Yalpizkabilar sinfchasi - lamidae

Yalpizkabilar sinfchasi - lamidae

O'quvchilarga / Botanika
Yalpizkabilar sinfchasi - lamidae - rasmi

Material tavsifi

Yalpizkabilar sinfchasi - lamidae Reja: 1. Sinfcha haqida qisqacha ma'lumot 2. muhim qabila va oillalari, ularning tarqalishi. O'ziga xos belgilari, keng tarqalgan vakillari. 3. Oilalarning xo'jalikdagi ahamiyati. Yalpizkabilar sinfchasi 1983 yili, chet el olimi erendorfer tomonidan ajratilgan. Bu sinfchaga daraxt, buta, chala buta va tashqi ko'rinishi xilma-xil bo'lgan o't o'simliklar kiradi. Barglari ko'pincha qarama-qarshi, halqasimon yoki ketma-ket joylashgan. Gullari qo'shilgan. Sinfchaning tarkibiga 11 ta qabila kiradi. Yalpizkabilar sinfchasi - lamidae Ituzumnamolar qabilasi - Solanales Bu qabila 5ta oilani o'z ichiga oladi. Shulardan biri ituzumdoshlar oilasi Ituzumdoshlar oilasi - Solanaceae Pomidor (Lycopersicum esculentum). Vatani Janubiy Amerika Garmdori yoki achchiq qalampir (Capsicum annuum). Vatani Janubiy Amerika Baqlajon (Solanum melongena). Vatani Hindiston. Tamaki (Nicotiana tabacum). Bargi uchun ekiladi. Ituzumdoshlar oilasi - Solanaceae Bu oila 80ta turkum, 200 ga yaqin turni birlashtiradi. Ular o'rta, mo'tadil iqlimlarida tarqalgan. Hayotiy shakli o't o'simliklar. Ba'zan chala buta shaklida ham uchraydi. Bizning Qizilqumda, to'qayzor, adir va tog'larda o'suvchi, jingil (Lycium) tikanli buta hisoblanadi. Oilaning muhim belgilari: barglari oddiy, butun yoki patsimon qirqilgan, yon bargsiz, poyada ketma-ket joylashgan. Gullari yakka-yakka, ko'pincha oddiy yoki murakkab gajak, shingil to'pgul hosil qiladi. Ular to'g'ri (aktinomorf), ikki jinsli, qo'sh gulqo'rg'onli, kosacha va tojbargalari 5ta bo'lib, qo'shilib o'sgan. Bu oilada changchilarni oldin etilishi (Protoandriya) kuzatiladi. Mevasi rezavor meva yoki ko'sakcha. Oila vakillari: 1) Kartoshka (Solanum tuberosum). Bu o'simlikning vatani Janubiy Amerika bo'lib , XVI asr oxirlarida Evropaga keltirildi. Rossiyaga XVII asrda, Gul formulasi: Û Ca(5) Co (5) A5 G(2) O'zbekistonda XIX asrning 2-yarimdan boshlab ekila boshlangan. Uning 100dan ortiq navi bor. Pechaknamolar qabilasi - Convulvulales Bu oilaga 40ta turkum va 1500 tur kiradi. Ular tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan buta, chala buta va o't o'simliklardir. Poyasi yer bagirlab, chirmashib yoki tik o'suvchi o'simlik. Barglari oddiy, butun ba'zan chetlari bo'lmali yoki patsimon bo'lingan. Gullari asosan bitta, ba'zan dixaziy to'pgulni hosil qiladi. Gullari ikki jinsli, to'g'ri. Gulkosa barglari 5ta, erkin yoki birikib o'sgan. Gultojbarglari 5ta karnaysimon. Changchilari 5ta, urug'chisi 2ta yoki 3-5 mevabargchasining birikib o'sishidan hosil bo'lgan. Tugunchasi ustki. Mevasi ko'sakcha. Gul formulasi: Û Ca(5) Co(5) A5 G(2)yoki (3-5) Oila vakillari: Dala pechagi (Sonvulvulus arvensis), ko'p yillik o't Begona o't sifatida ekinlar orasida o'sadi. Zarpechakdoshlar oilasi -Cuscutaceae Bu oila 1ta turkum va 100 ta turni o'z ichiga olgan bargsiz, xlorofilsiz, haqiqiy ildizlarga ega bo'lmagan, ipsimon, poyasidan chiqqan gausteriylari bilan xo'jayin o'simlikni so'rib oziqlanuvchi bir yillik parazit o'simliklardir. Ular asosan tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan. Gul formulasi: Û Ca(5) Co(5) A(5) G(2) Mevasi ko'sakcha. Urug'lari ko'p yillar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.79 MB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:30 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.79 MB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga