruqnamolar qabilasi Sigirquyruqdoshlar oilasi Zupturumdoshlar oilasi Yalpiznamolar qabilasi Tizimguldoshlar oilasi Yalpizdoshlar oilasi Bu kenja ajdodcha filogenetik jihatdan qadimgi ra'nokabilarga yaqin turadi. Unga 11 qabila, 51 oila va 2400 ga yaqin turkumga mansub 400 tur kiradi. Gullari zigomorf. Ajdodchaga turlicha hayotiy shaklga ega o'simliklar kiradi. Gazako'tnamolar qabilasi - Gentianales Daraxt, buta, o't o'simlik, bargi qarama-qarshi, qisman halka shaklida joylashgan, oddiy, ko'pincha butun, barg oldi bargchali. Gullari simoz gul to'plamlarida, ikki jinsli, ayrim hollarda bir jinsli, aktinomorf. Changchilari gultojbarglarini soniga teng, qisman undan kam. Ginetseyi senokarp, 2 ta, ayrim hollarda 3-5 (8) taga qadar. Meva bargidan shakllangan tugunchasi ustki, qisman yarim ostki, bir xonali. Mevasi ko'sak, urug'i endospermli. Gazako'tdoshlar oilasi - Gentianaceae Oilaning Yer yuzida 83 turkumi, 1050 turi o'sadi. O'zbekistonda 4 turkumga oid, 17 turi uchraydi. Asosan o't o'simlik, barglari butun, cheti qirqilmagan, qarama-qarshi joylashgan. Guli havorang, qizil, zangori va sariq rangli, barg qo'ltig'ida qarama-qarshi joylashgan. Gul formulasi: Ca(5)A5G(2). Tugunchasi bir xonali, mevasi ko'sakcha, urug'i endospermli. Oilaning barcha xarakterli xususiyatlarini o'zida aks ettirgan turkumi gazako't - Gentiana. Uning yer yuzida 300 dan ortiq turi tarqalgan bo'lib shundan O'rta Osiyoda 90 tasi uchraydi. Gazako't (Erbaho) - Gentiana oliveri ko'p yillik o't o'simlik, bo'yi 10-30 sm, ildiz bo'g'zidan barg va to'pgul hosil qiladi. Kosacha va tojbargi 4-5 a'zoli, qo'ng'iroqsimon, ko'k, siyohrang yoki oqish ko'k. May, iyun oylarida gullab urug'laydi. Tarkibida iridoidli achchiq glikozidlar, flavonoidlar, fenol kislotalar ba'zan alkoloidlar, achchiq glikozid, gensiopikrin bo'ladi. Mahalliy aholi bu o'simlikni ishtahani ochish, oshqozon va ichak kasalliklarida dori sifatida foydalanadilar. Ro'yannamolar qabilasi - Rubiales Ro'yandoshlar oilasi - Rubiaceae Bu katta oilalar qatoriga kiradi 500 ga yaqin turkumga mansub 700 ga yaqin turni o'zida birlashtiradi. O'zbekistonda 8 ta turkumga mansub 50 ta turi o'sadi. Oilaning ko'pchilik turlari tropik hududlarda o'sadi. Daraxt, buta, bir yillik va ko'p yillik o't o'simlik. Barglari butun, qarama-qarshi joylashgan. Gullari shingil, yarim soyabon shaklidagi gul to'plamlarida joylashgan, ikki jinsli, entomofil, o'lkamizda tarqalganlari ko'pincha 4 a'zoli, mayda, gul formulasi: Ca0Co(4)A4G(2). Tugunchasi ikki xonali, ustunchali, tumshuqchasi ikkiga ajralib turadi. Mevasi yong'oqcha, danak yoki ko'sakcha. Issiq mamlakatlarda muhim dorivor, texnik ekinlari va ozik-ovqat o'simliklari hisoblanadi. Oila vakillari orasida arab kofesi (Coffea arabica), xin daraxti (Cincxona ledgeriana) kabi foydali turlar bor. Janubiy Amerikada yovvoyi holda o'sadigan Xin daraxti po'stloq'ida xinin alkoloidi bor. Bu alkoloid ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
520.03 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:30
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
520.03 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:30 ]
Arxiv ichida: docx